3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi
«Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kопировать в буфер
«Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar
bosish kerak. Vositalar paneli yordamida nusxalash Nusxa ko‘chirish amalini bajarish uchun Стандартная (Standart) vositalar panelida 2 ta tugma (piktogramma) mavjud. Bular «Kопировать в буфер» (Buferga nusxa olish) va «Вставить из буфера» (Buferdagi nusxani qo‘yish) tugmalari. Agar sichqoncha ko‘rsatkichi Kопировать в буфер (Buferga nusxa olish) tugmasiga olib kelgan holda bosilsa, ajratilgan katakdagi ma’lumotlar buferga olinadi. Shundan so‘ng qo‘yiladigan katak faollashtirilib, Вставить из буфера (Buferdagi nusxani qo‘yish) tugmasiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib kelib bosiladi. Sudrab olib o‘tish amali orqali nusxa ko‘chirish MS Excelda nusxa ko‘chirish kerak bo‘lgan katak yoki diapazondan ma’lumotlarni sudrab olib o‘tish orqali nusxa ko‘chirishni amalga oshirish mumkin. Nusxa ko‘chirish kerak bo‘lgan katak (diapazon) ni ajratib, undan keyin sichqoncha ko‘rsatkichini katak (diapazon) chegaralaridan biriga olib keling. Ko‘rsatkich strelkaga aylanganidan so‘ng Ctrl tugmasini bosing. Ko‘rsatkichda qo‘shimcha «+» belgisi hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng ma’lumotlarni tanlagan katagingizga sudrab olib o‘tishingiz mumkin. Olib o‘tilayotganda Ctrl tugmasi bosib turiladi. Shunday holatda oldingi katakdagi ma’lumotlar saqlanib qoladi. Ctrl tugmasi bosilmasa oldingi katak ma’lumotlari o‘zida saqlanmay, keyingi katak ma’lumotiga aylanib qoladi. Katak yoki diapazondagi ma’lumotlarni almashtirish Katak yoki diapazon ma’lumotlarini boshqa kataklarga olib o‘tish vaqtida bu ma’lumotlarni boshqasiga almashtirish ham mumkin. Buning uchun katak yoki diapazon ajratib olinadi va sichqoncha ko‘rsatkichi bu katak yoki diapazon chegaralaridan biriga olib kelinadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi o‘rnida strelka paydo bo‘lgandan so‘ng kerakli katakka olib (sudrab) o‘tiladi va sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboriladi. Bunda oldingi katakdagi ma’lumotlar keyingi katakka almashinadi. Bunday ko‘chirish vaqtida Ctrl tugmasi bosilmaydi. Avtoto‘ldirish (avtomatik to‘ldirish) markeri MS Excelda shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik to‘ldirish deb ataladi. Avtomatik to‘ldirish diapazon kataklariga sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to‘ldirish markeri ishlatiladi. U faol katakning o‘ng burchagida joylashgan kichik kvadratdan iborat. Ayrim hollarda katak ichidagi ma’lumotlarni qo‘shni katak (diapazon)ga ko‘chirishga ham to‘g‘ri keladi. Qo‘shni katak yoki diapazonga ko‘chirish usullaridan biri tanlangan kataklar to‘plamini to‘ldirish markerini olib o‘tishdir. Bunda MS Excel berilgan kataklardagi ma’lumotlarni olib o‘tishda ajratib ko‘rsatilgan kataklarga nusxasini ko‘chiradi. Тo‘ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida satr yoki ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o‘sib boradigan sonlar yoki sanani oson va tez kiritishni ta’minlashdir. Masalan, C ustunga birinchi o‘nta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling