3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Download 83.85 Kb.
bet6/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)

6.Raqamli iqtisodiyot sari

Biz taqdim etayotgan strategiyada yuqori texnologiyalarga asoslangan, innovatsion va raqamli iqtisodiyotgaustuvor ahamiyat beriladi. Insoniyat tarixida tosh asri toshlar tugaganligi uchun emas, balki yangi texnologiyalar kirib kelgani natijasida barham topgan. Bugunga qadar insoniyat uchta sanoat anqilobini boshdan kechirdi. Hozirgi davrimiz dunyoning yetakchi mamlakatlari “To‘rtinchi sanoat inqilobi", "Aqlli iqtisodiyot","Innovatsion iqtisodiyot"ga o‘tayotgani bilan xarakterlanadi.


Yangi asrda raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning shakllanishi tendensiyaviy tus oldi. Jahonning yetakchi mamlakatlarida raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning 4-5 foizini ta’minlamoqda, jahondagi savdo aloqalarining 15 foizdan ko‘prog‘i uning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot elektron savdo va servis bilan cheklanmasdan ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarni ham qamrab olmoqda. Fuqarolarga turli xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti ham elektron hukumat platformasiga o‘tkazilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi ustuvor vazifalar mavjud:
♦ investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining gurli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, ya’ni turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish;
♦ smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding, ya’ni jamoaviy moliyalashtirish;
♦ "blokcheyn" texnologiyalarini joriy etish varivojlantirish, shu asosda"blokcheyn"texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash;
♦ kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun "blokcheyn" texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
♦ xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda "blokcheyn" texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish;
♦ raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Mazkur vazifalarni bajarish maqsadida mamlakatimizda barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, barcha hududlarda IT-parklar tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining -jadal rivojlanib borayotgani, bu texnologiyalarning iqtisodiyot sektorlariga intensiv ravishda joriy qilinayotgani iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida "Raqamli iqtisodiyot - 2030"strategiyasi ishlab chiqildi. Endigi vazifa ushbu strategiyada ko‘zda tutilgan quyidagi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida optik tolali aloqa liniyalari, xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali mintaqaviy va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarining O‘zbekistonga chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlari bilan tranzit aloqalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirib borish zarur. Bu borada taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini oshirish, rezervlash, tizimlarning ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash uchun ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish alohida e’tiborni talab xilmoqda. Mobil va yo‘ldosh aloqa operatorlarining investitsion faolligini rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish, mobil aloqa tarmog‘ini 4G va 5G texnologiyasi bo‘yicha rivojlantirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan bosqichma-bosqich qamrab olish bilan bog‘liq yo‘nalishga alohida e’tibor qaratish darkor.
Barcha aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik va mobil keng polosali xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan qamrab olish, avtomagistral va temir yo‘llari, turistik obyektlarni mobil aloqa tarmoqlari bilan qoplashni ta’minlash, Internet tarmog‘iga ulanish jarayonlarini takomillashtirish va optimallashtirish, geografik joylashuvidan qat’iy nazar, fuqarolarning o‘sib borayotgan axborotga ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali simsiz va mobil texnologiyalarni yanada rivojlantirishimiz zarur.
Iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion eshittirish, kabel televideniyesi, IP-televideniye, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, mobil aloka, Internet texnologiyalaridan foydalangan holda teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini to‘liq qamrab olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirishimiz lozim.
"Bulutli" hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasining axborot resurslariga doimiy ulanishni ta’minlash hamda mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron davlat xizmatlari foydalanuvchanligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish diqqatimiz markazida turmog‘i kerak.
Bozor iqtisodiyotining erkin rivojlanish imkoniyatini saqlab, telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish lozim. Shu asosda keng polosali ulanishni rivojlantirishning texnologik asosi iste’molchilarga asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni, jumladan, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayotini qo‘llab-quvvatlashda aqlli tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida individual infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bosqichma-bosqich kirishni ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis tarmoqlarini rivojlantirish zarur.
Elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulagan holda ushbu tarmoqni rivojlantirish barobarida davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida "xizmat sifatida dasturiy ta’minot", "xizmat sifatida platforma", "xizmat sifatida infratuzilma" texnologiyalarini keng joriy etish vazifasi ham dolzarblashmoqda.
Shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, biznes va yashash joylari bilan bog‘lik muammolarni hal qilish uchun "aqlli" va "xavfsiz" shahar loyihalarini izchil amalga oshirish bu borada kutilgan natijani berishi mumkin. Bu yo‘nalishda mavjud simli va simsiz aloqa texnologiyalari va tizimlari, shuningdek, yangi geografik axborot va navigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘z ichiga olgan aloqa va navigatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, aloqa operatorlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish nihoyatda muhim vazifalardan biridir.
Iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqalimamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida elektron hukumatni yanada rivojlantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-boskich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga o‘tkazish, shu jumladan ko‘rsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 2030 yilga qadar 90 foizga yetkazish lozim. Elektron hukumat axborot tizimlarini ishlab chiqishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan ochiq, kodli dasturiy ta’minotdan foydalangan holda davlat organlarining idoraviy tizimlarini ishlab chiqish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak.
Iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ochiq davlat ma’lumotlarini ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, "ochiq ma’lumotlar"ga asoslangan davlat mobil ilovalari va dasturlari ulushini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat ma’lumotlarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, davlat boshqaruvida ma’lumotlarni to‘plash va raqamlashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha resurslarni yaratish orqali asoslangan qarorlarni qabul qilishni avtomatik ravishda shakllantirishga alohida e’tibor berish darkor. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish, shu jumladan ma’muriy tartibotlarni avtomatlashtirish orqali talab qilingan ma’lumotlar va hujjatlarning sonini qisqartirish zarur. Litsenziyalar va ruxsatnomalar berish bilan bog‘liq barcha tartib-taomillarni optimallashtirish va ularni real vaqt rejimida ishlovchi elektron shaklga o‘tkazish dolzarb vazifalarimiz sirasiga kiradi.
Elektron hukumat tizimi doirasida elektron davlat xizmatlaridan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun shaxsni masofadan tasdiqlashning qo‘shimcha shakl va usullarini joriy etilishini nazarda tutuvchi raqamli identifikatsiyalashni rivojlantirish diqqat-e’tiborimizda bo‘lmog‘i kerak. Iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ham bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Bunda ayniqsa, sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uyg‘unlashtirish, korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobidan mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish bilan birga innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanadi.
Barcha ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish, boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-taxlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.Ayni paytda, 2025 yilda korxona resurslarini boshkarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushini 90 foizga yetkazish, sanoat korxonalarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar), robotlashtirish, "Internet buyumlar", "sun’iy intellekt" kabi texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027 yilga kelib, apparat kismini esa 2030 yilga kelib davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish alohida diqqatni talab qiladigan vazifalardan biridir.
Kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni boshqarish uchun smart texnologiyalarni joriy qilish, intellektual servislarni joriy qilish va kommunal xizmatlarni tartibga solish uchun "aqlli uy" tajribasini joriy etish zarur. Butun mamlakat bo‘ylab mavjud transport tizimini kompleks rivojlantirish uchun dasturiy modellashtirish tizimlaridan foydalanish mexanizmlarini amalga oshirish, respublikaning barcha yirik shaharlarida jamoat transportlarida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 90 foizga yetkazish, har qanday yo‘lovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona platformani yaratish lozim. Mamlakatdagi mavjud mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni Internet tarmog‘i orqali sotish bozorlarini kengaytirish, logistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida raqamli logistika tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va ishlab chiqarish korxonalarida addiktiv (qavatma-qavat qurish va sintez qilish texnologiyasi, 3D o‘lchamda bosib chiqarish) texnologiyalarini keng joriy etish ham dolzarb vazifalardan biridir.
Sug‘urta tizimini raqamlashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida raqamli sug‘urtani amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, iqtisodiyotning real sektorlarida robotlashtirilgan sanoatni rivojlantirish va amalga oshirish, yirik sanoat korxonalari uchun robototexnika va muhandislik ixtisosliklarini tashkil etish ishlari esa alohida e’tiborni talab qiladi. Elektron tijorat va elektron to‘lovlar tiziminirivojlantirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish hamda xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy asoslarini shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini takomillashtirish va yangilash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi. Shu asnoda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet tarmog‘i qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari va ko‘lamlarini oshirish bilan birga elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etishda to‘lovlarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot va moliya sohasida axborot infratuzilmasini takomillashtirish zarur.
Mamlakatimizda elektron tijoratning rivojida
muhim rol o‘ynovchi pochta va logistika infratuzilmasini modernizatsiyalash va texnik yangilashni ta’minlash, logistika markazlarini yaratish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish, axborot gexnologiyalarini va pochta aloqasi obyektlarida avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish, shuningdek, pochta va logistika xizmatlari sifatini oshirish lozim.
Jismoniy shaxslarga Internet tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish jarayonini osonlashtirishga imkon beradigan to‘lovlar agregatorlarini rivojlantirish, transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini qulay va o‘z vaqtida eksport qilishni ta’minlash vazifalari ham diqqatimiz markazida bo‘ladi. Shuningdek, bitta savdo maydonchasida keng ko‘lamli bank va bankdan tashqari moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, sug‘urta va boshqalar) taqdimetishga yo‘naltirilgan moliyaviy supermarketlarning biznes modeliniyaratish, tijorat banklari tomonidan mijozlarga masofaviy bank xizmatlari (internet-banking, bank-mijoz, sms-banking va boshqalar), shu jumladan, mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish ko‘lamini va sifatini oshirish ehtiyoji mavjudligicha qolmoqda.
Elektron tijorat sohasida malakali kadrlar tayyorlash o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb yetish va elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarini QR to‘lovlari texnologiyasi va NFC texnologiyalarini joriy qilish, jumladan, mobil qurilmalar orqali to‘lovlarni qabul qilish orqali zamonaviy va qulay bo‘lgan masofaviy usullarda qabul qilish imkoniyatini oshirishga alohida e’tibor berish lozim.
Raqamli texnologiyalar milliy bozori uchun qulay muhitni yaratish va istiqbolli "raqamli" startaplarni rivojlantirish lozim. Bunda texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish orqali zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqalarni amalga oshirish zarur.Aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-korxonalarni jalb qilgan holda davlatxususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish hamda viloyat va shaharlarda raqamli ko‘nikmalar borasidagi bo‘shliqni bartaraf etish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan o‘kuv markazlarini tashkil etib vertikal boshqaruv o‘quv modeli tizimini tuman za shaharlar darajalarida (IT-park filiali - o‘quv markazi -maktab) joriy etish muhim vazifalarimizdan biridir.
Bu jihatdan, raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan aholi ulushini oshirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslarni tashkil etish, aholi o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun "Bir million dasturchi"loyihasi miqyosini kengaytirish va uni davom ettirish soha rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat boshqaruvida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida, avvalo, davlat xizmatchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalariva malakalarini oshirish mexanizmini rivojlantirish va doimiy takomillashtirib borish zarur.
Ayni paytda butun mamlakat miqyosida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli kurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o‘rganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik (zamonaviyraqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologikinnovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirish ham muhim vazifa hisoblanadi. Bunda davlat va mahalliy hokimiyat organlari raqamli rivojlanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish, jumladan, raqamli texnologiyalarni rivojlaitirish maqsadlariga erishishga asoslangan moddiy rag‘batlantirish tizimini (KPI) joriy etishga alohida ahamiyat qaratish kerak.
Ta’lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida, avvalo, ta’lim pog‘onasining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish bilan bog‘liq tizimli tadbirlar amalga oshirilishi darkor.
Mamlakatimizdagi axborot texnologiyalarsohasidagitashkilotlar-ning o‘quv jarayonlariga qatnashishini rag‘batlantirish orqali umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish, ayni paytda esa, iqtidorli IT-mutaxassislarini o‘qitish, qo‘llab-quvvatlash va ularni targ‘ib qilish hamda mamlakatdan iqtidorli qatlam chiqib ketishining oldini olish uchun ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratish nihoyatda muhim vazifalardan biridir.



Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling