3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi
Saltanatning inqirozi va tanazzulga yuz tutishi
Download 122 Kb.
|
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)
Saltanatning inqirozi va tanazzulga yuz tutishi. O‘rta Osiyo va Eronni bosib olgan mo‘g‘ullar 1240 yilda Saljuqiylar saltanatining shimoli-sharqiy viloyatiga kirib boradilar va uni bosib oladilar. 1243 yilda Sivasdan 60 km sharqdagi Kyosedagi jangda mo‘g‘ullar Saljuqiylarni tor-mor qildilar. Bu jang Saljuqiylar saltanatining taqdirini belgilab bergan edi.
Mo‘g‘ullar Kichik Osiyoni butkul talon-taroj qildilar, ko‘pgina hududlar sahroga aylantirildi, qarshilik qilgan shaharlar yo‘q qilib tashlandi, o‘n minglab odamlar o‘ldirildi. Xalq asosan O‘rta Osiyoga olib ketildi, ular orasida hunarmandlar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Saljuqiylar davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, sulton mo‘g‘ul xonining vassaliga aylandi va juda katta o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ldi. Mo‘g‘ullarning zulmi Saljuqiylar saltanatini uzil-kesil inqirozga olib keldi. XIII asarning oxirida saltanat 12 ta mustaqil bekliklarga ajraldi. 1307 yilda mo‘g‘ullar oxirgi Saljuqiylar sultonini o‘ldirtirdilar. Bu sana Saljuqiylar saltanatining tugash sanasi hisoblanadi. 230 yil mavjud bo‘lgan Saljuqiylar saltanati turk xalqi tarixida katta iz qoldirdi. Ko‘chmanchi turkmanlar Kichik Osiyoga bostirib kirib,o‘troq hayot tarziga o‘tdilar, dehqon, hunarmandlarga aylandilar, yerga egalik qilishning feodal munosabatlari vujudga keldi, lekin shu bilan birga ko‘chmanchilik ham muhim ahamiyatini saqlab qoldi. Turk moddiy va ma’naviy madaniyatiga asos solina boshlandi, turk millati vujudga kela boshladi. Saljuqiylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ular bosib olgan xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti ijobiy ta’sir etdi. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmi saltanatning rivojlanishiga to‘sqinlik qildi va oxiri davlat inqirozga yuz tutdi. Biroq turklarning bosib olgan xalqlar bilan yaxshi aloqlari yangi davlat barpo etishga zamin bo‘ldi. Yangi turk davlatining paydo bo‘lishi va yangi ko‘rinishda rivojlanishi uchun hamma sharoitlar mavjud edi. Shunday qilib, Usmoniylar imperiyasi vujudga kelishiga sharoit yaratilgan edi va o‘rta asrlarda kuchli imperiya bo‘lgan –Usmoniylar imperiyasi paydo bo‘ldi. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling