3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar


Download 378.72 Kb.
bet2/16
Sana20.10.2023
Hajmi378.72 Kb.
#1712117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-Mavzu qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so-fayllar.org

Suyuq shakar. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizasiyalash, shakar qoplarini
joylash, terish, tashish, ularni bo‘shatish, filtrlash va boshqa og‘ir mexnatni talab
qiladigan operasiyalarni qisqartirish maqsadida shakar ishlab chiqarish korxonalarida
oliy, I va II kategoriyali suyuq shakar ishlab chiqariladi. Ularni olish uchun shakar
xom ashyo sifatida qo‘llani-ladi. Suyuq shakar temir yo‘l sisternalarida tashiladi.
Oliy kategoriyali suyuq shakar qandolat va farmasevtika sanoatlarida
qo‘llaniladi. I kategoriyali suyuq shakar novvoylikda, qandolat, konserva va
sanoatning boshqa tarmoqlarida, II kategoriyalisi esa qand-rafinal ishlab
chiqariladigan korxonalarda qayta ishlanadi.
Oliy va I kategoriyali suyuq shakar rafinad ishlab chiqarish korxonalarida, II
kategoriyalisi esa -lavlagidan shakar oluvchi korxonalarda tayyorlanadi.
Oliy va I kategoriyali suyuq shakar tiniq, och-sariq rangli, shirin ta’mli va hidsiz
bo‘lishi kerak. Suyuq shakarda quruq moddalar miqdori 64 % dan kam bo‘lmasligi
kerak. Suyuq shakarning quruq moddalarida saxaroza miqdori 99,8 % dan (oliy
kategoriyali uchun) va 99,55 % dan (birinchi kategoriyali uchun) kam bo‘lmasligi
kerak.
Qand-rafinad. Oddiy shakarni qo‘shimcha tozalash va qaytadan kristallash
natijasida shakar-rafinad va qand-rafinad olinadi ("rafinaiiya" - tozalash ma’nosini


bildiradi). Bunda bo‘yovchi moddalar, mineral moddalar va boshqalar qo‘shimcha


ravishda ajratiladi. Shakar-rafinad va qand-rafinadda saxaroza miqdori kamida 99,9
% (quruq moddalarga hisoblaganda) bo‘lib, ular yuqori sifatli kristallsimon
mahsulotlar hisoblanadi.
Shakar-rafinad oddiy shakarga o‘xshab turli kichik (1 - 4 mm) ulchamdagi
kristallardan iborat bo‘lib, faqat oqroq ranggi va saxaroza miqdori bilan oddiy
shakardan farqlanadi. qand-rafinad asosan, shakar-rafinadni presslab, to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklida ishlab chiqariladi. GOST-22 talab-lariga binoan shakar rafinad
va qand-rafinad oq rangli (sof, dog‘siz ) bo‘lishi kerak. Ko‘ximtir tusda bo‘lishiga
ruxsat beriladi. quruq va eritma holatda ta’mi shirin, hidsiz bo‘lishi, suvda to‘la
erishi, bunda eritma tiniq bo‘lishi kerak. Tez eriydigan qand-rafinadning namligi 0,2
% dan, shakar-rafinadning namligi esa 0,1 % dan oshmasligi kerak. Barcha
ko‘rinishdagi qand-rafinadlarda saxarozaning quruq moddalar xisobidagi miqdori
99,9 % dan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 378.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling