3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1009515
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati



3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy 
ahamiyati 
Reja: 
1.Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 
2.O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. 
3.Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Mustaqillik, Davlat ramzlari, Konstitusiya, Referendum
Demokratiya, Mustaqillik deklarasiyasi, «O'zbek modeli», MDH, Tashqi siyosat. 
1.Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
XX asrning oxirgi 20 yili insoniyat tarixida katta o'zgarishlar yuz bergan davrlardan biri 
bo'ldi. 1980 yillarda sobiq ittifoqda iqtisodiy inqiroz yetildi. Vatanimiz O'zbekiston ham ushbu 
voqealardan chetda qolgani yo'q. Mazkur voqеalar O’zbеkistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga 
o’z ta'sirini o’tkazdi. Natijada yurtimizda ittifoqning boshqa rеspublikalarida bo’lgani kabi 
ko’plab muammolar yuzaga kеldi.
Asrlar davomida orzu qilingan, kurashib kelishgan mustaqillikka erishish uchun imkoniyat 
vujudga keldi. Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik shart edi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika 
Oliy Kengashi davlat tili to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Davlat tili to'g'risidagi qonunning 
qabul qilinishi O'zbekistonning mustaqillik uchun qo'ygan ilk qadami edi. «Qizil imperiya» 
davrida yagona sovet xalqini shakllantirish orzusi o'zbek xalqining ma'naviyati, milliy urf-
odatlari bilan birga tiliga ham katta ziyon yetkazdi. Yetkazilgan ma'naviy ziyonlar tahlil 
qilinganda davlat tili to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi naqadar katta ahamiyatga ega 
ekanligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Buning ustiga qiyin, lekin sharafli yo'lga birinchi qadam 
qo'yildi.  
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 1989 yil 20 sentabrdagi KPSS
Markaziy Komiteti Plenumida «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va 
o'zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo'yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan 
mustahkamlash tarafdorimiz», deb ta'kidlashi O'zbekiston o'ziga mustaqillik yo'lini tanlaganini 
yana bir bor ko'rsatdi. Ittifoqda esa «buyuk rus shovinizmi», qog'ozbozlik, byurokratik tartib, 
turli xil iqtisodiy va ijtimoy cheklovlar o'z natijalarini ko'rsatib mamlakat og'ir ahvolga kelib 
qoldi. SSSR hukumati inqirozdan chiqish yo'lini topa olmas, xalqning esa turmush darajasi
xavfli darajada pasayib bormoqda edi. Xalq orasida ishonchsizlik kayfiyati vujudga kelib,
hukumatning obro'si tushib ketdi. O'zbekistonda esa ittifoqdan farqli iqtisodiga oid muhim 
tadbirlar amalga oshirilmoqda edi. 1989 yil 25 noyabrda bo'lib o'tgan O'zbekiston SSR Oliy 
Soveti sessiyasida «O'zbekiston SSRni iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirishning 1990 yilgi davlat 
rejasi to'g'risida»gi masalaning muhokama qilinishi ham shundan dalolat beradi.  
Siyosiy sohada ham katta o'zgarishlar yuz bermoqda edi. 1990 yil 23 martda O'zKPMK 
Plenumida amaldagi hokimiyatni O'z KPdan xalq deputatlari sovetlariga berish, prezidentlik 
lavozimi va suverinitet masalalari ko'tarildi. 1990 yil 24 martdagi O'zbekiston Respublikasi 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling