3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar


Shakar sifatiga qо‘yiladigan talablar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana20.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1040768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-Ma\'ruza (3)

Shakar sifatiga qо‘yiladigan talablar. 
Shakar - kristall ko‘rinishdagi saxaroza qisoblanadi. GOST-21 talablariga 
asosan, shakar oq rangli yaltiroq, shirin ta’mli, begona ta’msiz va hidsiz bo‘lishi, 
suvda yaxshi erishi, bunda eritma tiniq, kristallari o‘lchamlari 0,2 dan 2,5 mm. gacha 
bir xil tuzilishli, aniq qirrali, sochiluvchan, yopishmaydigan bo‘lishi kerak. 
Saxarozada namlik miqdori 0,15 % dan oshmasligi kerak. Shakar quruq 
moddalarning kamida 99,75 % saxarozadan iborat (sanoat uchun qayta ishlanadigan 
shakar uchun 99,55 % bo‘lishi ruxsat etiladi). Shakar eritmalarining ranggi maxsus 
asbobda aniqlanadi va 1 shartli birlikdan oshmasligi kerak. Eng katta o‘lchami 0,33 
mm bo‘lgan metall aralashmalar 1 kg shakarda 3 mg. dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 
Shakar tarkibida saxaroza tutgan ko‘pgina sabzavot, meva va texnik ekinlardan 
ajratib olinadi. Sanoatda shakar ishlab chiqarishda asosan qand lavlagi va 
shakarqamishdan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Mamlakatimizda qand 
lavlagidan shakar ishlab chiqariladi. Qand lavlagi (Beta vulgaris) ikki yillik 
ildizmevali texnik ekin hisoblanadi. Birinchi yili bargli, kuchli tomirlangan yirik 
ildizpoya beradi. Ikkinchi yili baland bо‘yli gulpoya chiqaradi va gullab, urug 


beradi. Xom ashyo sifatida uning bio yillik ildizmevalari ishlatiladi. Qand lavlagi 
ildizmevalarida о‘rta hisobda 14-21 % qand bо‘ladi. Qayta ishlashga soglom 
va turgor holatdagi mevalar topshiriladi. Ildizmevalardagi nuqsonlar kondisiyali 
meyorlardan oshib ketmasligi kerak. 
Respublikamizning bir qator mintaqalarida shakar ishlab chiqarish 
korxonalarini vujudga keltirish uchun qand lavlagi ekiladigan maydonlar 
kengaytirilmokda. qand lavlagi tarkibi 75% suv va 25% quruq moddalardan iborat. 
Ildizmevasida saxarozaning о‘rtacha mikdori 17,5% ni tashkil etadi. Saxarozaning 
mikdori qand lavlagining naviga, yetishtirish, yig‘ib olish va saqlash sharoitlariga 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘ladi. Qand lavlagi tarkibidagi erimaydigan organik 
moddalarga: gelisellyuloza - 1,3 %, pektin modsalar - 2,4 % kiradi; azotli organik 
moddalarga: oqsil - 0,7 %, beatin - 0,2 %, aminokislotalar - 0,2 %, azotsiz organik 
moddalarga: invert shakari - 0,12 %, organik kislotalar - 0,50 %; mineral 
moddalarga: K2O-0,20 %, SaO-0,07 %, Na2O-0,04 %, R2O5-0,07 % va boshqalar 
kiradi. 
Qand lavlagi shakar ishlab chiqarish korxonaga gidravlik transport 
yordamida keltiriladi. Yо‘l-yо‘lakay u qisman begona aralashmalardan 
tozalanadi. Uni batamom tozalash yuvish bо‘limida amalga oshiriladi. Keyin lavlagi 
mayin qipiq shaklida kesiladi va diffuznoy sharbat olish uchun (qandni suv bilan 
ajratish) yuboriladi. Diffuzion sharbatga shakar bilan birga kо‘pgina suvda eruvchi 
moddalar о‘tadi. Shuning uchun diffuznom sharbat qoramtir rangga ega. Sharbat bir 
necha bosqichda tozalanadi. Defekasiya bosqichida (ohak suti bilan ishlov 
berish) ko‘pgina moddalar koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi. Saturasiya 
(karbonat angidrid bilan ishlov berish) bosqichida ortiqcha ohak mayda kristalli 
kalsiy karbonat kо‘rinishida ajratiladi va sharbat filtrlanadi. Buning natijasida 
sharbatning qо‘shimcha tozalanishiga erishiladi. Filtrlanishdan keyin sharbatga 
oltingugurt ikki oksidi bilan ishlov beriladi (sulfitasiya). Bunda sharbat 
bug‘latiladi, qо‘shimcha tozalanadi va rangsizlanadi. Tozalangan sharbat 
bug‘latiladi, qо‘shimcha tozalanadi va undan turli о‘lchamlarga ega bо‘lgan 
shakar kristallari olinadi. Shakar sentrafugada kristallararo suyukdikdan ajratiladi. 


Bir vaqtning О‘zida kristallar issiq suv bilan yuviladi va kuritiladi. Metall 
aralashmalardan ohangrabo separatori yordamida tozalangandan sо‘ng shakar 
joylashga uzatiladi.
Ishlab chiqarilgan shakar sifatiga quyidagi talablar kо‘yiladi: 
* shakar shirin ta’mli, begona ta’mlarsiz bо‘lishi kerak; 
* shakarda begona hidlar bо‘lishiga ruxsat etilmaydi; 
* suvda eritilganda tо‘liq erishi kerak; 
* eritma tiniq va unda hech qanday chо‘kmalar hosil bо‘lmasligi kerak 
* shakarning rangi oq, yaltiroq boshqa ranglarsiz, rafinad shakarlar bilinar-
bilinmas och havo rangda tovlanib turadi; 
* quruq modda mikdori shakarlarda 99,75 %, rafinadlarda 99,9 % dan kam 
bо‘lmasligi kerak; 
* kristallari 0,2-2,5 mm gacha, ammo bir xil kattalikda bо‘lishi kerak; 
* shakar sochiluvchan, ya’ni kristallari bir-biriga yopishib qolmagan bо‘lishi 
kerak. 
Shakar namlikni, begona hid va ta’mlarni о‘ziga tez qabul qilib olish 
xususiyatiga ega. Shuning uchun uni sakdashda va tashishda bularni hisobga olish 
zarur. Shakarni saqlashda havoning nisbiy namligi 70 % dan oshmasligi lozim, aks 
holda shakar donachalari bir-biriga yopishib, uning sochiluvchanligi yо‘qoladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling