3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Suv resurslari samaradorligini oshirish


Download 83.85 Kb.
bet5/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)

5.Suv resurslari samaradorligini oshirish
Bugungi kunda O‘zbekiston oldida turgan, hal qiluvchi ahamiyatga ega masalalardan yana biri - suv resurslari taqchilligi, atrof-muhit va atmosferaning ifloslanishi, tuproq qatlamining yemirilishi va cho‘llanish muammolari bilan bog‘liq.Global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi jahon mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasini pasaytira boshladi. Shu boisdan barcha mamlakatlarda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda ham mazkur masala dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shuni inobatga olgan holda, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari davlatning mudom diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.Mamlakatimizda hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 million gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 million gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari hayotga tatbiq etilmoqda. Suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va yer resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifa etib belgilangan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqarorlashtirish borasida mavjud sug‘orma dehqonchilik va suv resurslari salohiyatidan samarali foydalanish darajasi hamda ushbu tizimga innovatsion, zamonaviy texnologiyalarni olib kirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bilan bir qatorda suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi va innovatsion loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish, suv xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat va nohukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha vazifalarni belgilab olganmiz. Shu bilan birga, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini izchil davom ettirish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning hisobini yuritish tizimini takomillashtirish barobarida suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari ham kechiktirib bo‘lmas vazifalar miqyosini belgilaydi.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaningumumiy suv zahiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz. Bu borada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning "Suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan nuqtai nazarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q.
O‘zbekistan BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalarloyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri - Orol halokati, Orol fojiasi bo‘yicha masalada ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning kurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.
BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Shu bilan birga, suv resurslaridan foydalanish borasidagi mavjud muammolarning izchil hal qilinishini ta’minlash maqsadida 2020-2030 yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi va Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi hamda "Suv kodeksi"ning ishlab chiqilishi ayni bugungi davr talabini ifodalaydi. Bu jabhada yana suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish, Suv resurslarini boshqarish, suvdan foydalanish,uni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etishga alohida ahamiyat qaratish kerak.
Belgilangan suv olish limitlaridan tejab foydalangan, suvni iqtisod qiluvchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan suv iste’molchilarini rag‘batlantirish hamda suv olish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini ko‘rish zarur.Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli yer osti suvlari zahirasini ko‘paytirish uchun izlash, baholash gidrogeologik ishlarini o‘tkazish za sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun izlanishlar olib borish, yer osti suvi iste’molchilarining yagona Davlat statistik hisobotini yuritish tartibini takomillashtirish hamda yer osti suvlaridan foydalanishning monitoring tizimini yanada rivojlantirish lozim.Mazkur chora-tadbirlarning amaga oshirilishi Yangi O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish amaliyotini optimallashtiradi va bu jabhada ham zarur innovatsiyalarga keng yo‘l ochadi.



Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling