3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi zarb qilingan tangalar


Download 95.5 Kb.
bet26/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi zarb qilingan tangalar.

Xiva xonligida davlat mustaqilligining birlamchi shartlaridan bо‘lmish – о‘z tangasi doim bо‘lgan va u asosan qimmatbaho metal oltin, kumush, misdan zarb qilingan. Xonlar о‘z nomini tangalarga zarb qilganlar. Faqat rus istilosidan sо‘ng xonlikning taqdiri xavf ostida qoldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I davrida shaharda maxsus zarbxona qurilgach, tangalarni ibtidoiy usulda zarb qilishga chek qo‘yildi. Zarbxonada oltin, kumush, mis tangalar, abbos shohi va shohi pullar tayyorlangan. Bunga ko‘ra – oltin tangalar ikki xilda: “puxta” tillo (10 so‘mlik) va “tillo” (5 sо‘mlik) bо‘lib, bir tomonida xonning ismi, martabasi, ikkinchi tomonida esa zarb qilingan joyi yozilgan. Mis tangalarning aversida “Xorazm” degan yozuv bitilgan.

Rossiyaning bosqinigacha muomalada bо‘lgan xonlik tillo tangalari “puxta” – 3 sо‘m 60 tiyin yoki 18 tanga, tillo 1 sо‘m 80 tiyin yoki 9 tanga hisobida ayirboshlangan. Bir tanga - 20 tiyin, pul - 5 tiyin, shohi esa 32 tangaga teng bо‘lgan. Asosiy pul hisob birligi oltin va kumush tanga hisoblanardi. Bir tanga 32 pulga tengdir. Xiva tillo tangasining og‘irligi Nebolsinning kо‘rsatishicha, bir misqolga (4, 26 gramm) teng bо‘lgan. Uning bahosi kumush bilan solishtirilganda 3 sо‘m 43 tiyindan 4 sо‘m 30 tiyingacha tengdir.

tillo” – oltin pul bо‘lib, ikki xil shaklda va og‘irlik miqdorida bо‘lar edi. О‘sha davr pul miqdorida 1 sо‘m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 sо‘m 60 tiyin deb belgilangan edi.

tanga” - kumushdan ishlanib, bir tanga о‘sha davr pul birligida 30 pul birligi yoki yoki 20 tiyin deb belgilandi.

pul” - misdan ishlanadi. U pul va tiyinga bо‘linar edi. Kumushdan ishlangan tanga oq tanga” deb, misdan ishlangan pul “qora tanga”deb yuritilar edi. “Qora tanga” о‘zining qiymati jihatidan oq tanganing 60 % ga teng edi. Shuningdek xonlikda “shoyi”, “Abbos shoyi”, “yarim shoyi” deb nomlangan pul birliklari ham ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha о‘zgarib turgan.

Xiva xonligida mavjud pul muomalasi masalasi M.M. Matkarimov, A. Abdurasulov, G.A. Xudyakov, V.A. Bochin, H.Z. Ziyoyev, N. Polvonovlar tadqiqotlaridan keng о‘rin olgan. Ma’lumki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida muomalada ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: «Tilla», «tanga» va «pul». Tadqiqotchi M. Matkarimovning ma’lumotlariga qaraganda, Xiva xonligida bundan tashqari «shoyi», «abbas shoyi», «yarim shoyi»** deb nomlangan pul birliklari ham mavjud bо‘lib, ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha о‘zgarib turgan5. Tadqiqot jarayonida Xiva xonligida zarb qilingan tanga va pullarda odam rasmi tushirilmagani, arab imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani kо‘zga tashlanadi.

1914 yildan boshlab rus savdogarlari Xivada zarb qilingan tangalarni olmay qо‘yadi. Mavjud pullar xalq qо‘lida muomalada ishlatilib kelindi.

Asfandiyorxon davrida rus podshosi va amaldorlari Xiva xonligida bir qancha islohotlar о‘tkazdi. Unga kо‘ra Xivada muomalada bо‘lgan yuritilayotgan barcha tanga va pullarni yig‘ib olindi.

1918-20 yillarda xonlikda ikki xonlik davri bо‘ldi. Bu davrda Sayid Abdullaxon qо‘g‘irchoq xon edi. Aslida hokimiyatni Junaidxon boshqarar edi. U о‘z hokimligini xalqqa ma’lum qilish uchun pul ham bostirib chiqardi. Uning puli atlasga ishlangan bо‘lib, “turma qog‘oz” nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik Junaidxon nomi bilan qog‘oz pullar ham chiqarilgan.

1920 yil 2 fevralda hokimiyat sovetlar tomonidan egallaganidan keyin Xiva pul birligi kursi belgilandi. 1921 yil 1 yanvarda RSFRSning 1919 yilda bosib chiqarilgan pul birligi ishlatila boshlandi. Bu о‘z qiymatiga kо‘ra shu davrda yurib turgan Rossiya “krenka” puliga teng bо‘lib “Turkbon” qiymatiga nisbatan о‘n barobar qimmat edi.

Qо‘qon xonligi tangalari. XIX asr о‘rtalariga oid Qо‘qon xonligi tangalari Oybek nomidagi О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi, Moskva xalqlari tarixi muzeyi jamg‘armalaridan о‘rin olgan6. Qо‘qon xonligida zarb qilingan tangalarning boshqa sharq tangalaridan farqi shundaki ulardan aniq ma’lumotlar, о‘sha davr xonlarining davlatni boshqargan vaqtlari, zarb qilingan sanasi va unvonlari xaqida bilish mumkin. Oxirgi yuz yil ichida Qо‘qon xonligida 13 ta xon davlat boshqaruviga kelgan bо‘lsa, ulardan 9 tasi о‘ldirilgan. Zarb qilingan tangalar 13 ta xonning nomi, unvoni boshqargan vaqtini о‘zida yaqqol tarixiy hujjat sifatida mujjassam etgan. 1770-1800 yillarda hukmronlik qilgan Norbо‘taxon faqatgina mis fuluslar zarb ettirgan. Undan keyin taxtni egallagan Olimxon mis fuluslar bilan birga kumush suvi yuritilgan mis dirhamlarini ham zarb qildirgan. Muhammad Umarxon davriga kelib mis tanga past probali (qiymatli) kumush dirham va mirilar zarb etildi. Muhammad Umarxon hukmronligining sо‘ngi yillariga kelib pul islohotini amalga oshirdi. Islohot natijalarida xonlik zarb xonalarida yuqori probali kumush va tillo tangalar zarb qilindi.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling