3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi


Xosrav I Anushirvon xukmronligi. Sosoniylar davlatining inqirozga uchrashi


Download 122 Kb.
bet4/9
Sana28.12.2022
Hajmi122 Kb.
#1070137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)

Xosrav I Anushirvon xukmronligi. Sosoniylar davlatining inqirozga uchrashi. V asrning ikkinchi yarmida Eronda feodal munosabatlarning rivojlanishi jarayonida dehqonlarning ko‘p qismi, avvalo erkin jamoa dehqonlari yirik yer egalari feodallarga qaram bo‘lib qoldi. Mamlakatada soliq zulmining kuchayishi, qurg‘oqchilik va hosilsizlikning ro‘y berishi oqibatida Eronda ocharchilik boshlandi. Bundan norozi bo‘lgan halqning omaviy norozilik qo‘zg‘olonlar boshlandi. Bu qo‘zg‘olon Eronda mazdakiylar harakati deb nom oldi. 491 va 529 yillar o‘rtasida butun Eronni qamrab olgan bu harakatga Mazdak rahbarlik qildi.
Eron shohi Kova (Kubod 488 – 531) mazdakiylar harakatini ancha yillar davomida qo‘llab-quvvatladi. Aytishlariga ko‘ra, Kova mazdakiylar harakatiga tayanib, harbiy zodagonlar va ruhoniylarning ta’sirini zaiflashtirishni nazarda tutgan. Shu maqsadda bo‘lsa kerak, mazdakiylar ta’limotini qabul qilgan degan mulohazalar ham bor. Podsho Kova Eronda boshlangan ommaviy harakatdan qo‘rqib, ularga nisbatan shunday siyosat tutgan bo‘lishi ham mumkin. 496 yilda zodagonlar tomonidan uyushtirilgan fitna natijasida Kova taxtdan ag‘darildi. Uni bir qal’aga qamab qo‘yishdi. Ammo u eftalitlar tomoniga qochib ketishga erishdi. Kova eftalitlar podshosi yordamida Eronga keladi va 499 yilda yana taxtga o‘tiradi. 529 yilda u mazdakiylarga qarshi hujumni boshladi. Mazdak va uning safdoshlari vaxshiylarcha qatag‘onga uchradi.
Umuman olganda mazdakiylar harakati natijasida podsho hokimiyati ancha mustahkamlandi. Ammo Eron iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha zaiflashdi. Ana shu vaziyatdan foydalangan Kovaning o‘g‘li Xosrav I Anushirvon 531 yilda o‘zini shoh deb e’lon qildi. U mazdakiylar yo‘lboshchilarini Ktesifonga aldab chaqirdi va ularni barchasini qatl qildirdi. Shundan so‘ng mazdakiylarni ommaviy ravishda qamash, o‘ldirish va taqib qilish avj oldi.
Xosrav I mazdakiylar harakati vaqtida qatag‘onga uchragan va qatl qilingan kishilarga tegishli bo‘lgan yerlarni o‘ziga sodiq bo‘lgan kishilarga, harbiy qo‘mondonlarga taqsimlab berdi. Shu yo‘l bilan u o‘z mavqeini mustaxkamlashga erishdi.
Xosrav I Anushirvon o‘z hukumronligi davrida (531 – 579) mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklardan olib chiqish maqsadida qator islohotlarni amalga oshirdi.
Avvalo soliq tizimini takomillashtirish, davlat hazinasiga yerdan tushadigan soliqlarni ko‘paytirish maqsadida yer islohoti o‘tkazildi. Bunga ko‘ra mamlakatdagi ekin ekishga yaroqli bo‘lgan barcha yerlarning aniq ro‘yxati tuzildi. Ilgari yer solig‘i – xiroj yerning hosildorligi, sug‘orish sharoitlari, shaharlarga uzoq yaqinligini hisobga olgan holda hosilning 10/1 qismidan tortib to 3/1 qismigacha natura shaklida olinar edi. Endi bo‘lsa yer solig‘i yerdan olinadigan hosilning yuqori yoki past bo‘lishidan qat’iy nazar pul shaklida olinadigan bo‘ldi. Yer solig‘ining qat’iy qiymati joriy qilindi. Masalan: 1 jarib (2500 kv.m) arpa yoki bug‘doy ekilgan yerdan yiliga 1 dirxam; bir jarib uzumzordan – 8 dirxam; 1 jarib bedazordan – 7 dirxam; har bir 6 tup zaytun daraxtidan va 6 tup xurmo daraxtidan – 1 dirxam soliq olinadigan bo‘ldi. Erondagi barcha soliq to‘laydigan tabaqalarning erkaklaridan (20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan) mulkiy, moddiy ahvoliga qarab 4,6,8 yoki 12 dirxamdan jon solig‘i olingan.
Xosrav I mamlakatda harbiy, ma’muriy islohotlar ham o‘tkazdi. Harbiy islohotga ko‘ra, armiyaning boshqaruv ishlari shohning qo‘lida edi. Harbiy qo‘shin butunlay shohga bo‘ysunadigan bo‘ldi. Qo‘shinga ko‘plab dehqonlar jalb qilinadigan bo‘ldi. Harbiy islohot mamlakatda doimiy armiya tuzishga qaratilgan edi. Doimiy armiya yaxshi qurollangan otliq va piyoda askarlardan iborat edi. Xosrav I davrida ko‘chmaganlardan doimiy harbiy qismlar tashkil qilindi. Kavkazda va sharqiy chegaralarda harbiy lagerlar barpo qilindi.
Qo‘shin to‘rtta – Shimol, G‘arb, Sharq, va Janubdagi viloyat (kust) qo‘mondonlariga bo‘ysunadigan bo‘ldi. Endi ular shohdan so‘ng ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinda turadigan bo‘ldi.
Kustlar marzpanlar (chegara rayonlar)ga va ostonlarga bo‘lingan. Ostonlar o‘z navbatida tosujaylarga bo‘lingan, ular kust hokimlariga, kust xokimlari esa bevosita shahanshohga bo‘ysungan. Kust hokimlari – amirlari shahanshohga ishonchli kishilardan tayinlangan.
Shahanshohning markaziy hokimiyatni mustaxkamlashga qaratilgan siyosati natijasida dabirlar – amaldorlarning roli kuchaydi.
Xosrav I ning amalga oshirgan islohotlari natijasida Sosoniylar davlati ancha mustahkamlandi. Eron VI asrda iqtisodiy jihatdan ancha rivojlandi. Eng avvalo sug‘orish inshootlari, dehqonchilik taraqqiy qildi. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra qishloq xo‘jalik o‘simliklarining ko‘p turlari Eronga tarqalgan edi. Hindistondan sholi, shakar qamish, ziravor o‘simlilari, O‘rta Osiyodan ipak qurtlari keltirildi. Ipakchilik ayniqsa Eronning Marv havzasida, Gorganda rivojlandi. Mesopotamiya, Xuziston, Ktesifon va boshqa hududlar Eronning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan viloyatlari hisoblanar edi. Ray, Istaxr, Shopur, Nishopur, Marv va boshqa shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlariga aylandi.
Eronda ayniqsa to‘qimachilik – gilam to‘qish, ipak, yunglardan matolar ishlab chiqarish rivojlanadi. Shuningdek, qurol aslaxalar ishlab chiqarish, metal, bronza va kumushdan buyumlar yasash ham keng rivojlandi. Eron hududlari orqali o‘tgan savdo yo‘llari O‘rtaer dengizining Sharqiy portlarini O‘rta Osiyo, Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi asosiy tranzit yo‘liga aylandi. Xitoydan ipak xom ashyolar va ipak matolar, Hindistondan dorivorlar, fil suyagi, qimmatbaho toshlar, Misrdan matolar, Suriyadan qimmatbaho buyumlar olib kelish ancha rivojlandi.
Fors ko‘rfazi portlari orqali Eron shaharlari Janubiy Arabiston, Yaman, Efiopiya, Hindiston, Seylon va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini keng yo‘lga qo‘ydi.
Ayni vaqtda Erondan Osiyo va Afrika davlatlariga ipak va turli matolar, gilamlar, zargarlik, metal buyumlari, yung, g‘alla, zaytun yog‘lari, shakar, xurmo, quruq mevalar eksport qilinar edi.
Xosrav I ayrim hollarda qattiq qo‘llik siyosatini olib bordi. U Eronning savdo yo‘llari ustidan o‘z hukumronligini o‘rnatish hamda O‘rtaer dengizi va Qora dengizga chiqish maqsadida Suriyaga bostirib kirdi. 540 yilda Antioxiyani qo‘lga kiritdi va shaharga o‘t qo‘yib yubordi. Aholisini esa asirlikka oldi.
Xosrav I Anushirvonning hukumronligi davrida mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy, savdo-sotiq soxasidagi islohotlar Eronning Markaziy Osiyo, Xitoy, Afrika mamlakatlari, Yaman, Arabiton, Hindiston va Vizantiya bilan nafaqat savdo-sotiq, balki madaniy aloqalarini ham rivojlantirdi. Tashqi savdo aloqalari Eronning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Ammo bu iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, siljishlar mamlakatda boshlangan feodallarning separat (mustaqillikka intilish) harakatining oldini olishga imkon bermasdi.
Xosrav I hukumronligi davrida Eron ikki yo‘nalishda tashqi siyosat olib bordi, ya’ni, bir tomondan boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq, madaniy aloqalarni rivojlantirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, ayrim davlatlar bilan urush harakatlarini olib bordi. Eron-Vizantiya urushi 30 yil davom etdi. Xosrav I Suriya va G‘arbiy Gruziyani bosib olishga harakat qildi, ammo bu yerlarni bosib ololmadi. 561 yilda Vizantiya bilan Eron o‘rtasida yarashish sulhi imzolandi. Xosrav I Anushirvon 563 -567 yillarda Sharqda Eftalitlarga qarshi urush olib bordi va Eftalitlarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Sosoniylarning eng yirik muvafaqqiyatlaridan biri – bu 570 yilda Yamanni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. Bu yerda forslar efiopiyaliklarni quvib chiqarishdi. Efiopiya Vizantiyaning ittifoqchisi edi, shuning uchun 572 yilda Eron bilan Vizantiya imperiyasi o‘rtasida yana urush boshlandi. Xosrav I dan so‘ng 591 yilda Vizantiya bilan Eron o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Bu sulh Eron foydasiga emasdi. Bu shartnomaga ko‘ra Kavkaz ortining Eronga qarashli qismlari Vizantiyaga berildi.
VII asrda Eron bilan Vizantiya o‘rtasida yana yangi urush boshlandi va bu urush harakatlari 25 yil davom etdi. Urush har ikki tomonga deyarli natija bermadi. Ammo urush tufayli Eron ham, Vizantiya ham kuchsizlanib qoldi. Ayni vaqtda Sosoniylar davlatida ichki qarama – qarshiliklar, ziddiyatlar va feodallarning o‘zaro kurashlari, kohinlar va harbiy boshliqlarning hokimiyat uchun kurashi avj oldi. Bundan norozi bo‘lgan xalq norozilik qo‘zg‘olonlari ko‘tardi. Jumladan, VI asrning 50-yillarida Xuzistonda shahar aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. VI asrning 80-yillari oxirida fors zodagonlari Baxrom Chobin boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarib, qo‘zg‘olonchilar qo‘shini Sosoniylar poytaxti Ktesifonni egallab olishdi. Shahanshoh Xosrav II Vizantiya imperatoridan yordam olib, bu qo‘zg‘olonni bostirishga va hokimiyatni qaytarib olishga erishdi. Yordam evaziga esa Eron o‘zining g‘arbiy hududlarining bir qismini Vizantiyaga berishga majbur bo‘ldi.
Eronni Sharq va G‘arbda olib borgan harbiy siyosati, mamlakatdagi keskinlashib ketgan ichki ziddiyatlar, xalq qo‘zg‘olonlari, bularning hammasi Sosoniylar davlatini kuchsizlanishiga olib keldi. Bundan foydalangan arablar VII asrning 30-yillarida boshlagan harbiy yurishlari vaqtida Eron armiyasini Kadisiya yaqinida mag‘lubiyatga uchratdilar va ko‘p vaqt o‘tmay arablar Eronni bosib oldi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling