3-mavzu. O'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja
Jahon bozorining vujudga kelishi
Download 161.78 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. ORTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY (3)
3.7.
Jahon bozorining vujudga kelishi Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning keyingi iqtisodiy rivojlanishiga juda kuchli inqilobiy ta'sir ko'rsatdi. "Amerikan- ing kashf qilinishi va Afrikani aylanib o'tadigan dengiz yo'lining ochilishi o'sayotgan burjuaziya uchun yangi faoliyat maydonlarini yaratib berdi. Sharqiy Hindiston va Xitoy bozorlari, Amerikaning mustamlakalashtirilishi, mustamlakalar bilan ayirboshlash, ayir- boshlash vositalari va umuman tovarlar miqdorining ko'payishi savdo-sotiq, dengizda suzish, va sanoatga shu vaqatgacha misli ko'rilmagan turtki berdi va parchalanayotgan feodal jamiyatda revolyutsion elementlarning tez rivojlanishiga olib keldi". Yangi yerlar kashf etilishi natijasida XVI asr oxiriga kelib yer sharining yevropaliklarga ma'lum bo'lgan hududlari XIV asrga nisbatan 6 marta ko'paydi. Dunyo quruqligining 60 %i o'rganib bo'lindi. Dengizda suzish san'ati dunyoning juda uzoq qismlari va xalqlari orasida barqaror iqtisodiy aloqalarning o'rnatilishiga imkon berdi. Mustamlaka hududlar Yevropa kapitalining chekka xo'jaligi si- fatida ishlatila boshlandi, aslini olganda dunyo savdosiga aylanib qolgan tashqi savdoni kengaytirishning asosi bo'lib xizmat qildi. Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro mehnat taqsimoti, dunyo xo'jaligi va bozorining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Savdo-sotiq hajmi oshdi, mustamlakalardan keladigan mahsulot- lar hisobiga ularning turlari mislsiz kengaydi. Savdo aylanmasiga avvallari Yevropaga noma'lum bo'lgan yangi tovarlar - tamaki, kakao, kofe va boshqa mahsulotlar kiritildi. Shu vaqtdan boshlab bunday mahsulotlar juda keng tarqalib ketdi. Ziravorlar, guruch, qand iste'moli keskin oshdi. Dunyo bozorining vujudga kelishi xalqaro savdo-sotiqning nafaqat tuzilishi va xususiyatlariga, balki uni amalga oshirish us- ullariga ham radikal o'zgarishlar kiritdi. Yangi bozorlarni egal- lash uchun kurashda bir qator davlatlarda yakkahukmron savdo kompaniyalari tashkil etila boshladi. Ularning dastlabkilari ushbu mamlakat savdogarlarining yer sharining ma'lum hududi bilan savdo-sotig'ini boshqarib turardi xolos. Masalan, Angliyada faqat Afrika kompaniyasi a'zolarigina Af- rikada savdo-sotiq olib bora olar edilar, lekin ularning har biri alohida faoliyat yuritardi. Boshqa davlatlar bilan raqobatbardosh kurash olib borish uchun bu yetarli bo'lmay qoldi va kompaniya ichidagi savdogarlar kapitali sekin-asta birlasha boshladi. Birlash- gan kompaniyalar orasida eng qudratlilari Angliya va Gollandi- yadagi Sharqiy Hindiston kompaniyalari bo'lib, ular Hindiston bo- zoriga yakkahukmronlik qila oldilar. XVI asrda tovar birjalari ancha takomillashgan shaklga ega bo'la boshladi. Ularning ahamiyati oshishi tovar miqdorlarining o'sishi natijasida ularni to'liq ko'rib chiqish amalda mumkin bo'lmay qol- ganligi bilan bog'liq edi. Shartnoma tuzishda partiya sifatini an- iqlash uchun tovarning nusxasini ko'rish bilangina cheklanadigan bo'lindi. Buni maxsus ajratilgan joylarda - 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI birjalarda - ishlab chiq- ilgan qoidalarga asosan, tovar va boyliklarni ko'rsatmay, amalga oshirish qulay edi. Shu bilan birga dunyo xo'jalik aloqalarining kengayishi xalqaro qarz berish tizimini rivojlantirdi. Shuning uchun tovar birjalari qatorida fond birjalari ham paydo bo'la boshladi va ularda chet mamlakatlarning veksellari, obli- gatsiyalari, keyinroq esa aksiyalari bilan savdo qilinadigan bo'ldi. Birja savdolari qatorida yarmarka savdolari, shu jumladan chay- qov xususiyatli yarmarka savdolari ham jonlandi. Dunyo bozorining vujudga kelishi asosiy savdo yo'llarining O'rta Yer dengizi basseynidan Atlantika okeaniga ko'chib o'tishini bildirar edi. Dunyo savdo aylanmasida yetakchi o'rin Venetsiya va Genuyadan Pireneya yarim oroli portlariga, keyin esa Angliya, Gollandiya, Fransiya portlariga o'tdi. Italiya shaharlari Sharq bilan savdo-sotiqdagi yakkahukmronligini yo'qotgandan so'ng qarz berish ishlariga ixtisoslasha boshladilar. Germaniya shaharlari ham dunyo savdosidan chetda bo'lib qoldilar. Lekin Atlantika okeani qirg'oqlarida joylashgan shaharlar, birinchi navbatda Niderlandiya alohida iqtisodiy ahamiyat kasb eta boshladilar. Lissabon va Sevilyaning ahamiyati mustamlaka tovarlar kiritilishiga asoslangan bo'lsa, Antverpen va Amsterdam dunyo savdosining vositachilik markaziga aylandi va bu yerlar- dan butun Yevropaga tovarlar tarqatiladigan bo'ldi. Niderlandiya shaharlari birjalariga barcha Yevropa davlatlarining savdogarlari yig'iladigan bo'ldi. Download 161.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling