3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


Oliy Sovetining sessiyasida vatanimiz tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1009515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

Oliy Sovetining sessiyasida vatanimiz tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis 
etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Sessiyada yakdillik I.A.Karimovning O'zbekiston SSR 
Prezidenti etib saylash to'g'risida qaror qabul qildi. Bularning barchasi osonlik bilan kechgani 
yo'q, chunki Moskvaning qarshiligi juda kuchli edi. L.Levitin va D.S. Karlaynlar shunday 
eslaydilar:- 1990 yilning mart oyida Islom Karimov - o'sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar
rahbarlari orasida birinchi bo'lib, Prezidentlikka saylandi.  
Moskva buni juda yomon qabul qildi. Gorbachev ochiqdan-ochiq g'azablandi. Karimovdan 
qutilish uchun, tazyiqning barcha yo'llaridan foydalanib ko'rishdi. Gorbachev uni o'taketgan 
amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va ho'rlangan 
O'zbekistonning obro'sini ko'tarish xaqida uylardi va bu kurashda Karimov o'zi va xalqi uchun 
hamma narsaga tayyor yo'lboshchi sifatida g'olib chiqdi» ( L.Levitin, S.Donald, Korlayn. Islom 
Karimov - yangi O'zbekiston Prezidenti. Toshkent. 1996 yil.).  


O'zbekiston tarixidagi asosiy voqealardan biri 1990 yil 20 iyunda sodir bo'ldi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida «Mustaqillik deklarasiyasi» 
qabul qilindi.  
Deklarasiya quyidagi so'zlar bilan boshlangan edi: «O'zbekiston Sovet Sosialistik 
Respublikasi Oliy Soveti:  
O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari;  
Har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad 
haqqi;  
Har bir kishining farovon turmush kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;  
O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy ma'suliyatni chuqur his etgan holda 
Xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga 
asoslanib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat Mustaqilligini e'lon qiladi». 
Shu kundan e'tiboran O'zbekistonga tegishli bo'lgan barcha siyosiy va iqtisodiy masalalar 
mustaqil tarzda hal etilishi kerak edi. 
 
Siyosiy sohadagi sifat o'zgarishidan yana biri 1991 yil 17 martda yuz berdi. Shu kuni 
umumxalq referendum o'tkazildi. Referendumdagi asosiy byulitenlardan biriga O'zbekiston 
(Ittifoq respublikalari orasida faqat respublikamiz) da «O'zbekiston yangilanayotgan ittifoq 
(federasiya ) tarkibida mustaqil, teng huquqli Respublika bo'lib qolishga rozimisiz?» - degan 
savol kiritilgan edi. Mustaqillik uchun ovoz beruvchilar soni 9.215.571 tani ya'ni umumiy 
saylovda qatnashganlarning 93,9 foizini tashqil etdi. Referendum natijalari Respublika 
rahbariyati va O'zbekiston xalqining birdamligini hamda tanlagan yo'limizning to'g'riligini 
oshkor etdi.
O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi 1991 yil 22 iyunda xalqning qo'llab -
kuvvatlashiga tayangan holda Mustaqillik deklerasiyasiga asoslanib «O'zbekiston SSR hududida 
joylashgan ittifoqqa bo'ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashqilotlarini 
«O'zbekiston SSRning huquqiy tabeliga o'tkazish to'g'risida» qaror qabul qildi.  
Iqtisodiy ahvol ittifoqda bo'lganidek juda og'ir edi. Aholining turmush tarzi pasayib 
ittifoqka nisbatan ishonch kun sayin susaydi. 1991 yil fevralda Toshkent Siyosatshunoslik va 
Boshqaruv Instituti Toshkent, Samarkand va Farg'ona shaharlarida 10 ta sanoat korxonasida 400 
kishi bilan sosialogik so'rov o'tkazdi. Natija shuni ko'rsatdiki, so'ralganlarning 67,8 foizi 
mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning yaxshilanishiga ishonmagan, 72 foizi odam hayotdan 
qoniqmayotganini, faqat 4,5 foiz kishi umumittifoq idoralariga ishonishini, 32,5 foiz ishchilar 
esa Respublika davlat idoralariga ishonch bilan qarashlarini bildirganlar. 
Shunday bir vaziyatda Ittifoqda ijtimoiy-siyosiy uch yo'nalishdagi kuchlar manfaatlari 
to'qnash keldi: 
1) SSSRni saqlab qolish, iqtisodiy rivojlanishning sosialistik yo'lidan voz kechmaslik, 
markazdan boshqaruv tarafdorlari bo'lgan - birinchi kuchlar (platforma).  
2) SSSRni tarqatib yuborish, suveren, mustaqil respublikalar ittifoqini tuzish, 
xususiylashtirish, umuman, sosialistik yo'ldan voz kechish tarafdori bo'lgan –
S. Shatalin dasturi tarafdorlari. 
3) SSSR ni saqlab qolish, murosa qilish, markazlashtirishdan voz kechmaslik, «Shokovaya 
terapiya» tarafdori bo'lgan - M. S. Gorbachev platformasi. 
1991 yil 19 - 21 avgust kunlari Moskvada Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) 
tomonidan davlat to'ntarishiga urinish yuz berdi. GKCHPchilar noqonuniy ravishda aholining 
orzu umidlariga to'sqinlik qilish, respublikalar mustaqilligini bo'g'ish va ilgarigidek «qizil 
imperiya» ga qaytish maqsadida hokimiyatni qo'lga olmoqchi bo'ldilar. Demokratiya havosidan 
nafas olgan, eskilik sarqitiga qaytishni xohlamagan xalq demokratik kuchlar timsolida g'alaba 
qozondi. 
O‘zbekiston hukumati Mustaqillik Deklaratsiyasi asosida 1990-vilda dadillik bilan 
respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini amalga oshirdi. 
«O‘zbekiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyat tuzilmasini 
takomillashtirish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonunijga o‘zgartirishlar va 


qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» (noyabr)gi qonun. «Er to‘g‘risida»gi (iyul) qonun, 
O‘zbekiston Prezidentining respublika fuqarolari ga yakka tartibda turar-joy qurish va shaxsiy 
tomorqa xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi, aholi punktlarini gazlashtirish 
to‘g‘risidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi, boshqa turdagi 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini ko‘p martalab oshirish 
to‘g‘risidagi, shuningdek qishloq xo‘jaligidagi mehnatga to‘lanadigan haqni oshirish 
to‘g‘risidagi qarorlari va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi. 
1991-yilga kelib sobiq Ittifoqda millatlararo munosabatlar shu darajada keskin tus
oldiki, SSSRning batamom parchalanish xavfi ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. Bu davrda Litva, 
Latviya, Estoniyadan so‘ng Gruziya va Ozarbayjon xalqlari o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan 
edi. Mana shunday og‘ir bir paytda markaz SSSRni saqlab qolish niyatida ayyorlik bilan turli 
xildagi tuzoqlarni ishlab chiqqan edi. Ana shunday tuzoqlardan biri 1991-yil aprelida Moskvaga 
yaqin Novo Ogorova degan joyda SSSR Prezidenti va 9 ta ittifoqchi jumhuriyatlar rahbarlari 
imzolagan bitim edi. Bu bitim «mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va inqirozni 
yengishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shma bayonot» deb 
ataldi. 
Mana shunday sharoitda boshqa bir siyosiy kuchlar ya’ni KPSS Markaziy Komiteti va 
Sovetlar hukumatining ayrim rahbarlari 1991-yil, 19-21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishi 
tayyorladilar. Ularning asl maqsad-muddaolari mamlaktda harbiy diktatura o‘rnatish va zo‘rlik 
vositasi bilan SSSRni saqlab qolishdan iborat edi. Natija esa teskari yakunga olib keldi. Tarixga
GKCHP nomi bilan kirgan davlat to‘ntarishi voqeasi dunyodagi so‘nggi mustamlakachi saltanat 
- SSSRning batamom parchalanishini tezlashtirgan asosiy omil sifatida xizmat qildi. Shunday 
qilib 74 yil umr ko‘rgan qizil mustamlakachi saltanat erk va milliy ozodlik kurashlari ta’siri 
ostida parchalandi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling