3-mavzu. O'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja
G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar
Download 161.78 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. ORTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY (3)
G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar
shundan dalolat beradiki: jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchilar bo'lgan hunarmand va dehqonlarn- ing mayda xo'jaliklari XVI asrda o'z imkoniyatlarini tugatib bitirdi va endilikda mustaqil rivojlanishga qodir bo'lmay qoldi. Mayda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy ahvoli o'zgara bordi, chunki u endi mehnat qurollarini olish uchun tobora ko'proq mablag' sarflashi kerak bo'la boshladi. Bu pirovard natijada hunarmandning savdogar yoki boshqa kap- ital egasiga iqtisodiy qaram bo'lib qolishini yengillashtirdi, mayda ishlab chiqarishning yemirilishiga va kapitalga bo'ysunishiga olib keldi va nihoyat, mayda sanoatni unumliroq kapitalistik ishlab chiqarish shakllariga o'z joyini bo'shatib berishga majbur qildi. Tog'-kon sanoati, metallurgiya va metallga ishlov berish so- halarida mayda sanoatning "qobiliyatsizligi" yanada yaqqol namoyon bo'ldiki, hunarmand o'z mablag'lariga shaxta, domna o'choqlari, temirga ishlov berish uchun og'ir to'qmoqlar sotib ola olmas va bularni faqat o'z kuchi bilan ishlata olmas edi. Bu sohalarda alohida hunarmandlarning mayda sanoati yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan surib tashlanishi aniq edi. Mayda ishlab chiqaruvchilarni mahsulot yoki sudxo'rlar kap- italiga asta-sekin bo'ysundirish yo'li bilan kapitalistik sanoatni tashkil etish amalga osha bordi. Bunday bo'ysundirish darajasi va aniq shakllari turlicha edi. Avvaliga hunarmand, o'z xo'jaligiga shaxsiy egaligini saqla- gan holda, savdogardan xom- ashyo sotib olar yoki xom-ashyoni qarzga olar edi. Amalda mayda ishlab chiqaruvchi bora-bora savdogarga qaram bo'lib borar, undan xom- ashyo olib, avvaldan belgilab qo'yilgan narxda mahsulot tayyorlab berishga majbur edi. Hunarmandning savdogarga yoki sudxo'rga bo'ysunish va qaramlik shaklining ay- nan shu ko'rinishi XVI asrda G'arbiy Yevropada keng tarqalgan edi. Hunarmand savdogardan vaqtincha foydalanish uchun meh- nat qurolini olib turishga yoki uni sotib olish uchun pul qarz ol- ishga majbur bo'lar edi. Bunday holda mayda ishlab chiqaruvchi maosh olib ishlovchi yollanma ishchiga deyarli to'liq aylanib qo- lar edi. Shunday qilib, asta-sekin bevosita ishlab chiqaruvchi o'z xo'jaligi va ishlab chiqarish vositalariga egalik huquqidan mah- rum bo'lgan ishlab chiqarishning mini shakli paydo bo'ldi. Sanoat ishlab chiqarishishning bunday shakli kapitalistik uy sanoati deb nom oldi, Demak, mayda ishlab chiqarish xususiyatini saqlab qol- gan kapitalistik ishlab chiqarishning eng quyi shakli uyda ishlash yoki tarqoq manufaktura edi. Kapitalistik ishlab chiqarishning bunday shakli XVI asrda juda keng tarqaldi, ayniqsa, sex cheklashlari yo'q bo'lgan qishloqlarda tarmoq yoydi. Iqtisodiy hayotning yangi sharoitlarida qishloq hu- narmandlari mustaqil ishlab chiqaruvchi bo'lish imkoniyatiga ega emas va bir yo'la savdogarga ishlab boshlar edilar, ya'ni amalda yollanma ishchilar bo'lib qolgan edi. Natijada qishloqda mayda, lekin mohiyati jihatidan kapitalistik bo'lgan, jun va zig'irdan ga- zlama to'qish, ko'pgina metall buyumlar va boshqalarni ishlab chiqarish bo'yicha rayonlar paydo bo'ldi. Tarqoq manufakturada ishchilar bir-biridan makon jihatidan ajralgan bo'lishiga qaramay, mehnat taqsimoti bilan bog'langan edilar; birovlari xom-ashyodan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarsa, boshqalari uni tayyor mahsulot darajasiga yetkazardi- lar. Mahsulot ishlab chiqarishning ayrim bosqichlari ustaxonalar- da amalga oshirilar edi, bu yerda yollanma ishchilar bir binoning ichida tadbirkorning rahbarligi ostida ishlar edilar. Odatda bunday ustaxonalarda mahsulot tayyorlashning ko'proq jarayonlari, masalan soat yig'ish ishlari va hokazolar bajarilar edi. Bunday manufakturalar aralash manufakturalar deb atalar edi. Eng rivojlangan manufaktura, odatda sobiq sex ustalari tomonidan tashkil etilgan, markazlashgan manufaktura edi. Unda mehnat taqsimoti qo'llanilar, ayrim ishchilar u yoki bu jarayon- larni bajarishga ixtisoslashgan bo'lib, bu ish unumdorligini ancha oshirar edi. Barcha ishchilar bitta binoda tadbirkor yoki ustalar nazorati ostida ishlar edilar. 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI Kapitalizm rivojlanishining birinchi davrida - XVI asrdan XVIII asrning so'ngi uchdan birigacha - G'arbiy Yevropada manufaktura kapitalistik ishlab chiqarishning asosiy shakli edi. Ishchilarni bir binoga birlashtirish ular orasida mehnatni mukammal taqsim- lash, texnologiyani, ish qurollari va asboblarini takomillashtirish imkonini berdi hamda sanoat to'ntarishi davrida mashinalashgan texnologiyalarga o'tishga zamin tayyorladi. Sanoatning alohida sohalarida kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va shakli turlicha edi. Ishlab chiqarish vositalari sezilarli qimmatlashgan va murakkablashgan sohalarda kapitalizm ayniqsa jadal rivojlandi. Bunday sohalar qatoriga tog'-kon sanoa- ti, metallga ishlov berish, ayniqsa qurol ishlab chiqarish, kemaso- zlik, qog'oz ishlab chiqarish, porox, ipak tolalari ishlab chiqarish, bosma ishlari va boshqalar kiradi. Bu sohalarda kapitalistik tashkilotlarning hajmi unchalik katta bo'lmagan, faqatgina ayrim artilleriya va boshqa turdagi qurol- larni ishlab chiqarish manufakturalarida bir necha yuz kishidan iborat ishchilar ishlagan. Hunarmandchilik texnika saqlanib qolgan sohalarda kapitalizm juda sekin rivojlanardi. Bu ishlab chiqarish sohalariga G'arbiy Yevropa mamlakatlarida to'qimachilik va teri mahsulotlaridan kiyim tikish kabilar kirardi. Qishloq xo'jaligida sanoat sohasiga nisbatan kapitalizm ancha- gina sekin ildiz otardi. Bunga asosiy sabab qishloq xo'jaligida tex- nikaning sust rivojlanishi, yerga feodal mulkchiligining mavjudligi, dehqonlarning shaxsiy erkinligi yo'qligi va feodal munosabatlari G'arbiy Yevropa mamlakatlarida saqlanib qolganligi bo'ldi. Qishloq xo'jaligida kapitalizmning paydo bo'lishini dehqonlarning qayta tabaqalanishi, zodagonlarning paydo bo'lishi, yetishtirilgan mahsulot bozorlarga chiqarilishi hamda past sifatli qaram dehqonlar mehnatini yollanma ishchilar mehnatiga al- mashtirilishi jarayonlarida kuzatish mumkin. G'arbiy Yevropadagi bunday o'zgarishlar qishloq xo'jaligida kapitalizmning keng rivojl- anishiga olib kelmadi, faqatgina Angliyada kapitalizatsiya jarayoni juda keng miqyosda rivojlandi va natijada agrar sektorda katta o'zgarishlarga olib keldi. Umuman olganda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi bir xilda kechmasdi, lekin bu hududda kapitalizm qay- sidir ma'noda faol rivojlanardi. Bu holatga, har bir mamlakatda mavjud aniq sabablarga bog'liq edi. Bunga misol qilib, XIV-XV as- rlada Italiyada kapitalizmning ilk kurtaklari paydo bo'lib, XVI asrda inqirozga uchraganini ko'rsatishimiz mumkin. XVI asrga kelib, Germaniya va Ispaniya davlatlari iqtisodiy rivojlanishda orqada qola boshladi va Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari intensiv ravishda iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlanadi hamda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shiladi. Lekin shuni aytib o'tish kerakki, XVI asrda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizmning rivojlanishi kapitalizmdan oldingi xo'jalik tizimining butunlay yo'q bo'lib ketishidan dalolat ber- masdi. Kapitalistik ishlab chiqarish faqatgina feodalizm unsurlari muhitida shakllanayotgan uklad edi, xolos. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida kapitalistik munosa- batlar rivojlanishi sur'atlari tezlashdi. Download 161.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling