3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1009515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

 
 
3.Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy Nazorat 
komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19–
21-avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari 
to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi Plenum Respublika Kompartiyasining 
KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, 
uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari tarixiy VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada I.Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda 
so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini 
tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har 
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif 
etdi. 
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy 
Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: «Mustaqillik Deklaratsiyasini 
amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning 
Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini 
tantanali ravishda e’lon qiladi». 
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon 
qilish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti tasdiqlansin va 
respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin; 
2) 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-
yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo‘yildi. 
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda: 
• O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan 
birga, mustaqil, demokratik davlatdir; 


• O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan 
bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik 
idoralari tizimi orqali amalga oshiradi; 
• O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-
hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat 
chegaralari, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini, erkini 
bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas
• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari 
O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab 
qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda I.A. Karimovning 
1991-yil 6-sentabrda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi 
tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Farmonga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuzildi. O‘zbekiston hududidagi harbiy 
kommisiyalar, barcha harbiy garnizon va qismlar, chegara qo‘shinlari bo‘linmalari, havo 
hujumiga qarshi harbiy qisimlar, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo‘shinlari va boshqa 
turdagi qo‘shinlar respublikamiz tasarrufiga olindi. O‘zbekiston hududidan tashqarida xizmat 
qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling