3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet4/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Dastlabki tangalar

Birinchi tanga pullar qachon paydo bо‘lgan degan savol hali uzil- kesil hal bо‘lgani yо‘q. Birinchi tanga qayerda zarb qilinganligi tо‘g‘risida antik olimlarning fikri turlicha. Jumladan, Birinchi tanga miloddan avvalgi XII asrlarda Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga kо‘ra, birinchi oltin hamda kumush tangalar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida Mermnad sulolasining asoschisi Giges (mil.av. 692-654 y.) davrida oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektrum (ba’zi manbalarda “elektra”, E.Rtveladzening “Drevniye moneti Sredney Azii” asarida – “oq oltin” iborasida qо‘llaniladi)dan zarb etilgan. Tulki lidiyaliklarda muqaddas hayvon hisoblanib, eng ulug‘ ma’buda Bassarayning ramzi tasviri bо‘lgan. Bu tangani lidiyaliklar oltin stater deb ataganlar. “Stater” yunoncha - “tarozi dastagi” degan ma’noni bildiradi. Lidiyaliklardan bir necha о‘n yillardan keyin Yunonistonning Egina shahrida ham tanga zarb qila boshlangan. Bunda biz lidiyaliklarning ta’sirini aslo kо‘rmaymiz. Eginada tangalarni Lidiyadan о‘zlashtirmay mustaqil ravishda ixtiro qilingan. Eginaliklar tangani sof kumushdan zarb qilganlar. Uning shakli ham, undagi tasvir ham Lidiyanikidan о‘zgacha bо‘lgan. Bu tangada toshbaqa tasvirlangan. Kо‘p о‘tmay, lidiyaliklar va eginaliklar ta’siri ostida Yunonistonning boshqa shaharlari, ularning Qora dengiz bо‘yidagi mustamlakalarida, keyin mustaqil ravishda Eron, Rim, Hindiston, Xitoy va boshqa joylarda tanga zarb qila boshladilar.

Lidiya davlati Krez davrida (mil. av. 561-546 y) Kir II tomonidan (546 y) qulatilgan. Keyin Bimetallizmga (tilla va kumush qorishmasi) asoslangan tanga tizimi tatbiq etilib, bu tizim Eronda keng tarqaldi1.

Tanganing zarb etilishi davlatning tashkil etilishi bilan ham bog‘liq. Biroq, Lidiya tangasini davlatning tashkil topishi bilan bog‘lash mumkin emas. Chunki Lidiya yoki Eginga nisbatan Shumer, Akkad, Bobil va yunon shahar davlatlarining taraqqiyoti yuqori darajada bо‘lgan, ammo ularda tanga zarb qilinmagan edi. Lidiya va Eginda savdo-sotiq rivoji tangani kashf etilishiga olib keldi.

Qadimgi Yunoniston tangalarida ma’budalar bilan birga muqaddas hayvonlar tasvirlangan. Masalan, Afina tangalarida Afina ma’budasinng bosh qismi yoki boyо‘g‘li, Olimpiya tangalarida esa bosh xudo Zevsning bosh qismi tasvirlangan. Qora dengizning shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri yeangalarida delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan. Xersonesda Deva ma’budasi, skiflarning tangalarida esa kamon tutgan chavandoz tasvirlangan.

Rim saltanatida imperatorlarning portreti va ular yuritgan siyosatni targ‘ib qiluvchi shiorlar ham aks etgan. Tanga metalining sifati о‘sha davlatning taraqqiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Masalan, qadimgi yunon tangalari ichida Afina drahmasi yuqori sifati bilan ajralib turgan va yuqori baholangan. Tangalardagi ramziy ma’noni anglatuvchi belgilarning о‘zgarishi, davlatdagi о‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Moneta” – sо‘zi qanday kirib kelgan? Bunga javobni Rim kumush tangalaridan olish mumkin. Birinchi marta “moneta” sо‘zi miloddan avvalgi 45 yilda Tit Kariziy zarb etgan tangada yozilgan. “Moneta” sо‘zi Yunona ma’budasining yana bir nomi bо‘lib, uning sharafiga zarb etilgan tangalar moneta deb atalgan. Ma’budani rimliklar “Juno Moneta” deb ataganlar. Rimliklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar. Shu ibodatxonada miloddan avvvalgi IV asrning 2-yarmida Rimda birinchi marta tanga chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yerda yalpoq, mis – asslar zarb qilingan. “Moneta” sо‘zi tangalarning о‘zida ham qayd qilingan. Xususan, miloddan avvalgi birinchi asr о‘rtalarida Rim magistrati Tit Kariziy nomidan zarb qilingan tangalarning old tomonida nozik bir ayol Yunona ma’budasining tasviri va “moneta” sо‘zini kо‘rish mumkin. Keyinchalik bu sо‘z boshqa xalqlarga ham yoyilib ketdi va shu tariqa metall pullarni kо‘pincha moneta deb atay boshladilar. Demak, “moneta” sо‘zi aslida lotincha bо‘lib, Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling