3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar
Download 378.72 Kb.
|
3-Mavzu qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so-fayllar.org
Suyuq shakar. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizasiyalash, shakar qoplarini
joylash, terish, tashish, ularni bo‘shatish, filtrlash va boshqa og‘ir mexnatni talab qiladigan operasiyalarni qisqartirish maqsadida shakar ishlab chiqarish korxonalarida oliy, I va II kategoriyali suyuq shakar ishlab chiqariladi. Ularni olish uchun shakar xom ashyo sifatida qo‘llani-ladi. Suyuq shakar temir yo‘l sisternalarida tashiladi. Oliy kategoriyali suyuq shakar qandolat va farmasevtika sanoatlarida qo‘llaniladi. I kategoriyali suyuq shakar novvoylikda, qandolat, konserva va sanoatning boshqa tarmoqlarida, II kategoriyalisi esa qand-rafinal ishlab chiqariladigan korxonalarda qayta ishlanadi. Oliy va I kategoriyali suyuq shakar rafinad ishlab chiqarish korxonalarida, II kategoriyalisi esa -lavlagidan shakar oluvchi korxonalarda tayyorlanadi. Oliy va I kategoriyali suyuq shakar tiniq, och-sariq rangli, shirin ta’mli va hidsiz bo‘lishi kerak. Suyuq shakarda quruq moddalar miqdori 64 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Suyuq shakarning quruq moddalarida saxaroza miqdori 99,8 % dan (oliy kategoriyali uchun) va 99,55 % dan (birinchi kategoriyali uchun) kam bo‘lmasligi kerak. Qand-rafinad. Oddiy shakarni qo‘shimcha tozalash va qaytadan kristallash natijasida shakar-rafinad va qand-rafinad olinadi ("rafinaiiya" - tozalash ma’nosini bildiradi). Bunda bo‘yovchi moddalar, mineral moddalar va boshqalar qo‘shimcha ravishda ajratiladi. Shakar-rafinad va qand-rafinadda saxaroza miqdori kamida 99,9 % (quruq moddalarga hisoblaganda) bo‘lib, ular yuqori sifatli kristallsimon mahsulotlar hisoblanadi. Shakar-rafinad oddiy shakarga o‘xshab turli kichik (1 - 4 mm) ulchamdagi kristallardan iborat bo‘lib, faqat oqroq ranggi va saxaroza miqdori bilan oddiy shakardan farqlanadi. qand-rafinad asosan, shakar-rafinadni presslab, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlab chiqariladi. GOST-22 talab-lariga binoan shakar rafinad va qand-rafinad oq rangli (sof, dog‘siz ) bo‘lishi kerak. Ko‘ximtir tusda bo‘lishiga ruxsat beriladi. quruq va eritma holatda ta’mi shirin, hidsiz bo‘lishi, suvda to‘la erishi, bunda eritma tiniq bo‘lishi kerak. Tez eriydigan qand-rafinadning namligi 0,2 % dan, shakar-rafinadning namligi esa 0,1 % dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘rinishdagi qand-rafinadlarda saxarozaning quruq moddalar xisobidagi miqdori 99,9 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 378.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling