3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Download 83.85 Kb.
bet7/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)

Savol va topshiriqlar:

1. “Davlat organlari - xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyilining mohiyatini tushuntirib bering.


2. “Xalq qabulxonalari” nima uchun tashkil etildi?
3. Mamlakatimizning suv resurslari holatini qanday baholash mumkin?
4.Raqamli iqtisodiyotning xalqimiz uchun qulayliklari nimada?
5.Mamlakatimizda elektron hukumat qay darajada rivojlangan?


Asosiy adabiyot:
1.Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. - 464 b.


Qo‘shimcha adabiyotlar:


  1. Mirziyoyev Sh. Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur. // Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. J.4.-T.: O‘zbekiston, 2020.

  2. Mirziyoyev Sh. Yangi fikr,yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyotga erishadi.//Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.J.4.-T.:O‘zbekiston,2020.

  3. Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.// Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.J.2:-T: O‘zbekiston,2018.

  4. Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

Xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish.
Reja:
1.Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
2.Hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti.
3.Tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar.


Tayanch tushunchalar: modernizatsiya, imkoniyatlar mamlakati, strategik maqsadlar, transformatsiya, xalq farovonligi.


1.Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish.
Yangi O‘zbekiston modernizatsiyalashgan iqtisodiyotga tayanadi.Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun undagi davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqlarini himoya qilish va uning rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish zarur. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, avvalo, xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to‘sqinlik va cheklanishlarni bartaraf etishni ustuvor vazifadir.
Yangi O‘zbekiston - keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir.Iqtisodiy siyosatimizning asosiy tamoyillaridan biri - har bir fuqaro boy bo‘lsa - davlat boy bo‘ladi, har bir oila farovon bo‘lsa - mamlakat farovon bo‘ladi.
Yangi O‘zbekistonni halol mehnat qilib muvaffaqiyatga erishishni orzu qiladigan, tadbirkorlik orqali o‘zi va oilasi farovonligini ta’minlashga intiladigan, Vatani va xalqiga sidqidildan xizmat qilishni istaydigan barcha fuqarolar uchun keng imkoniyatlar mamlakatiga aylantirishimiz shart va zarur. Fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik hisobidan daromad topish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish - barcha bo‘g‘indagi davlat organlarining birlamchi vazifasi bo‘lib qoladi. Pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan barobar hissa qo‘shdilar. Shuninguchun barchamizularga yelkadosh bo‘lib, doimo qo‘llab-quvvatlashimiz shart. Bu borada ishbilarmonlarning xaq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash asosiy vazifamiz bo‘lishi lozim. Amm, ayrim joylarda davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda. Bunday mansabdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Biznes-ombudsmanga vakolat berilishi juda muhim qadam bo‘ldi.
Endilikda bozorda teng raqobat muhitini yaratish va qonun asosida ishlaydigan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlar keng joriy etiladi. Aholi o‘rtasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash - muvofiqlashtirish lozim. Aholida tadbirkorlikka oid zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va nodavlat ta’lim tashkilotlarini yanada keng jalb qilish zarur. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtirish va rivojlantirish ham e’tiborni talab qiladi.Shu bilan birga, tadbirkorlik ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lgan aholini va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali ular faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan to‘laqonli tizimni yaratish va uning samarali ishlashini ta’minlash lozim.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish sohasida ham qator tizimli muammolar mavjud, jumladan;
- davlat mulki respublika va munitsipal mulkka tasniflanmagan, davlat mulkini boshkarish va xususiylashtirishni shaffof mexanizmlar orqali amalga oshirishni nazarda tutuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunchilik hujjatlari mavjud emas;
- davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish mezonlarining mavjud emasligi sababli xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat yuritishi hamda xususiylashtirishda tizimli yondashuv amalga oshirilmaganligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqoriligicha qolmoqda;
- davlat ishtirokidagi korxonalarga imtiyoz za preferensiyalar berilishi va ular tomonidan davlatning tijorat va notijorat maqsadlarini bajarish mexanizmining ochiq-oshkora emasligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalar xususiy korxonalarga nisbatan ustun mavqega ega;
-korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy etilmaganligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga davlat boshqaruvi organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, kuzatuv kengashi tarkibida davlat xizmatchilarining ko‘pligi, motivatsiya va javobgarlikning yetarli emasligi, inson kapitali samaradorligini oshirish zaruratiga bo‘lgan munosabatning qoniqarsizligi oqibatida ijro etuvchi organning aksiyadorlar oldidagi mas’uliyati past darajada.
Bularning barchasi bu sohadagi ishlar sifati va samarasini pasaytirayotgani, maqsad-muddaolarimizga yetish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib turganini rad qilib bo‘lmaydi, albatta. Biz taqdim etayotgan iqtisodiy strategiyada tadbirkorlik uchun zarur shart-sharoitlar yaratish birlamchi vazifa deb belgilanadi. Xususiy mulk daxlsizligi va uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarga keng erkinlik berish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish - iqtisodiy siyosatning asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal taraqqiyotini ta’minlash uchun tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aks holda nafaqat iqtisodiyotimiz rivojini, balki milliy taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ham ta’minlab bo‘lmaydi.
O‘zbekistonga yangi sanoatni olib kirish boshqa davlatlarga nisbatan qulay bo‘lishini ta’minlaymiz. Bunda energetika sanoati va so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni yangi texnologik darajaga ko‘taramiz. Biz 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 2,5 baravar ko‘paytirish, milliy iqtisodiyot tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish bo‘yicha aniq maqsadli dasturlarni amalga oshiramiz. Shuni inobatga olgan holda, keyingi yillarda iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni joriy etish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish uchun bir qator vazifalarni bajarishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Milliy iqtisodiyot va ishlab chiqarishning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini yanada ko‘paytirish hamda bu yo‘nalishning samarasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Iqtisodiy strategiyamizning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish. Hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati moliyaviy barqaror bo‘lmagani uchun davlatga og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "O‘zbekneftgaz", "O‘zbekgidroenergo", “O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tan olish kerak, mutaxassislarning bilim va malakasi, yirik korxonalarning texnik imkoniyatlari, ularni mustaqil transformatsiya kilish uchun yetarli emas. Shuning uchun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar hamda tijorat banklarini isloh qilish uchun Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda “MakKinzi”, "Boston konsalting Grupp", "Rotshild" kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi.
Tarkibiy islohotlarning muhim yo‘nalishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir. Tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarur. Hozirgi kunda elektr energiyasi, gaz, qimmatbaho metallar, mineral o‘g‘itlar, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda monopol bozorlar mavjud bo‘lib, ularda ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda. Iqtisodiy faollik va aholi daromadlari o‘sgani sayin, energiya resurslariga bo‘lgan talab ortib boradi. Shuning uchun neft-gaz va energetika sohalaridagi islohotlarni va boshlangan yirik loyihalarni yakuniga yetkazishimiz lozim.
Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishish mumkin. Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neft, gaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda "yashil iqtisodiyot" bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz "drayverlari"ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.
Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini ko‘llab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishi lozim. Hozirgi kunda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalarbundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Shu bilan birga, mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil bu - qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishdir. Bunda har gektar yerdan olinadigan daromadni kamida 5 ming AQSH dollarigacha yetkazish ustuvor vazifa hisoblanadi. Buning uchun qishloq xo‘jaligiga eng ilg‘or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug‘chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozim.

Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling