3-mavzu. O'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja


  XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi


Download 161.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi161.78 Kb.
#1818367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MAVZU. ORTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY (3)

3.2. 
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi 
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropa feodalizmi tugallangan yetuk shakllarga ega bo'ldi. Bu 
davrda feodal tarqoqlik o'z o'rnini markazlashgan feodal davlatlarga bo'shatib berdi. Ulardan eng 
yiriklari Fransiya va Angliya edi. Feodal hukmronlikning marka- zlashuvi feodal ishlab chiqarish 
usullarining mustahkamlashuviga olib kelmay iloji yo'q edi. XI-XV asrlarda bu yerda feodal tuzum 
keng qamrovli ahamiyat kasb etib, xo'jalik hayotida hal qiluvchi rol o'ynay boshladi. 
Krepostnoylashgan sen'orlar o'zlarining barshchina tizimi bilan chuqur inqirozga uchray 
boshladi. Feodal tuzumning natural xo'jaligi o'zining ahamiyatini tobora yo'qota bordi, jamiyat 
bor- gan sari qarama - qarshi fikrni bildira boshladi. Dominant xo'jalik ishlab chiqargan 
mahsulotlar xalq ehtiyojlarini va shu bilan bir-
3
Senziva (fr. la censive; cens, chinsh) - Fransiyada o'rta asrlarda dvoryan bo'lmagan aholi qatlamining, dehqonlarning meros asosida yerga egalik 
qilish shakli. 
4
История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: 
Ю
Н
И
ТИ-ДА
Н
А,
2007.-
С.140. 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
ga feodallarning ham ehtiyojlarini qondira olmay qoldi. Fransuz dvoryanlari va 
dehqonlariga nisbatan sifatli va har xil turdagi ish qurollari va iste'mol mollari kerak bo'la boshladi. 
Shahar va qish- loqlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tobora kuchayishi pul hajmini ko'paytirish 
zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga obyektiv ehtiyoj vujudga keldi. 
Mahsulot shaklidagi renta ishlab chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish madaniyatini talab 
etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni barshchinadan mahsulot 
shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul rentasiga o'tkazdilar. Natijada dehqon xo'jaligi feodal 
rentasini ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va kumushlarning 
shu'lasidan mast bo'lib qoldilar. Pul shaklidagi obrok o'lchab bo'lmas darajada katta ediki, feodallar 
o'zlarining barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar. 
Feodallar talablarining tobora ko'payishidan ko'pgina dehqon xo'jaliklari g'azablanardi. 
Feodallarning surunkali ravishda urush- lar natijasida dehqonlarning ahvolini tobora og'irlashar, 
hosilning kamayishi, ocharchilik va epidemiyalar natajasida tabaqalararo urushlar kuchayib 
borardi. 
Ingliz feodal qirolligi IX asrda vujudga keldi. Lekin feodal mu- nosabatlar Angliyada sekin 
rivojlanardi. Feodal xo'jalik 1066 yilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib 
olingandan keyin to'la-to'kis rivojlanib bo'ldi. Yerlarning kelgindi normand va fransuz feodallari 
tomonidan birdaniga musodara qilinishi yirik yer egalarning paydo bo'lishi va dehqonlarning 
qaramlashuvi sur'atlarini tezlashtirib yubordi. 
XI asrning oxirida yerlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida shu narsa ayon bo'ldiki, o'sha 
davrga kelib Angliya xo'jaligining asosiy qismini qaram dehqonlar mehnatiga asoslangan manor 
qo'rg'onlari tashkil etardi. XII-XIII asrlarga kelib manor tizimi mamlakatning 80% ini tashkil 
etardi. Manorlarga qaram dehqonlar xizmat qilardi. Asta-sekin manor tizimi 2 asosiy guruhga 
ajraldi: 
• 
villanlar qishloq xo'jaligining 30 akrgacha yeri bo'lgan va o'z ish quroli hamda 
xo'kiziga ega bo'lgan dehqonlar sinfi 
• 
kotgerlar kichkina yeriga ega bo'lgan yoki umuman yeri bo'lmagan dehqonlar. 
Kotgerlar barshchinada ishlab, xo'jayinning xo'kizi va mehnat qurollarini ishlatishgan. 
Manorial xo'jalik tizimi natural shaklda 42


3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI
45
edi, manorlar o'rtasidagi savdo munosabatlari sekin rivojlanardi, o'sha davrdagi boshqa 
Yevropa mamlakatlari manorlariga nisbatan agrotexnik darajada zaif edilar. 
Lekin shuni aytib o'tish kerakki XII-XIII asrlarda Angliyada feodallardan ozod 
hisoblangan dehqonlar mavjud edi. Ular fri- golderlar deb atalgan. Ammo ular juda kam sonli 
edilar va ularning roli ijtimoiy hayotda unchalik muhim o'rin tutmasdi. XIV-XV acrlarda 
Angliyada Fransiyadagi kabi feodal munosabatlarning ancha ko'zga tashlanuvchan darajada 
keskin o'zgarishi yuz berdi. 
Bunda mamlakat ichki bozorining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Junga bo'lgan 
talabning tobora osha borishi natijasida Angliyada qo'ychilikning rivojlanishi kuchaya bordi. Bu 
xol feodal qo'rg'onlarida ham, dehqon xo'jaliklarida ham kuzatildi. Jun ma- tolar ishlab chiqarish 
markazlariga aylanib borayotgan flandr shaharlarning junga talabi ayniqsa katta edi. Bu "ishlab 
berishn- ing kommutatsiyasi"ga, ya'ni o'zgarishiga olib keldi. Villanlar ko- pigollderlarga
5
aylanishdi va ba'zi bir, asosan og'ir va qaramlik ko'rinishlaridan qutulishdi. 
Endi ular ishlab berish o'rniga to'lov, jun holida yoki pul bilan to'laydigan bo'lishdi. 
Kopigolder o'sha joydagi cherkovda saqla- nadigan hujjatning nusxasi bilan: yerga egalik 
qiladigan dehqon degani edi. XV asrda Angliya qishloqlarida kopigolderlar asosiy shaxslar bo'lib 
qoldi. Tobora oshayotgan to'lov majburiyatlari, feodal zodagonlar qo'lida qurol bo'lib qolayotgan 
va yakka xo- kimlilikka asoslangan davlatning og'ir soliqlari, qo'shni Fransiyadagi kabi, sinfiy 
kurashning kuchayib ketishiga olib keldi. 
1381 yili Angliyada Uot Tayler boshchiligida dehqonlarning katta qo'zg'oloni alanga oldi. 
Qo'zg'olonchilar jiddiy muvaffaqi- yatlarga erishdilar, xatto poytaxt Londonni ham egallashga mu- 
vaffaq bo'lishdi. By ko'zg'olon bostirilgan bo'lishiga qaramay, muhim ijtimoiy-iqtisodiy 
natijalarga ega bo'ldi. 
XV 
asr davomida Angliyaning deyarli barcha dehqonlari shaxsan ozod bo'ldilar qishloq 
xo'jaligi esa asosan tovar xo'jaligi shaklini oldi. Angliyaning ko'pchilik dvoryanlari yollanma meh- 
natga asoslangan xo'jalik yurita boshladilar. Yangi burjuazlashgan dvoryanlar tabaqasi paydo 
bo'ldi. Bu Angliya qishloq xo'jaligida yangi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari 
tug'ilayotganini bildirar edi.
O'rta asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarning rivojlanishi Angliya va 
Fransiyadagiga nisbatan sekinroq amalga oshdi. Buning asosiy sababi Germaniyada ancha vaqt 
davomida siyosiy tarqoqlik hukm surgani va markazlashgan yagona feodal davlat- ning yo'qligi 
edi. Shunga qaramay XII asr boshida nemis qish- loqlari asosan feodal qishloqlarga aylandi. 
Qishloq aholisining asosini qaram dehqonlar tashkil qildi. Cherkov va monastir ye- rlarida fogtlar 
deb atalmish neofeodalarga bo'ysunadigan "fogt odamlari" yashaganlar. 
Nemis feodalizmi tarixida Germaniya feodallarining Elba dary- osi sharqida joylashgan 
G'arbiy slavyanlar yerlariga qilgan bosq- inchilik harakatlari muhim o'rin tutadi. By harakatlar 
zamirida yan- gi yerlar va qaram dehqonlarni qo'lga kiritish yotar, tub slavyan aholisi doimiy 
ravishda, rahmsizlarcha qirib tashlanardi. Bosib olingan yerlarda bir necha feodal ritsarlik 
knyazliklari tuzildi. Nemis ritsarlari butun Boltiq bo'yi yerlarini bosib olishga erishdilar. 
Germaniyada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning ahvoli tax- minan Fransiya va 
Angliyadagidek edi. O'zlashtirilgan yerlar may- doni sezilarli darajada kengaydi, texnik ekinlar 
ekila boshlandi, donli ekinlar, poliz va bog'larga qarash yaxshilandi, chorvachilikn- ing rivojlanishi 
ancha yuqori darajaga yetdi. 
XIII asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi agrar munosabat- larda, Angliya va 
Fransiyadagidan ko'ra kamroq seziladigan darajada bo'lsa ham, to'ntarish boshlandi. 
Shahar va qishloq orasida tovar munosabatlarining kuchayishi ta'sirida Germaniyaning bir 
qator rayonlarida ishlab berish tizimi va shaxsiy qaramlikning bir qator elementlari yo'q qilindi, 
feodal qaramlikning to'lov to'lash shakllariga o'tildi. Sharqiy Germani- yaning nemis feodallari 
tomonidan mustamlakaga aylantirishi natijasida XV asrda keng miqyosda dehqonlarni 
qaramlashtirish amalga oshirildi. Bularning hammasi ezilgan dehqonlarning ke- skin 
noroziliklariga sabab bo'ldi va XVI asrda ularning ommaviy ko'zg'olonlari - "Buyuk dehqonlar 
urush"ni tayyorlab berdi. 
5
Kopigollder - dehqonlarni dvoryanlarga tobelik shaklidan biri 


3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI
46

Download 161.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling