3-mavzu. Mustaqil O‘zbеkiston Rеspublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja
yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?»
Download 260.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy (yodgorlik) majmuasi»
yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?» degan savolga 11 mln. 199
ming 415 kishi, yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 % ijobiy javob berdi. Shunday qilib, I.A. Karimovning vakolat muddati 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. Shu asosda I.A. Karimovning ikkinchi bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritildi. Natijada prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, I.A. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan 2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan Prezident vakolati 5 yil muddatga saylanishi belgilandi. 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi Prezident saylovida I.A. Karimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga saylangan. Shuningdek, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» 6 medali sohibi (1994), «Mustaqillik» (1996), «Amir Temur» (1998) ordenlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. 2016-yil 3-sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Samarqand shahrining qadimiy Hazrati Xizr masjidida dafn etildi. 2017-yil 25-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev qarori asosida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va merosini har tomonlama o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti «Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy (yodgorlik) majmuasi» tuzildi. Majmua tarkibida: muzey, ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi, kutubxona va o‘quv zali, konferensiya zali mavjud. Majmua o‘z faoliyatini Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi. Download 260.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling