3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar
Download 378.72 Kb.
|
3-Mavzu qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asal tarkibi va xossalari. Asal sifatiga qо ‘yiladigan talablar.
Shakar va qandni saqlash. Shakar harorat 20
0 C dan va havoning nisbiy namligi 70 % dan yuqori bo‘lmagan sharoitda, shakar-rafinad va qand rafinad esa ushbu haroratda havoning nisbiy namligi 80 % yuqori bo‘lmagan sharoitda saqlanishi kerak. Shakar va qandni o‘tkir hidli mahsulotlar bilan birga saqlash mumkin emas. Shakar ishlab chiqarishda chiqindi ko‘rinishida qoramtir melassa hosil bo‘ladi. Melassa - qoramtir-jigarrangli, o‘tkir hidli va yoqimsiz ta’mli, quruq moddalari 76 - 85 % ni, shulardan 46 - 51 % saxarozaga to‘g‘ri keladigan quyuq suyuqlikdir. Melassa spirt, sut va limon kislotasi, gliserin, novvoylik presslangan achitqilarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Asal tarkibi va xossalari. Asal sifatiga qо‘yiladigan talablar. Tabiiy asal yuqori oziqlik qimmatiga ega xushbo‘y, shirin ta’mli qiyomsimon mahsulotdir. Tabiiy asalning gul, shira va aralashgan turlari mavjud. Gul asali - asalarilar tomonidan gullar nektarini qayta ishlash mahsuloti. Uning monoflor va poliflor xillari mavjud. Monoflor asal bir o‘simlik: akasiya, lipa, olma, paxta, yantoq va boshqalar guli nektaridan hosil bo‘lsa, poliflor asal bir necha o‘simlik gullari nektaridan hosil bo‘lgan asaddir. Poliflor asallarni asallari o‘tlog‘iga qarab o‘tloqli, cho‘l-o‘rmonli, tog‘li va hokazo deb ataladi. Shira asali - ko‘pgina o‘simliklar bargida hosil bo‘lgan shirani asalari tomonidan qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladi. Aralashgan asal - gulli va shira asallarining tabiiy aralashmasidan tashkil topadi. Gul nektarining 50 % dan 90 % gacha massasini suv tashkil qiladi. Nektarning quruq moddalari saxaroza, glyukoza, fruktoza, dekstrinlar, oshlovchi moddalar, mineral elementlar, efir moylar, organik kislotalar, oqsil moddalar, vitaminlar (B 1 , B 2 , B 6 , PP va boshqalar), fermentlardan tashkil topgan. Nektarning quruq moddalaridan 94 % ga yaqini qand, qolgan 6 % - boshqa moddalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Uyaga keltirilgan nektarni asalarilar o‘z mumlaridan yasalgan katakka to‘playdi. Bu mahsulot asalga aylanishi uchun u etilishi kerak. U etilishi paytida tarkibidagi saxaroza glyukoza va fruktozaga parchalanadi. Asal tarkibidagi namlik 18 - 21 % ga etganda asalning etilishi tugaydi. Asal mumdan sentrifugalash, ayrim hollarda presslash orqali ajratib olinadi. Odatda, tabiiy asal qiemsimon holatda bo‘ladi. Biroq saqlash paytida asal kristallanadi, bunda uning sifati va oziqlik qimmati pasaymaydi. Kristallanish jarayoni yuzadan boshlanadi, keyin kristallar tubga tusha boshlaydi. Bu jarayon 13 – 14 0 C haroratda juda jadal ravishda boradi. Yuqoriroq haroratda (27 – 32 0 C) kristallanish jarayoni ancha sekin boradi, 40 0 C haroratda kristallar eriydi va asal qiyomsimon holatga ega bo‘ladi. Shuning uchun kristallangan asalni 40 0 C gacha isitib, aralashtirib qiyomsimon holatga o‘tkazish mumkin. Yuqori haroratda uzoq muddatda qizdirish, asal tarkibidagi biologik faol moddalarning buzilishiga olib keladi va asal oddiy qiyomga aylanadi. Asalning zichligi uning tarkibidagi suvning miqdoriga bog‘liq, u 1410 - 1440 kg.m
. ni tashkil qilishi mumkin. Asal sershira, yoqimli xushbo‘ylikka ega bo‘lgan oziq mahsulot sifatida birinchi navbatda kundalik iste’molda keng qo‘llaniladi. Uning tarkibida vitaminlar, makro va mikroelementlar, bakterisid moddalar bo‘lganligi sababli, asal shifobaxsh mahsulot sifatida qo‘llaniladi. Asal konfet, sharq shirinliklari, karamel va asalli pryaniklar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Asadda ko‘p miqdorda invert qiyomining bo‘lishi konfet va unli qandolat mahsulotlarini saqlanish muddatini uzaytiradi. Asal sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: ta’mi shirin, yoqimli, begona ta’msiz, xushbo‘iligi tabiiy yoqimli, konsistensiyasi qiyomsimon yoki kristallangan bo‘lishi mumkin. Asalning namligi 21 % dan oshmasligi (sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan asadda 25 % gacha); saxaroza miqdori 7 % dan oshmasligi, glyukoza va fruktoza miqdori esa 79 % dan kam bo‘lmasligi (asalning quruq moddalariga nisbatan hisoblaganda) lozim. Asalda mexanik aralashmalar va bijg‘ish belgilari bo‘lishiga yo‘l qo‘yil-maydi. Asal bochka va flyagalarga, shisha yoki loklangan metall bochkalarga, stakanlarga yoki alyumin folgadan tayyorlangan idishlarga, polimer materiallardan tayyorlangan qutilarga, ichkarisi lok bilan qoplangan sopol idishlarga qadoqlanadi va joylanadi. Asal changlanuvchi materiallar (un va boshqalardan) va o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan mahsulotlardan ajratilgan toza quruq omborxonalarda saqlanadi. Xona pashsha, asalari, ari, chumoli va shunga o‘xshash hasharotlarni kirishidan himoyalangan bo‘lishi kerak. Namligi 21 % dan past bo‘lgan asal 20 0 C dan oshmagan haroratda, 21 % dan yuqori namlikdagi asal esa – 10 0 C dan oshmagan haroratda saqyaanadi. Gul asalining saqlanish muddati chegaralanmagan. Asal juda gigroskopik mahsulot, shuning uchun uni yopchq idishda saqlash kerak. Namlanganda u bijg‘ishi mumkin. Download 378.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling