3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja


Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit


Download 493.67 Kb.
bet10/12
Sana04.04.2023
Hajmi493.67 Kb.
#1325758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-mavzu Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja

Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so‘zni ishga solgin, (uni) o‘zingga esh et (QB.161).
Ushbu misoldagi va so‘zlari o‘zaro [i] hamda [e] tovushlari bilan farq qiladi. Qadimgi turkiy matnlardagi ayni an’ana arab imlosida ham davom etgan. Arab yozuvli matnlarda [e] tovushi so‘z boshida alif, ba’zan alifu yo, ikki undosh orasida esa fatha, kasra yoki yo vositasida ifoda etilgan (Maҳмудов 1990, 49–51).
Demak, turkiy tillardagi [e] tovushining ildizlari eski bitiglarga bog‘lanadi. Hozirgi o‘zbek tilidagi ochiq, keng [ö] tovushining (adabiy-orfografik ) yuzaga kelish tarixi ham munozarali. Ma’lumki, bu tovush boshqa turkiy tillarda uchramaydi. Shunday ekan, u o‘zbek tilida qanday va qachon paydo bo‘lganligi tilshunoslar o‘rtasida jumboq tug‘dirayotgani tabiiy.
Q.Mahmudovning fikricha, hozirgi o‘zbek tilidagi [ö] fonemasi o‘zlashgan so‘zlardagi cho‘ziq [a:], turkiy tillardagi etimologik til orqa [a] hamda etimologik cho‘ziq [ā] tovushlarining kengayishi natijasida hosil bo‘lgan (Maҳмудов 2004,51). Uning paydo bo‘lgan davri to‘g‘risida shunday fikrni aytish o‘rinli. Eski o‘zbek tilida, xususan, “chig‘atoy tukiysi”da arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda [ā] tovushi amal qilgan. Masalan, vafā, jafā, sadā, sanā. Lekin, sof turkiy so‘zlarga buni tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki u davrda turkiy so‘zlardagi [a] unlisi, hozirdagidek, [ö] ga aylanmagan edi. Sof turkiy so‘zlarni qöra, xön, xöqön, oğlön deb emas, qara, xan, xaqan, oğlan shaklida o‘qiymiz. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlardagi [ā] ni mustaqil fonema emas, balki orqa qator, “qattiq” [a] tovushining varianti ([a~ā]) deb qaragan ma’qul.
O‘zbek tili tarixida yaratilgan yozma manbalar tilini tadqiq qilish, ularni hozirgi yozuvga o‘girish jarayonida ochiq [ö] masalasi yanada jiddiylashadi.
Yozma yodgorliklar, xususan, arab yozuvli manbalarni o‘rgangan mutaxassislar matnlarda so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z orasida kelgan “alif” harfi [ö] tovushini ifoda etgan, deb sanaydilar. Matnlarni hozirgi yozuvga o‘girganda ham ularni harfi bilan emas, <ö> (adabiy-orfografik ) bilan beradilar. Aslida arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvida so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z ichidagi “alif” harflari kengroq vazifani bajargan. Eski matnlarni hozirgi yozuvga ag‘darganda turkiy tillarning tovush xususiyatini, fonologik tabiatini inobatga olgan ma’qul. So‘z boshida “alif madda” bilan yozilgan so‘zlarni al, ač, ačun, asïğ shaklida, so‘z ichida “alif” harfi bilan yozilgan “yo‘g‘on” o‘zak-negizli so‘zlarni barğan, turğan, tapqan, qačqan, “ingichka” negizli so‘zlarni esa bilgän, körgän, ešitkän shakllarida o‘qilsa va yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi.

Download 493.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling