3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti


Download 83.85 Kb.
bet8/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)

2.Hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti.

Biz taklif etayotgan strategiya iqtisodiy nuqtai nazardan hududlar, tumanlar, shahar va qishloqlarni barqaror rivojlantirishni ko‘zlaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish zarur.


Hududlar iqtisodiy taraqqiyotining strategik vazifalari quyidagilardan iborat:
♦ sotsial-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirishuchun har bir hududning tabiiy, mineral va xomashyo, sanoat,qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
♦ hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya, diversifikatsiya qilish miqyosini kengaytirish hisobidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasidagi farqini kamaytirish, engavvalo, sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish yo‘li bilan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;
yangi sanoat, ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobidan shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni faol rivojlantirish, yirik xo‘jalik birlashmalarning mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
♦ sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
♦ sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Hududlarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri - ular o‘rtasida transport aloqasini ta’minlashdir. Barcha aholi punktlaridan, shahar va qishloqlarimizdan poytaxtimizga, eng yirik shaharlar za turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, o‘zaro bog‘langan transport tarmog‘i yaratiladi.
Shu bois mazkur sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur.
♦ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar za Toshkent shahar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi faoliyatini yanada takomillashtirish;
♦ sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida "tuman (shahar) - viloyat - respublika" tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliqidoralarida joriy etilgan vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish;
♦ har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha hududiy va respublika "yo‘l xaritalari" ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilash;
♦ hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish.
Ayni paytda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini muayyan mezonlar asosida baholashga davriy va uzluksiz tus bermog‘imiz darkor. Jumladan, barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligini hisobga olish va yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur.
Barcha viloyatlar va tumanlarda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash hamda aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chikarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash muhim ahamiyatga egaligicha qolmoqda.



Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling