3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalar
Download 83.85 Kb.
|
3-Mavzu.ST (1)
1.Yangi O‘zbekistonni barpo etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalar.
O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti - samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojiga asoslangan iqtisodiyot bo‘lmog‘i zarur. Bu muhim vazifa turizmni rivojlantirish, O‘zbekistonni jahon turizmining jozibali markaziga aylantirish, yurtimizni sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlar qatoriga kiritishni ko‘zda tutadi. Turizm ravnaqi uchun maxsus iqtisodiy hududlarni tuzish, turistik klasterlarni yaratish, sohaga strategik sheriklarni jalb qilish, sayyohlik infratuzilmasi va turizm sanoatini jadal rivojlantirish, hududlarning sayyohlik salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, milliy turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni jahon bozorlariga olib chiqish borasidagi faoliyatni jadal rivojlantirish lozim. Turistik industriyadagi xizmatlarga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, Lowcost aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, soha uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi masalalar ham diqqat markazimizda bo‘ladi. Zero, bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlarida turizm iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga, uning o‘ziga xos drayveriga aylanib ulgurgan. Turizmning mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi o‘rni muttasil oshib bormoqda. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga intilayotgan O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirish ustuvor iqtisodiy vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston juda katta turizm va rekreatsiya salohiyatiga ega, unda jami 8,2 ming madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan 209 tasi to‘rtta muzey shaharlar — Xiva shahridagi Ichan qal’a, Buxoro shahrining tarixiy markazi, Shahrisabz shahrining tarixiy markazi hamda Samarqand shahri hududida joylashgan bo‘lib, YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda quyidagilar turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalar sifatida belgilandi: ♦ turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish; ♦ turizm sohasida viza, litsenziya berish va ruxsat olishtartib-taomillarini soddalashtirish; ♦ xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalbqilish, turizm sohasida biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; ♦ yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish. Bugungi kunda ushbu sohada olib borilayotgan davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirish, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan. Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri - yaqin yilarda yurtimizga keladigan turistlar sonini 10 millionga yetkazishdan iborat. Ma’lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O‘zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Biz bunday imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak. Katta salohiyatga ega bo‘lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarur.Yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros obyekti mavjud bo‘lib,turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan. Ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan marshrutlardagi obyektlar sonini 800 taga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rishimiz kerak.YUNESKOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga O‘zbekistondagi yangi obyektlarni kiritishni tezlashtirish lozim. 2.Turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, takdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha chora-tadbirlar. Yangi zamonaviy mehmonxonalarni qurishga davlat budjetidan zarur subsidiyalar ajratib, turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish zarur. Turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish maqsadida, kelajakda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni faol amalga oshirish belgilab olindi: ♦ turistik faoliyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro meyor va standartlarni joriy etish; ♦ turistlarning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha hududlarida turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani rivojlantirish; ♦ transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish; ♦ turizm bozorining turli qatlamlariga mo‘ljallangan turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali mavsumiy omillar ta’sirini kamaytirish ; respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlaydigan ichki turizmni rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasi turistik mahsulotini ichki va tashqi turizm bozorlarida ilgari surish, uning sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imidjini mustahkamlash; quyidagilarni nazarda tutgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. Shuningdek, yaqin kelajakda bu jabhadagi choralar sifatida O‘zbekistonni jozibali jahon turizmi markaziga aylantirish, izchillik bilan yurtimizni dunyoning 30 ta sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlari qatoriga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Mamlakat bo‘ylab Wi-Fi hududlar sonini oshirish, biotualetlar tarmog‘ini tashkil etish, ijaraga avtomobil xizmatini yo‘lga qo‘yish (RentaCar), turizm ravnaqi uchun maxsus iqtisodiy hududlarni yaratish, sohaning yangi istiqbolli turlarini jadal rivojlantirish ishlarini davom ettirish zarur. Turistik klaster, turistik zonalar, turistik industriyadagi xizmatlarni tashkil etishda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari hamdolzarbligicha qolmoqda. Sayyohlik va turizm iqtisodiy rivojlanishning drayveri - harakatlantiruvchi kuchi ekani bugun butun dunyoda e’tirof etilmoqda. U ko‘plab kishilar va sohalarni o‘z ichiga oluvchi ijobiy sikldir. Turizm xizmat ko‘rsatishga asoslangan iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishni nazarda tutadi hamda Toshkentdagi yirik mehmonxonalardan tortib, Samarqanddagi kichik hostellar, xalqaro aeroportdagi butiklar, Buxoro va Xivaning xushmanzara ko‘chalaridagi kichik hunarmandchilik do‘konlarigachach qamrab oladi. Bugungi kunda aksariyat mamlakatlarda, jumladan eng rivojlangan 10 ta mamlakatda butun sa’y-harakatlar chet ellik sayyohlarni jalb etishga qaratilgan. Turizm rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa pul oqimini oshirishda foydali bo‘lishi hammaga ma’lum. Shu boisdan turizm sohasini rivojlantirishga mamlakatimizda ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Turizmning jozibadorligi bir qator jihatlarga bog‘liq bo‘lib – viza olishdagi yengilliklar, arzon sayohat, xavfsizlik va qulaylik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Bugungi kunda barqaror va aqlli turizm, gastronomik turizm, salomatlik va diniy turizm, sarguzasht trendga aylanib bormoqda. Dunyo tobora o‘zaro bog‘lanib, sayohat va turizm sanoatiga e’tibor qarata borgani sari ushbu sohani rivojlantirish uchun innovatsion biznes modellari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hukumat va tegishli biznes yurituvchi kompaniyalar dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlarga yangi taassurotlar olishida sharoit yaratib berish uchun yangi va original g‘oyalarni olg‘a surishi mumkin. Har bir g‘oyani tegishli tartibda sharoitga moslashtirish ko‘proq ish o‘rinlari va daromad yaratishi mumkin. Bu mahalliy hamjamiyat uchun ham, mamlakat uchun ham foydalidir. Mintaqa tabiati, taomlari, madaniyati va tarixi noyob hissiyotlarga oshno bo‘lish imkoniyatini beradi. Targ‘ib qilinadigan ancha joy bor: kimdir madrasalar ziyoratiga qiziqadi, boshqalar esa qurib qolgan Orol dengizi o‘rtasidagi Vozrojdeniye oroliga boradi. Jahon Turizm Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra butun jahon yalpi ichki mahsulotining 10, 4 foizi, dunyodagi investitsiyalarning 7 foizi, soliq tushumlarining 5 foizi, jahondagi iste’molchilik xaajatlarining 11 foizi va har 16 ta yangi yaratilayotgan ish o‘rinlarining bittasi aynan turizm va mehmondo‘stlik industriyasining hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu sohada 313,2 million kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Infratuzilmani ta’minlash, turizmni samarali rivojlantirish va jahon turizm yo‘nalishlarining muvaffaqiyati uchun asab tizimi vazifasini bajaradi. Mintaqaviy turizm infratuzilmasi turizm ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratadigan korxonalar sanoat infratuzilmasi va turistlarning turli ehtiyojlarini bevosita qondiradigan korxonalardir. O‘z navbatida sanoat infratuzilmasi transport, axborot kommunikatsiya va kommunal infratuzilmalardan, atrof muhitni tozalash inshootlaridan iborat. Xizmat ko‘rsatish sohasi infratuzilmasi turoperatorlar va sayyohlik agentlari, turar joylar, dam olish va ko‘ngil ochish obyektlari, savdo va umumiy ovqatlanish, xavfsizlik infratuzilmasi kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda yangi turizm infratuzilmasini shakllantirishdagi strategik yo‘nalishimiz, eng avvalo so‘ngi yillarda boshlangan ishlarni davom ettirishni ko‘zda tutgan holda alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan to‘rt yo‘nalishni belgilab olish maqsadga muvofiq bo‘lib, ular: - joylashuv vositalari bo‘yicha zamonaviy va brend mehmonxonalar hamda xostel, oilaviy mehmon uylari kabi hamyonbop joylashuv qurilishini tezlashtirish, shuningdek AirB&B tizimi bo‘yicha kvartiralar berish mexanizmini tadbiq qilish; - transport logistika bo‘yicha, turistik oqimni oshirish va diversifikatsiyalash uchun bir birini o‘zaro to‘ldirib turuvchi ichki va tashqi transport turlarini hisobga olgan holda, yagona, xavfsiz va innovatsion transport logistikasini rivojlantirish; - madaniy meros obyektlari bo‘yicha sayyohlar uchun amaliy axborot ma’lumotnoma tizimini yaratish, smart turizm texnologiyalarini tadbiq qilish, turniketlar va videokuzatuvlar tizimlarini o‘rnatish orqali madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, badiiy galereyalar faoliyati samaradorligini oshirish; - turizm “monetizatsiyasi” bo‘yicha, eng avvalo avitashuvlar, joylashuv vositalari xizmatlari, sayyohlarning ovqatlanishini tashkillashtirish, madaniy-ko‘nglochar tadbirlar va ishlab chiqarilayotgan suvenir maxsulotlar uchun moslashuvchan narx siyosatini o‘rnatish. Jahon turizmi infratuzilmasida yaqin kunlarda kutilayotgan va joriy qilinayotgan o‘zgarishlarga biz ham tayyor turishimiz lozim. Bugungi kunda raqobat shu darajada rivojlanmoqdaki unda yengib chiqish uchun strategik rejalar ishlab chiqishda yuqoridagi axborotlardan to‘g‘ri yo‘nalish olishimiz lozim bo‘ladi. 3.O‘zbekiston Respublikasi turistik mahsulotini ichki va tashki turizm bozorlarida ilgari surish, uning sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imidjini mustahkamlash. Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish soha oldida turgan eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shunday kelib chiqib, O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan 2022 yil 1 iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi amalga oshirila boshladi. Dastur doirasida jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritilad. Sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi. Ushbu dastur doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ullar belgilandi. Jumladan, yoshlar,ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj turizmi turlari bo‘yicha – Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi mas’ul etib belgilangan. Shuningdek, dasturga asosan 2022 yildan boshlab iyul oyida “Yoshlar turizmi oyligi”, 2023 yildan boshlab esa yanvar oyining birinchi dekadasi va mart oyining uchinchi dekadasida – “Yoshlar turizmi haftaligi”ni o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi. “Yoshlar turizmi oyligi” doirasida “Yoshlar turizmi” qurultoyi tashkil etilab,unda respublikaning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi, talaba va yoshlar jalb qilinadi. Ushbu oylik davomida kitobxonlik kunlari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. Yuqori natijalarga erishgan hamda yoshlarga o‘rnak ko‘rsatadigan sportchilar va murabbiylar hamda san’at va madaniyat, ilm-fan va biznes sohalarining namoyandalari ishtirokida “mahorat darslari” o‘tkaziladi. Yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari uyushtiriladi. Turizm sohasini rivojlantirishda turistik mahsulotlarning ham ahamiyati katta. Zero, turist faqat mehmonxonada joylashgani uchun emas, balki qulaylik, yaxshi muomala uchun pul to‘laydi. Shuning uchun ham turmahsulot yaratish iste’molchi sifati va xususiyatlarini o‘rganish, turistlar uchun nisbatan qiziqarliroq tomonlarni aniqlashdan boshlanishi lozim. Aynan shu turmaxsulot ishlab chiqishda va sotishda yordam beradigan omil hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan turmaxsulotning bir necha asosiy iste’mol xususiyatlari e’tirof etilgan: - o‘zaro bog‘liklik, ya’ni ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar turistlar talablariga asoslangan yo‘ldosh sharoitlari va sayohat maqsadlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim; - ishonchlilik – maxsulot real tarkibining reklamaga mosligi, ma’lumotlarning to‘g‘riligi; - samaradorlik – turist tomonidan kam xarajat evaziga yuqori samaradorlikka erishish; - yaxlitlilik – maxsulotning turist talablariga to‘laligicha qondira olish qobiliyati; - aniqlilik – maxsulotning iste’mol qilinishi, uning yo‘naltirilganligi ham turistga, ham xizmat ko‘rsatuvchi personalga tushunarli bo‘lishi lozim; - foydalilik – bir yoki bir necha maqsadlarga xizmat qila olish qobiliyati (masalan, dam olish va bilish), turistlarning u yoki tu talablarini qondira olish. Yuqorida sanab o‘tilganlar qatorida mutaxassislar tomonidan mehmondo‘stlik deb ataladigan turistik mahsulot ko‘rinishi ham bor. Busiz istalgan eng mukammal turmaxsulot ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi va turist o‘z ehtiyojlarini yetarli darajada qondira olmaydi. Turizm industriyasida mehmondo‘stlik professional talab bo‘lib, u insonlarga ularni qabul qilayotganimizdan xursand ekanligimizni ko‘rsata olish san’atidir. Sayyohlik industriyasi sayyohlar bilan bog‘liq logistik xizmatlarni tashkil qilish tashkil qilish hamda amalga oshirishni tqoza qiluvchi subyektlar faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, siyosiy va boshqa munosabatlarni qamrab oluvchi tizimdir. Sayyohlikni tashkil qilish va amalga oshirish jaryonida subyektlar o‘rtasida turli munosabatlar vujudga keladi, muhokama qilinadi va optimal qaror qabul qilinadi. Sayyohlik industriyasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar serqirra, keng qamrovli va murakkab munosabatlar bo‘lib, ularni aniq, qat’iy o‘rnatilgan va barqaror huquqiy normalar bilan tartibga solmasdan turib turizmdan ko‘zlangan maqsadga erishish juda murakkab. Sayyohlik industriyasida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi muhim xalqaro huquqiy manba – Butunjahon turistik tashkilotining ustavidir. Ustav 1970 yilning 27 sentabrida Madridda qabul qilingan. Buungi kunda tashkilotga 160 dan ortiq davlat a’zo bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 1993 yilda ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilingan. 2004 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turistik tashkilotining Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy Markazi tashkil etildi. Download 83.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling