3-mavzu. O'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va savdo
Download 161.78 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. ORTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY (3)
3.3.
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va savdo sotiq. Hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralish jarayoni G'arbiy Yevropada feodal shaharlarning paydo bo'lishiga mod- diy asos bo'lib xizmat qildi. O'rta asrlarning boshlarida insonning xo'jalik faoliyati to'laligicha qishloqda jamlangan, hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralmagan edi. To'g'ri, devorlar bilan o'ralgan yirik aholi punktlari mavjud edi, lekin iqtisodiy jihatdan ular qishloqlardan farq qilmas, faqat ma'muriy va diniy markazlar vazifasini o'tar edilar. Lekin XI asrga kelib, umumiy iqtisodiy yuksalish natijasida, hunarmandchilik va savdo - sotiq markazlari sifatida shaharlar vujudga keldi. Jamoaviy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan Rim davridan saqlanib kelayotgan eski shaharlar jonlandi, yangilari paydo bo'ldi. Markazlashgan shaharlarning iqtisodiy va siyosiy hayoti aynan shaharlarda jamlana boshladi. Shaharlar iqtisodiy va madaniy rivojlanish timsoliga aylandi. XI-XIII asrlarda G'arbiy Yevropa feodallari bir necha bor Sharq yo'nalishida yurishlar amalga oshirdilar. Ko'plab ritsarlar, dehqonlar va shaharliklarni o'z domiga tortgan salb yurishlari, umuman olganda, yevropaliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan bo'lishiga qaramay, Yevropa hayotida iz qoldirmay iloji yo'q edi. Ular sharq davlatlari bilan G'arbiy Yevropa o'rtasida tovar- pul munosabatlar- ining rivojlanishiga, buning natijasi o'laroq Yevropa shaharlarin- ing yanada o'sishiga xizmat qildi. Shaharlar yanada mustahkamlana borib, yomg'irdan keyin paydo bo'lgan qo'ziqorinlardek tez ko'paya boshladilar. Faqat Germaniyaning o'zida XIII-XIV asrlarda 700 dan ortiq shaharlar paydo bo'ldi. G'arbiy Yevropa shaharlarining ichidagi Italiyadagi Venetsiya, Genuya va Florensiya, Germaniyadagi Keln, Gamburg, Lyubek, Augsburg, Regensburg, Fransiyadagi Parij, Angliyadagi London va York kabi yirik savdo-sanoat markazlarini alohida aytib o'tish kerak. Ularning aholisi ko'p emas edi. Germaniyada 10-15 ming ahol- isi bo'lgan shaharlar o'rtacha, 25-35 ming aholisi bo'lganlari yirik, 3 mingdan 5 minggacha aholisi bo'lganlari esa mayda shaharlar hisoblanar edi, o'rta asr shaharlari qulayliklarga ega emas edi. Ko'chalari tor, qing'ir- qiyshiq, qoplamasiz va yoritilmagan edi. Binolar yog'ochdan qurilar, tez-tez yong'in ostida qolar edilar. 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI O'rta asr shaharlari asosan feodallarning yerlarida joylashgan bo'lib, ular esa qaram edilar. Shaharlarda avvaliga erkin hunar- mandlar bilan bir qatorda qaram dehqonlar ham yashashgan. Lekin sekin-asta shaharlar o'z erkinliklari va mustaqilliklari uchun kurasha boshladilar. Feodal shaharlarda xokimiyat boy savdogarlar, sudxo'rlar va uy egalari qo'liga o'ta boshladi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq shahar aholisining asosiy mashg'uloti bo'la boshladi. Shahar hunarmandchiligining eng keng tarqalgan turlari to'qimachilik metallarni eritish va ularga ishlov berish edi. To'qimachilik sohasida movut va dag'al jun matolar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega edi. Feodal G'arbiy Yevropada Flandriya 6 va Florensiya rayonlari jun ishlab chiqarishning asosiy markazlari edi. Sharq davlatlaridan o'zlashtirib olingan shoyi ishlab chiqarish shimoliy italyan shaharlari va Fransiyaning ba'zi sha- harlarida (Lion) rivojlandi. Qurol-yarog' ishlab chiqarish juda tez rivojlana boshladi. Uzluksiz urushlar ko'p miqdorda qurol va yarog'-aslaha talab qilardi. Metallga bo'lgan talab metallurgiyaning tez rivojlanishiga olib keldi. Ochiq o'choqlar o'rnini yopik o'choqlar egallay boshladi. Yopiq o'choqlarda yuqoriroq temperatura rejimlariga erish- ish mumkin bo'lib, natijada qiyin eruvchi temir rudalaridan ham metall olinadigan bo'ldi. XV asrda deyarli barcha G'arbiy Yevropa davlatlarida domna o'choqlari bor edi. Metallga ishlov berishda quymachilik ishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Yevropadagi o'rta asr hunarmandchiligiga xos bo'lgan jihat ishning sexlar ko'rinishida tashkil etilishi bo'lib, bu feodal tu- zumining oqibati edi. U yoki bu shaharning har bir sexi bir kasb yoki mutaxassislik hunarmandlarini birlashtirar, o'z ustavi va say- lanadigan ma'muriyati- oqsoqollariga ega edi. Faqat ustalar o'rta asr sexlarining to'la huquqli a'zolari edi. Hunarmandchilik ustax- onalarida ustalar bilan bir qatorda yordamchi ishchi va shogirdlar ham ishlar edi. Sex hunarmandchiligida hali mehnat taqsimoti yo'q bo'lib, har bir hunarmand o'z mahsulotini boshidan oxirigacha o'zi tayyorlar edi. Raqobatga qarshi turish hamda hunarmandchilik ustaxonalaridagi ishchilar o'rtasida iqtisodiy tenglikni ta'minlash maqsa- dida o'rta asr hunarmandchilik sexlarida shafqatsiz, qattiq regla- mentlash tartibi amalda bo'lgan. Mahsulot hajmi va sifati, bahosi, yordamchi ishchi va shogirdlar soni, jixozlar va xom-ashyo miq- dori, ish kunining davomiyligi bularning hammasi qat'iy belgilab qo'yilgan. Shaharda hech kim, agar u sex a'zosi bo'lmasa, biror bir hunar bilan shug'ullanishga haqqi yo'q edi. Bu tadbirlarning hammasi, shu jumladan sex tashkiloti ham av- val boshda progressiv ahamiyatga ega bo'ldi, chunki hunarmand- larning manfaatlarini himoya qilar edi. Lekin sexlar sekin-asta jamoaviy ishlab chiqarish rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi. Chunki sexlardagi reglamentlash tartibi texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishiga sun'iy to'sqinlik qilar, raqo- batni va hunarmandlarning tashabbusini bo'g'ib turar edi. X- XV asrlarda ishlab chiqarish kuchlari va tovar ishlab chiqarish rivojlanishi bilan birga ichki va tashqi savdo ham kengaya bor- di. Ayniqsa kompaniyadagi yarmarkalar mashhur edi. Uning oltita shahrida navbatma-navbat yarmarkalar tashkil etilar, bu yerga turli davlatlardan savdogarlar oqib kelardi. Savdogarlar va hunar- mandlarni talon-tarojdan va yirik feodallar o'z boshimchaligidan himoya qilish uchun shaharlar maxsus ittifoqlarga birlashganlar. Ulardan eng mashhuri Ganza ittifoqi bo'lib, u butun Shimoliy Yev- ropadan (Novgoroddan) Londongacha - o'z filial va idoralariga ega edi. Turli vaqtlarda Ganzaga 70 dan 100 tagacha 7 , asosan nemis shaharlari birlashgan. Yevropada tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi XI-XV asrlarda, dastlabki banklar va qarz muomalalar- ining paydo bo'lishiga olib keldi. Ba'zi ishbilarmon va savdogarlar bankirlardan, ya'ni sudxo'rlardan pul qarz olib ishlatardilar. Bank-kredit muomalalari va muassasalari eng avvalo Shimoliy Italiya shaharlarida rivojlana boshladilar. "Bank" atamasi italyan- cha "banka" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, sudxo'rning pul ayir- boshlash stolchasini anglatadi. Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklarining vujudga kelishi IX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Karl imperiyasi tarkibidan ajralib chiqqan Italiya bir 6 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С. 100. 46 7 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Ю Н И ТИ-ДА Н А, 2007.- С. 136. 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI nechta alohida, feodal yakka qismlarga bo'linib ketdi. Shimoliy Italiyada bir necha boy shahar- respublika- lar - Venetsiya, Genuya va Florensiya tashkil topdi. Xo'jalik rivojlanishi jihatidan ular Italiyaning boshqa rayonlarini ancha orqada qoldirib ketishdi. Aslida ular sanoat ishlab chiqarishi va savdo- sotiqning dunyo markazlari edilar. ◄ Venetsiya o'sha davr me'yorlari bo'yicha juda katta shahar bo'lib, 200 ming aholisi bor edi. Venetsiya movutlari va shoyi matolari, shisha, qurollar, qahrabodan tayyorlangan buyumlari butun Yevropaga tarqalar, sharq mamlakatlarida katta talabga ega edi. ◄ Genuya Venetsiyaning doimiy raqobatchisi Genuya edi. Ular orasida O'rta Yer dengizi basseynida savdo-sotiq bo'yicha birinchilik uchun to'xtovsiz kurash borardi. Genuyaliklar Qora dengizning shimoliy qirg'oqlarida bir qator faktoriyalar tashkil qildilar. Ulardan eng ahamiyatlilari Kafa va Soldayya edi. XIV asrning ikkinchi yarmida (1380 y.) Venetsiya floti Genuya flotini kuchli mag'lubiyatga uchratdi va shundan keyin O'rta yer dengizi hududida birinchilik uzil-kesil Venetsiya tomoniga o'tdi. ◄ Florensiya Dengizdan ancha uzoqda joylashgan Florensiyada sanoat, ayniqsa movut va shoyi ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bank ishlari ham gullab-yashnadi. Florensiya savdogar- lari va sanoatchilari o'z kapitallarini Rim papasi, qirollar va feodal zodagonlarga qarzga berar edilar. Florensiya boyligining ortishi bilan shahar aholisining mulkiy va ijtimoiy tabaqalanishi kuchaya bordi. Shahar xokimiyati "katta sexlar" deb atalmish korporatsiyalar qo'lida bo'lib, ularga boy savdogarlar, sanoatchilar, bankirlar, vrachlar va yuristlar kirar edi. Qolgan sexlar "kichik sexlar" deb atalardi. XVI asr va XVII asrning so'nggi uchdan biri jahon xo'jaligida feodal munosabatlarning emirilishi va feodal jamiyat asosida kapitalistik ishlab chiqarishning paydo bo'lish davri hisoblanadi. Bu jarayonning boshlanishiga G'arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI asrda yuz bergan moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ishlab chiqarish kuchlarining ahvoli va xususiyatlaridagi o'zgarishlar, ichki va tashqi bozorning kengayishi sabab bo'ldi. XVI asr boshiga kelib sanoat ishlab chiqarishining barcha so- halarida ish qurollari va ishlab chiqarish texnologiyalari ancha takomillashgan edi. Takomillashgan sohalar qazib olish va qayta ishlash sohalari edi. Shaxtalarda o'z davri uchun ancha murakkab qurilmalar paydo bo'ldi. Bunday mexanizmlar chuqurroq shaxta- lar qurish va avvallari yetib bo'lmagan qatlamlardan ruda olish imkoniyatini berdi. Metallurgiya sanoatida kichik o'choqlar o'rniga domna o'choqlar qurildi va cho'yandan temir va po'lat olish usuli topildi. Bu usulning asosiy qirralari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. O'sha davrda eng keng tarqalgan sanoat sohasi hisoblangan to'qimachilik sohasida ham texnika va texnologiyaning rivojlanishi kuzatildi. Movutsozlik texnikasi ancha o'zgardi. Shoyi va pax- tadan ip-gazlama ishlab chiqarish rivoj topdi. Texnika rivojlanishi faqat sanoatda yuz berib qolmadi. Harakat- lanish vositalarida, ayniqsa dengiz transportida katta o'zgarishlar yuz berdi. XVI asrda o'q otar qurollar harbiy sohada haqiqiy inqi- lobga olib keldi. Qishloq xo'jaligida ham sanoatdagiday tez bo'lmasa ham tex- nika va texnologiya yuksalishi kuzatildi: • Botqoqliklarni quritish va o'rmonlarni qo'porib tashlash natijasida haydaladigan yerlar ancha kengaydi. • XVI asrda dehqonchilikning ko'proq takomillashgan tizimlari - ko'p dalalik almashlab ekish va o't o'stirishga o'tish boshlandi. • O'g'itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo'jalik asbob- uskunalari soni ko'paydi. • Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning ko'payishi va ularning sifati oshishiga olib keldi. Sanoat va qishloq xo'jaligining mahsuldorligi oshishi bilan birga: • ichki bozor kengaydi, • tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o'sa boshladi, 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI • savdogar asosiy shaxsga aylana bordi, • pul munosabatlari murakkablashdi, 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI • savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko'rinishlari ildiz ota boshladi, • birja mahsulot va qimmatbaho qog'ozlar ayirboshlash joyi- ga aylandi, • qarz berish va bank ishi rivojlandi. Download 161.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling