3-Mavzu: mtt bosh loyihasini ekspertiza qilish


Jismoniy tarbiya-sport mintaqasi


Download 185.3 Kb.
bet9/9
Sana18.11.2023
Hajmi185.3 Kb.
#1784666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 amaliy

Jismoniy tarbiya-sport mintaqasi sport zal tomonida, joylashtirilib, O’zR davlat sport qo’mitasi tomonidan belgilangan sport jihozlari bilan jihozlanishi kerak. Maktab binosidan 25 metr masofada joylashtirilishi lozim. O’quv xonalarining derazalari tomonga joylashtirilishi man qilinadi. Jismoniy tarbiya-sport mintaqasi stadion, sport o’yinlari maydoni, gimnastika mashg’ulotlari maydoni, sport o’yinlari uchun kombinatsiyalashtirilgan maydon, tosh uloqtirish, balandlikka va uzoqlikka sakrash maydonlari joylashtirilishi kerak. Sport o’yinlari maydoni qatta qoplama bilan qoplanishi lozim va futbol maydoni chim bilan qoplanishi kerak. Jismoniy tarbiya va sport mintaqasi suv sepish uchun kran bilan jihozlanishi kerak, dars boshlanishidan 20 - 25 daqiqa oldin maydonga suv sepilishi kerak.
Yer maydonida boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari mintaqasida o’quv shaharchasidan iborat bo’lib, FH va taktik tayyorgarlik uchun 500 m2 maydon va tosh uloqtirish uchun ham 500 m2 maydon ajratilishi lozim.
Yer maydonidan bundan tashqari o’quv-tajriba mintaqasi ajratiladi, uning maydoni umumiy yer maydonining 25 % dan oshmasligi kerak. Bu mintaqada o’quvchilar uchun o’smirlar hayotini o’rganish maydoni, agrotexnika ishlarini bajarish maydoni, meteriologiya bo’yicha amaliyot ishlarini o’rganish joyi, botaniqa va biologiya tajriba maydonlari joylashtiriladi.
Dam olish mintaqasi 1, 2 ,4 va 5 - 9 sinflarga alohida qilib joylashtiriladi. 1,2 - 4 - sinflar o’ynash maydonlari Harakatli o’yinlarga mo’ljallangan bo’lib, maydon ushbu yoshdagi 100% bolalar sonini qamrab olishga mo’ljallanishi kerak. 5 - 9-sinflar uchun mo’ljallangan dam olish maydoni bolalarni harakatli o’yinlar o’ynashi uchun umumiy bolalarning 50% sonini qamrab olishi kerak. Qolgan qismi dam olishga mo’ljallanishi kerak. O’ynash maydonlari maysa yoki chim bilan qoplanishi kerak.
Xo’jalik mintaqasi xo’jalik jihozlari va ularni saqlash omborxonalari, avtomobillarni saqlash garajlari, axlat idishlarini saqlash o’rinlariga mo’ljallanishi lozim. Markaziy isitish tarmog’i va suv bilan ta’minlanish bo’lmagan vaziyatlarda shu joyda suv qaynatilib, tarqatish va mahalliy isitish o’rni joylashtiriladi. Xo’jalik mintaqasi ishlab chiqarish xonalari va oshxonaning chiqish eshigiga qulay bo’lishi kerak, bino bilan uning orasidagi masofa 35 metrdan kam bo’lmasligi kerak.
Ko’kalamzorlashtirilgan maydon umumiy maydonning 40 - 50%ni tashkil qilishi kerak. Yer maydoni barcha yo’nalishlarda balandligi 1,5 m.dan kam bo’lmagan. Ko’kalamzorlashtirilgan himoya mintaqasiga ega bo’lishi kerak. Maktabning atrofi metall panjara bilan o’ralishi kerak.
Binoning qavatlar soni 3 - qavatdan oshmasligi kerak. Zich qurilgan shaharlarda 4-qavatdan qurishga ruxsat beriladi. 4-qavatli qurilgan maktablarning 4-qavatida bolalar kam bo’ladigan xonalar joylashtirilishi kerak.
Sinf xonalari 3 ta turga bo’linadi: bularga mustaqil o’quv xonalari, o’quv - ishlab chiqarish xonalari va o’quv sport xonalari kiradi. O’quv - ishlab chiqarish va o’quv - sport xonalari binoning birinchi qavatida joylashtirilishi kerak. Biologiya va jonli tabiat xonalari ham maqsadga ko’ra birinchi qavatda joylashtirilgani ma’qo’l.
Sinfxonalarining o’lchami 50 m2 dan oshmasligi kerak, bitta o’quvchiga 2 m2 dan kam bo’lmagan maydon ajratilishi kerak. O’quv kabinetlarining maydoni umumiy fanlarga mo’ljallangan kabinetlarda bitta o’quvchiga 2,5 m2 maydon ajratilishi kerak, guruhlarga ajratiladigan fanlarda (horij tillari) va shaxsiy fanlar xonalarida bitta o’quvchiga 3,3 m2 maydon ajratiladi. Har bir kabinetda yoki 2- 3ta kabinetlarda tajribakorlar xonasi bo’lishi kerak. Alohida tajriba xonalari (kimyo, fizika, biologiya va kompyuter xonalari) ta’minlanishi kerak. Chuqurlashtirilgan maktablarda maruza zallari rejalashtiriladi. Uning maydoni sinflar juftligiga bog’liq bo’lib, 3 ta sinfga bitta zal va bitta o’quvchiga 1 m2 joy ajratiladi.
Maktab binosidagi o’quv ustaxonalarining maydoni sinfdagi bitta bolaga 6m2 dan ajratiladi. Mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnat darslarida sinflar ikkiga bo’linadi. Zamonaviy maktablarda Yangi ta’lim tizimining talablariga asosan bolalarning shaxsiyati va maktabdan tashqari faoliyatini rivojlantirish maqsadida 12 x 12 m xajmdagi universal zallar rejalashtiriladi, bundan tashqari turli to’garak mashg’ulotlari uchun xoregrafiya, musiqa va ashula mashg’ulotlari uchun 70-108 m 2 xonalar rejalashtirilishi kerak.
Sport zallarining soni va turi maktabning quvvatiga bog’liq bo’ladi. Sport zalining maydoni 9 x 18 m yoki 12 x 30 m, balandligi 6 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Sport zalida zalning quvvatiga bog’liq ravishda 16 - 32 m2 snaryad xonasi, o’g’il va qiz bolalarga alohida 10,5 m2 ega bo’lgan yyechinish xonalari, 9 m2 maydonli dush xonasi, 8 m2 maydonga ega bo’lgan alohida hojatxona va instruktor xonalari (9m2) rejalashtiriladi.
Maktablarda o’quvchilar doimiy ravishda issiq ovqat bilan ta’minlanishi kerak. Ovqatlanish oshxonada tashkillashtirilishi kerak. Umumiy bolalarning soni 100 tadan ko’p bo’lsa, oshxona tashkillashtirilishi lozim. Oshxonada issiq va sovuq sexlar, go’sht- baliq, qandolat, sabzavot, oshxona idishlarni yuvish joyi, go’sht va tez bo’ziladigan mahsulotlarni past haroratda saqlash va muzlatgich xonalari, xodimlar dam olishi va ovqatlanish xonalari, idishlarni yuvish xonalari va sanitariya tarmog’idan iborat bo’lishi kerak. Oshxona va bufetlardagi ovqatlanish zalining maydoni bitta o’quvchiga 0,7 m2 ni, o’tirish o’rinlarining soni 100% bolalarning 3 mahaldan kirib chikishiga mo’ljallanishi kerak. Oshxonada 20 ta o’tirish o’rniga 1 ta qo’l yuvish krani ta’minlanishi kerak.
Bufet quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’lishi kerak: yuklarni saqlash, ovqatni isitish xonalari pechlar bilan birgalikda, muzlatgichlar, tarqatish o’rinlari, yordamchi xonalar va idishlarni yuvish xonalaridan iborat bo’lishi kerak.
Faollar zalining o’lchami bitta o’tirish o’rniga 0,65 m-2 ni tashkil qilib, umumiy bolalarning 60 %ni qamrab olishga mo’ljallanishi kerak. Faollar zalida bezanish uchun 10 m2 li hojatxonalar, kinoproeksiya xonalari (27 m2), musiqa jihozlari va bezak anjomlarni saqlash omborxonalari (10 m2), kostyumlarni saqlash xonalari (10 m2) bo’lishi kerak.
Zamonaviy maktablarda kutubxonalar so’rov va ma’lumotlarni tarqatish markazlari sifatida foydalaniladi. Kutubxona shaxsiy mashg’ulotlar bilan shug’ullanish maqsadida TO’V bilan jihozlanishi kerak. Ma’lumotlarni tarqatish markazining maydoni bitta o’quvchiga 0,6 m2 ni tashkil qilishi kerak.
Kutubxonada quyidagi xonalar ko’zda tutiladi: O’quv xonalari, ma’lumotlarni berish markazlari (adabiyotlarni tarqatish va qabul qilish o’rinlari), kataloglar bilan ishlash o’rinlari, ochiq materiallar fondi, yopiq materiallar fondi, shaxsiy TO’V bilan shug’ullanish maydonlari, harakatli aravalarni saqlash xonalaridan iborat bo’lishi kerak.
Download 185.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling