3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
2.O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. 1990-yil, fevral-aprel oylarida O‘zbekiston Oliy Kengashi va Mahalliy Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu saylovlarning ilgarigi davrdagi saylovlardan farqi shunda ediki, mamlakat tarixida birinchi marta ko‘pgina okruglarda saylovlar bir necha nomzodlar davogarligida o‘tkazildi. Ammo O‘zbekiston Oliy Kengashiga nomzod ko‘rsatgan 500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatilmadi. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni demokratik talablar darajasida bo‘ldi, deb aytolmaymiz, nomzodi ko‘rsatilgan vakillarning hammasiga bir xil sharoit va imkoniyatlar yaratilmadi. Bu va boshqa sabablar taqozosiga ko‘ra saylangan nomzodlarning 95 foizini kommunistik firqa a’zolari tashkil etdilar. «Yangi shakllangan 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashi 1-sessiyasining respublika istiqboli uchun katta ahamiyatga molik va sobiq Ittifoq doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy qarori - O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini joriy etishi bo‘ldi. 1990-yil, 24-martda respublika kompartiyasining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. Islom Karimov - davlat va siyosat arbobi, 1989-yil iyunidan O‘zbekiston KP Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi vazifasini bajarib kelar edi. Islom Karimov 1991 -yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq u ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi ham edi. O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va xalqaro maydonda erishgan muvaffaqiyatlari va yutuqlari Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. Albatta, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko‘p vaqt o‘tar-o‘tmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e’lon qilinishi respublika hayotidamislsiz tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma’naviy mustaqillikni bildirdi. O‘zbekistonda kechayotgan bunday voqealarga M.S.Gorbachyov boshchiligida Markaz albatta, befarq qaramasligi ayon edi. Binobarin, Moskva O‘zbekistondagi bunday «o‘zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qo‘yish chorasini izladi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovdan qutulish uchun tazyiq o‘tkazishning barcha choralarini ishga soldi. Ammo prеzidеntimiz o’zining qat'iy pozitsiyasida turib, O’zbеkistonni himoya hila oldi. O'zbekiston Mustaqillikka erishar ekan mavjud ijtimoiy tuzumni shunchaki isloh qilish emas, balki, butunlay boshqa jamiyatni barpo qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yilgan: - Ma'muriy - buyrukbozlik tuzumini tugatish va demokratik huquqiy jamiyat tuzumiga o'tish; - Turli mulkchilik shakllariga, ko'pukladli iqtisodiyotga, bozor munosabatlariga o'tish va sosialistik planlashtirishdan butunlay voz kechish; - Milliy urf-odatlar, qadriyatlar madaniyatni tiklash, totalitarizmdan umuminsoniy qadriyatlarga o'tish; - Alohidalikdan yaxshi qo'shnichilik munosabatlariga o'tish, jahon hamjamiyatiga qo'shilish; - Maqsadlar ma'lum, lekin uni qaysi yo'l bilan qanday amalga oshirish masalasi qiyin edi. Chunki, buning uchun ma'lum bir stategiya, belgilangan dastur kerak edi. O'zbekistonda yangi jamiyatga o'tish nazariyasini O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov boshchiligida yaratildi, desak xato bo'lmaydi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» ( 1992 yil), «O'zbekiston- bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» (1993 yil), «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo'lida» ( 1995 yil ) kabi asarlarida O'zbekistonning tanlagan yo'li to'g'risida fikr yuritildi. O'tish davrida tarixan tarkib topgan qadriyatlar, milliy urf- odatlar, shart-sharoitlar, psixologiya va albatta jahon tajribasi asos qilib olindi. Tanlagan yo'limizning asosliligi ham shunda edi. Muomalada yangi «O'tish siyosati», «Besh asosiy tamoil», «O'zbekcha model», «Sharqona demokratiya», kabi atamalar paydo bo'ldi. Oradan uzoq vaqt o'tgani yo'q. Anchagina munozaraga sabab bo'lgan hatto, ayrimlar nomaqbul, deb hisoblagan o'ziga xos yo'li o'z samarasini bera boshladi. O‘zbekiston rahbariyati kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yishida ham o‘zining mustaqil yo‘lini belgilab oldi. Bu borada asosiy e’tibor mahalliy xalq vakillariga qaratildi. Albatta bu xol ham xalqning ruhiy kayfiyatini ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston hukumatining dinga va diniy tashkilotlarga bo‘lgan munosabti keskin o‘zgardi. Chunki Islom Karimov haqli sur’atda ta’kidlaganidek «...Musulmon madaniyatidagi xalqni ruhiy tanazzuldan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalish din erkinligini, islom bilan chambarchas bog‘liq milliy urfodatlarga rioya qilish erkinligini yaratib berishdan iborat edi. Biz uzoq va orziqib kutilgan ana shu erkinlikni so‘zda emas, amalda ta’minladik». Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an’analaridan biri va doimo e’zozlab kelgan bayrami Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling