3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi


Download 95.5 Kb.
bet3/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi.

Qadimshunos olimlar dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumining tosh asridan boshlanganligini isbotlaydi. Inson о‘z mehnati mahsulotlarini ayirboshlashi natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda turini vujudga keltirdi: u tanqis ashyolarni pul о‘rnida ayirboshlay boshladi. Bunday tovar-pul muomalalari mintaqalarda turli kо‘rinishda amalga oshirilgan. Masalan, Osiyo va Afrikada “kauri” nomli chig‘anoqlar pul vazifasini о‘tagan. Ular ayrim elatlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab milodning XX asrigacha savdo vositasi bо‘lib kelgan va kauri chig‘anoqlari qadimiy Xitoy, Yaponiya Hindistonda ancha vaqtgacha muomalada bо‘lgan. Ular milodning VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI asrda Shvetsiyada ishlatilganligi, Gvineyada ham kauri tasviri tushirilgan pullar mavjud bо‘lganligi aniqlangan. Umuman olganda, kauri va shunga о‘xshash kо‘pgina narsalarni inson о‘z qо‘li bilan yaratishga intilgan va shuning uchun ayrim arxeologik qazilma ishlarida ma’dan yoki toshdan yasalgan taqlidiy kauriylarni ham uchratish mumkin. Bundan tashqari– qoramol, harsang, it tishi, chо‘chqa dumi, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qо‘llanilgan. Odamzod о‘zi uchun qulay pul shaklini ixtiro etguniga qadar, mazkur “pul”larni tabiatdan olib savdo vositasi sifatida ishlatib turgan. Bunday pullar jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida о‘zini oqladi. Ammo vaqt о‘tishi bilan ular davr talabiga javob bermay qoldi.



Ayriboshlash har doim va turli sharoitda qiymati birdek о‘zgarmaydigan, qо‘llash oson bо‘lgan baho о‘lchovini taqozo qilardi. Mana shunday savdo shartlariga yangi paydo bо‘lgan metall pul javob bera boshladi, bu о‘z navbatida savdo muomalasida mavjud bо‘lgan pulning barcha mavjud shakllarini siqib chiqardi. Metall pullar qismlarga bо‘linishi, qimmat yombini arzon qilish mumkinligi jihatidan ham ahamiyatli edi. Tilla va kumushdan tayyorlangan pullar esa eng qulay va qiymatli pul hisoblanardi.

Kishilar asta-sekin ma’lum og‘irlikdagi yombilarni tayyorlay boshladilar. Lekin metall pullarda hali aldanish imkoniyati yashirinib yotardi. Chunki, kishilar mis, qо‘rg‘oshin singari arzon metallarni oltin va kumush parchalariga aralashtirar edilar. Hukumat bu firibgarliklarga chek qо‘yish maqsadida о‘zi zarb qilgan metall pullarga muhr bosib chiqara boshladi. Insonlar qattiq jazo choralariga qaramay, bunday hol davom etavergani sababli, hukmdorlar о‘z quymalarini muhrlashga, ya’ni ularda biror tasvir yoki tug‘ro–gerbni ifodalashga odatlandilarki, bu bilan quymalar haqiqiyligi davlat tomonidan kafolatlanadigan bо‘ldi.


Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling