3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1009515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr 
kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunga 
Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalari «O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga 
amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, 
ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo 
xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbek xalqi 
tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga 
molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. 
Qonun moddama-modda muhokama qilindi. Unda Respublikaning suveren mustaqil davlat 
ekanligi, xalq hokimiyati, ma'muriy boshqaruvi, hokimiyatning uch tarmoqka bo'linishi, 
iqtisodiy asoslari, respublika fuqaroligi, davlat ramzlari, Qoraqalpog'iston bilan munosabati
tashqi siyosati xaqidagi masalalar o'z o'rnini topgan edi. O'zbekiston SSR O'zbekiston 
Respublikasi nomi bilan suveren mustaqil davlat deb e'lon qilindi. Mustaqillik belgilangan kun - 
1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. 1991 yil 18 
dekabrdagi mustaqillikni xalq tomonidan mustahkamlash maqsadida Oliy Kengash IX 
sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Referendumini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi. 
Referendum 1991 yil 29 dekabrda o'tkazilib shunday savol qo'yildi: «Siz Oliy Kengash 
tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma'kullaysizmi?» 
Umumxalq referendumi saylov ro'yxatiga olinganlarning 94,1 %i (9,898,707 kishi) ishtirok etdi. 
Respublika Mustaqilligini yoqlab 9,718,155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 % i 
ovoz berdi.
1991 yil 29 dekabr O'zbekiston tarixidagi eng muhim sanalardan biri bo'lib qoldi. Shu kuni 
Mustaqillik ramzi va respublikadagi siyosiy o'zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida xalqning 
xohish - irodasini ifoda etgan holda birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
bo'lib o'tdi. Prezidentlik saylovi mamlakat tarixida ilk bor o'tkazilayotganligi bois 13 saylov 
okrugining 7 mingga yaqin saylov uchastkalarida katta saylov tadbirlari o'tkazildi. 
Respublikamiz siyosiy jihatdan mustaqillikni qo'lga kiritgan ekan, albatta, davlat ramzlariga ham
ega bo'lmog'i kerak edi. Shu nazarda tutilib, 1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining VIII sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida» qonun 
qabul qilindi. Davlat ramzlaridan biri bo'lgan bayroq tariximiz, ajdodlarimiz ruhini, milliy va 
ma'naviy urf odatlarimizni o'zida aks ettirish kerak edi va shunday bayroqqa ega bo'ldik.  


1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O'zbekiston 
Respublikasi davlat gerbi to'g'risida» qonun qabul qilindi. Davlat mustaqilligining yana bir 
muhim ramzi «O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida»gi qonun O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 12 dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida qabul qilindi.  

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling