3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi


Turk Saljuqlarning Kichik Osiyoni bosib olishi. Saljuqiylar saltanatining tashkil topishi


Download 122 Kb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi122 Kb.
#1070137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)

Turk Saljuqlarning Kichik Osiyoni bosib olishi. Saljuqiylar saltanatining tashkil topishi. Turkiya davlati XI asrning 70-yillarida G‘arbiy Arman Tog‘ligi va Kichik Osiyo hududlarida paydo bo‘ldi. Bu davlatga saljuqiylar – ko‘chmanchi o‘g‘uz (turkman) qabilalari asos solgan edilar, bu davlat Saljuqiylar sulolasidan bo‘lgan qabila boshlig‘i nomiga qo‘yilgan, keyinchalik boshqa turkman qabilalari ularga birlashgan.
Dastlab, saljuqiylar Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Buxoro va Samarqand o‘rtasida yashaganlar va asosan, ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. X asrning oxirlarida saljuqlar islom dinini qabul qiladilar va bu voqea ularning tarixida katta rol o‘ynaydi.
XI asrdan Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o‘g‘uz qabilalarining Old Osiyoga islom bayrog‘i ostida istilochilik yurishlarini boshlaydilar.
Ko‘chmanchi saljuqiylar 1040 yilda Eronga bostirib kiradilar va 1055 yilda uni ishg‘ol etadilar. Keyinchalik Iroq, Suriya, Ozarbayjon va Armanistonning bir qismini bosib oladilar, natijada ulkan Saljuqiylar davlati paydo bo‘lib, uning chegaralari Kichik Osiyo chegaralarigacha borib yetdi. Ularning maqsadi Kichik Osiyoni ham bosib olish edi. Bu davrda Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasining asosiy qismi bo‘lib, imperiya chegaralari g‘arbda Dunay daryosi qirg‘oqlaridan sharqda Frot daryosi qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan edi. Vizantiya rivojlangan feodal davlat edi, biroq ichki qarama-qarshiliklar va o‘zaro urushlar bu davlatni ichidan yemirilishiga va zaiflashishiga olib kelgan edi.
Saljuqlar Kichik Osiyoga birinchi bosqinchilik hujumlarini XI asrning o‘rtalarida boshlagan edilar, lekin bu hujumlar dastlab, talonchilik xarakteriga ega bo‘lib, har safar ular orqaga chekinardilar. Shu asrning 60-yillaridan boshlab, saljuqiylar Kichik Osiyoni asta-sekinlik bilan bosib ola boshladilar.
1071 yilda saljuqiylar bilan vizantiyaliklar o‘rtasida katta jang bo‘ldi. Vizantiya imperatori saljuqiylarga qarshi Van ko‘li oldidagi Mansikert (Manizgirt) qal’asi yonida frank, arman, rus, alan, pecheneglardan iborat yollanma qo‘shini bilan jangga kirdi. Bu jangda saljuqiylar sulton Alp Arslon boshchiligida Vizantiya qo‘shinlarini tor-mor qildilar. Imperator Roman Diogen jangda halok bo‘ladi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko‘rsata olmaganidan ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oladilar. O‘n yildan so‘ng saljuqiylar Nikeyani (Iznik)ni egalladilar va bu shaharni o‘zlarining poytaxtlari deb e’lon qildilar. 1085 yilda turklar Izmirni qo‘lga kiritdilar. Shunday qilib, Kichik Osiyoda Saljuqiylar davlati paydo bo‘ldi. Movarounnahrda saljuqlar saltanati “Buyuk saljuqiylar" davlatining bir qismi bo‘lib hisoblanardi.
Kichik Osiyoning G‘arbiy chegeralarigacha kelib qolgan saljuqiylar Vizantiyaning poytaxti – Konstantinopolga hujum qila boshladilar. Biroq Rim papasi va yirik Yevropa feodallari 1096-1204 yillarda uyushtirgan Salib yurishlari saljuqiylar harakatini to‘xtatgan edi. Salb yurishlar natijasida yevropaliklar Yaqin Sharq hududlarini qo‘lga kiritdilar. Shu bilan birga janubi-sharqiy Yevropani saljuqiylar bosqinidan saqlab qoldilar va yuz yilcha saljuqiy turklar Kichik Osiyoning ichkarisiga kira olmadilar. Saljuqlar o‘z davlatlarining poytaxti bo‘lmish Nikeyani qo‘ldan chiqardilar va 1116- yildagina Konyo shahrini o‘zlarining yangi poytaxtlariga aylantiradilar va XIV asrgacha Saljuqiylar saltanati Koniy saltanati (Ikoniyskiy) degan nom bilan ataladi.
1067 yilda Kichik Osiyoning shimoli-sharqida ikkinchi turk davlati Donishmandiylar sulolasi boshchiligidagi paydo bo‘ladi. Ularning poytaxti Sivas shahri hisoblanardi. XII asrning 70-yillarigacha bu ikkala turk davlatlari orasida uzoq vaqt davomida urushlar olib boriladi, natijada saljuqiylar g‘alaba qiladilar va 1180 yilda Donishmandiylar davlati yo‘q bo‘ladi.
XII asrning 70-yillaridan saljuqiylar Vizantiyaning g‘arbiga bostirib kirib, imperiya yerlarini egallashni davom ettiradilar. Shu vaqtda asta-sekin turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi, yangi etnos - turk xalqining shakllanishiga asos bo‘ladi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling