3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar
Download 378.72 Kb.
|
3-Mavzu qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakarning qо‘llanilishi va olishning texnologik sxemasi.
3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar 3-Mavzu: QAND, ASAL, KRAXMAL VA QANDOLAT MAHSULOTLARI Tayanch so‘z va iboralar: saxaroza; qand lavlagi; diffuzion sharbat; "suyuq shakar"; shakar-rafinad; qand-rafinad; melassa; gul; shira; sun’iy asal. Shakarning qо‘llanilishi va olishning texnologik sxemasi. Shakar kundalik turmushimizda doimo iste’mol etiladiganqimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Shakar yuqori issikdik quvvatiga ega. Shakar iste’mol etilganda kishi organizmida oson xazm bо‘ladi va yuqori quvvat baxshida etadi. "Shakar" va "qand" iboralari azaldan birgina ma’noni bildiradi. Darsligimizning ushbu va keyingi boblarida "shakar" deb turli o‘lchamli kristallardan iborat bo‘lgan mahsulotni, boshqa hollarda esa "qand" iborasini ishlatamiz. Shakar. qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda shakar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Shakar konserva sanoatida, pazandachilikda va non - bulka mahsulotlari tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Iste’mol qiladigan shakarimiz amalda sof saxarozadan (S 12 N 22 O 11 ) iborat. Saxaroza shirin ta’mga ega, organizm tomonidan oson va to‘la hazm qilinadi, sarflangan energiyani tez tiklaydi. Biroq uni haddan ziyod iste’mol qilish organizmga zarar etkazadi va semirishga olib kelishi mumkin, Saxarozani iste’mol qilish me’yori - bir kunga 100 g, bunga boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining qandlari ham kiradi. Saxaroza - disaxarid, u kislota yoki saxaroza (invertaza) fermenti ta’sirida invert shakar deb nomlanuvchi glyukoza va fruktozaga parchalanadi. Saxaroza amalda gigroskopik emas, suvda yaxshi eriydi. Harorat ortishi bilan saxarozaning eruvchanligi oshadi. Saxaroza eritmalarining qaynash qarorati ular konsentrasiyasining ortishi bilan oshadi. Masalan, saxaroza eritmasining konsentraiiyasi 10 % bo‘lganda u 100 0 C da qaynaydi, konsentrasiya 90, % bo‘lganda esa - uning qaynash harorati 119,6 0 C ni tash-kil qiladi. Eritmalarda saxaroza kuchli suv tortuvchanlik (degidratorlik) xossasini namoyon qiladi. Uning bu xossalari qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, ko‘p mikdorda shakar solib non-bulka mahsulotlari uchun xamir tayyorlashda, konservalashda namoyon bo‘ladi. Saxaroza o‘ta to‘yingan eritmani tez hosil qiladi. Faqat bu eritmada kristallanish markazi paydo bo‘lgandagina kristallar ajralishi kuza-tiladi. Saxarozaning bu xossasidan pomadali konfet va sharq shirin- liklari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Saxaroza qaytaruvchanlik xossasiga ega emas, kristall holatda optik jihatdan faol bo‘lmay, eritmalarda qutblangan nur tekisligini o‘ngga buradi, uning nisbiy aylanishi 66,5 °. Saxaroza miqdorini polyarimetrik usul bilan aniqlash shu xossaga asoslangan. Saxaroza tabiatda keng tarqalgan, u ko‘pgina mevalarda, sabzavotlarda va boshqa o‘simliklarda mavjud. Shakar ishlab chiqarish. Sanoatda shakar ikki o‘simlikdan - shakarqamishdan va qand lavlagidan olinadi. Kuba, Hindiston, Avstraliya, Meksika va iqlimi issiq boshqa mamlakatlarda shakarni shakarqamishdan olish rivojlangan. O‘zbekistonning tuproq- iklim sharoitlarida qand lavlagidan, ayrim tumanlarda esa shakarqamishdan ham yuqori hosil olish mumkin. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan qand lavlagi uchun ekin maydonlarini ajra-tish va Respublikamizning bir qator mintaqalarida shakar ishlab chiqarish korxonalarini qurish tadbirlari qabul qilingan. MDH mamlakatlarida sanoat miqyosida shakar ishlab chiqarish uchun qand lavlagi asosiy xom ashyo hisoblanadi. Qand lavlagi - qurg‘oqchilikka chidamli ikki yillik o‘simlik. Shakar olish uchun rivojlanishning birinchi yildagi ildizmevalar ishlatiladi. Ildizmevalar massasi 200 dan 500 g. gacha bo‘ladi. Ildizmeva to‘qimalari-ning hujayra sharbatida saxaroza va boshqa eruvchan moddalar mavjud. qand lavlagi ildizmevasining kimyoviy tarkibi naviga, uning etishtirish va saqlash, iklim va boshqa sharoitlarga bog‘liq. qand lavlagi ildizmevasida 20 - 25 % quruq moddalar mavjud bo‘lib, shundan 14 - 18 % saxaroza hisobiga to‘g‘ri keladi. Qand lavlagi shakar ishlab chiqarish korxonasiga gidravlik transport yordamida keltiriladi. Yo‘l-yo‘lakay u qisman begona aralashmalardan tozalanadi. Uni batamom tozalash yuvish bo‘limida amalga oshiriladi. Keyin lavlagi mayin qipiqshaklida kesiladi va diffuzion sharbat olish uchun (qandni suv bilan ajratish) yuboriladi. Diffuzion sharbatga shakar bilan birga ko‘pgina suvda eruvchi moddalar o‘tadi. Shuning uchun diffuzion shar-bat qoram tir rangga ega. Sharbat bir necha bosqichda tozalanadi. Defekasiya bosqichida (ohak suti bilan ishlov berish) ko‘pgina moddalar koagullanadi va cho‘kmaga tushadi. Saturasiya (karbonat angidrid bilan ishlov berish) bosqichida ortiqcha ohak mayda kristalli kalsiy karbonat ko‘rinishida ajratiladi va sharbat filtrlanadi. Buning natijasida sharbatning qo‘shimcha tozalanishiga erishiladi. Filtrlanishdan keyin sharbatga oltingugurt ikki oksidi bilan ishlov beriladi (sulfotasiya). Bunda sharbat bo‘yovchi moddalardan tozalanadi va rangsizlanadi. Tozalangan sharbat bug‘latiladi, qo‘shimcha tozalanadi va undan turli yirik-maydalikdagi shakar kristallari olinadi. Shakar sentrafugada kristallararo suyuqlikdan ajratiladi. Bir vaqtning o‘zida kristallar issiq suv bilan yuviladi va quritiladi. U metall aralashmalardan ohangrabo separatori yordamida tozalangandan so‘ng shakar joylashga uzati-ladi. Download 378.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling