3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi


Usmoniylar davlatining tashkil topishi


Download 122 Kb.
bet7/9
Sana28.12.2022
Hajmi122 Kb.
#1070137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)

Usmoniylar davlatining tashkil topishi. XI asr oxirida Kichik Osiyoning katta qismini bosib olgan o‘g‘uzlar o‘zlarining qator amirliklarini tuzadilar. Amirliklar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmronligini tan olsalarda, amalda o‘z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Ko‘chmanchi turkiy qabilalarning o‘troq hayotga o‘tishi ayni shu paytdan boshlanadi. O‘troqlashayotgan turklar o‘lkaning tub aholisi yunonlar va armanlar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlashi kuzatiladi. Bu jarayonlar XII—XIII asrlarda Saljuqiylarda ham feodal davlatini uzil-kesil shakllanshiga olib keladi. Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharq­dagi islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan. Ahamiyatli jihati Saljuqiylarda davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko‘p bo‘lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto tarzida harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in’om etilgan. Iqto dastlab merosiy mulk bo‘lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan.
Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi Konyo, Sivas, Qaysariyalar eng yirik shaharlar qatorida bo‘lib, ularda o‘n minglab aholi yashagan. Turklar istilosidan so‘ng shaharlar qiyofasi ham o‘zgarib, sharqona tus ola boshlaydi.
XIII asrlarda Saljuqiylar davlatining o‘rnida ko‘plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan biri - Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy hududida, Eskishaharga yaqin joyda edi. Uning keyingi taraqqiyotiga, beylikning Vizantiya bilan qo‘shni bo‘lgani qo‘l keladi. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini ta’minlaydi. Keng istilolar Usmoniylar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlaydi. Sulola asoschisi Usmon (1299— 1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o‘g‘li Urxon Vi­zantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni egallab, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo‘lgan. Xususan bey unvoni, Usmon va Urxonga qabila boshliqlari yig‘inida berilgan. Beylarning asosiy vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarini qo‘shni hududlarni istilo qilishini ta’minlash bo‘lgan. Beylikning kuchayib borishi, uning boshqaruvida ham o‘zgarishlarga olib keladi. Natijada, Urxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi. Urxon har­biy islohot o‘tkazib qo‘shinni piyoda va otliq qismlarga ("musallam"), alohida harbiy birliklarga aylantiradi.
Usmoniylar davlati — Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda hukmronlik qilgan (1299-1922-yillarda). Asoschisi — Usmon I.
Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarim orolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Ammo, siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermaydi. Bolqondagi dastlabki bosqinlar 1353-1357-yillarda bo‘lgan. Uning asosiy qismini turklar keyingi o‘ttiz yil davomida egallaydilar. Usmoniy­lar poytaxti Bolqondagi Edirne (Adrianopol)ga ko‘chiriladi.
XIV asrning 80-yillaridan Serbiyaga hujum boshlanadi. 1389-yilda Kosovo maydonidagi jangda turk qo‘shinlarining g‘alabasi serblarning o‘z mustaqilligini yo‘qotishiga olib keladi. Usmoniylar 1393-yili Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini egallaydilar, 1396-yili Nikopol yonidagi jangda vengr, valax, bolgarlardan tuzilgan 60 minglik risarlar qo‘shinini yengadilar.
Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o‘zining tezkor g‘alabalari bilan shuhrat qozonib - Yildirim (Shiddatli) nomini oladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solgan. Ayni paytda, Amir Temurning Boyazidga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi. 1402-yilning yozida Anqara yaqinidagi jang­da sohibqiron qo‘shinlari Boyazid lashkarini yengadi. Bu voqea turklar tomonidan Konstantinopolning olinishiga yo‘l qo‘ymay, Vizantiyaning yana 50 yil yashashiga im­kon yaratadi.
Usmoniylar sultoni Mexmet II (1451 — 1481) davlatni qaytadan yuksaltirib olganidan so‘ng yana Vizantiyaga qarshi urushni boshlaydi. U yuz minglik qo‘shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi va 1453-yilning 29-mayida Konstantinopol turklar tomonidan olinadi. Vizantiyaning so‘nggi imperatori jangda halok bo‘ladi. Konstantinopol shahri Istanbul deb nomlanadi va Usmo­niylar davlatining yangi poytaxtiga aylantiriladi.
Usmoniy turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo‘shin, lashkarboshilik xususiyatlariga ega sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo‘shinining bo‘lishida edi. Usmoniylar otliq qo‘shinni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. Qo‘shinni har bir suvoriysiga 3-5 ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk — tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo‘lgan paytida taqdim etilgan. Natijada otliq qo‘shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.
Sulton Yevropadagi eng yaxshi piyoda qo‘shinga ham ega edi. XIV asrning o‘rtalaridan, asirga olingan eng sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan, sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tarbiyalangan. Yillar o‘tib bolalar o‘z tilini va dinini unutib, sultonning sodiq jangchilariga aylanishgan. Ularni yanicharlar deb nomlashardi. Usmoniy turklar sultoni jangga hamisha o‘zining sodiq yanicharlari bilan kirgan. Oilasi, boyligi, mol-mulki bo‘lmagan yanicharlar sulton uchun jonini ham ayamagan. Ular Varna, Kosovo, Konstantinopol janglaridagi g‘alabalarga katta hissa qo‘shganlar. Turk qo‘shiniga shuhrat keltirgan lashkarboshi va jangchilarning aksari ko‘pchiligi yanicharlardan chiqqan. Yevropa va Osiyoni bog‘lab turgan savdo yo‘llari ustidan nazorat, Vizantiya poytaxti olinishi bilan turklar qo‘liga o‘tadi. XV asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati o‘z istilolarini davom ettiradi. 1475-yili Qrim yarim oroli bo‘ysundiriladi. Ko‘p o‘tmasdan Moldaviya va Valaxiya Usmoniy turklarga vassalliklarini tan olishadi. Old Osiyoda turklar Mesopotamiya, Armaniston va Gruziyaning G‘arbiy qismini, keyinroq Suriya va Arabistonni bosib oladilar.
Keng istilochilik yurishlari Usmoniylar davlatini imperiyaga aylanishi bilan yakunlandi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling