3-mavzu. Rahbar shaxsi psixodiagnostikasi reja


Rahbarlik va guruhiy dinamika


Download 145.5 Kb.
bet4/8
Sana22.12.2022
Hajmi145.5 Kb.
#1043538
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. RAHBAR SHAXSI PSIXODIAGNOSTIKASI

2. Rahbarlik va guruhiy dinamika
Har qanday guruhlar tizimida bo‘lganidek guruhiy dinamika ham turli o‘zgarish (ko‘rsatgich)larga ega. Bunday hodisalarga quyidagilar kiradi: guruh ishtirokchilariga bosim o‘tkazish, boshqalar fikri bilan hisoblashish (konformizm), guruhdan chiqarib yuborish va o‘rin (vazifa)larni almashtirish.
Guruh yoki tashkilot qanday bo‘lshidan qat’iy nazar – rasmiy yoki norasmiy bo‘ladi, uning asosida muloqot va yoki birgalikdagi faoliyat turadi.
Guruh faoliyatining samaradorligi ishning natijasi va ishtirokchilarning o‘z faoliyatidan qoniqishi bilan baholanadi. U u bir qancha ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq, ya’ni: o‘lchov (kishilar soni), tarkib, guruh normasi, uyushganlik darajasi, qarama-qarshiliklar, guruh a’zolarining mavqe’i funksiyasi. Ammo, yuqoridagi omillarga bog‘liqlik bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bog‘liqlikning bunday xarakterda bo‘lishi turlmi usul va darajalar o‘zgarishlarining o‘zaro uyg‘unlashib ketishi bilan belgilanadi.
Masalan, guruhning o‘lcham samaradorlikda praksiologik (faoliyat bilan bog‘liq) omil hisoblanadi, shaxsning guruhdagi rivojlanish darajasi ham shunga o‘xshash bo‘ladi.
Umumiy hollarda guruhda kishilar sonining ortishi a’zolar o‘rtasida kelishmoqchilikning qiyinlashishiga olib keladi. Guruh faoliyatini olib borishda guruh o‘lchamining o‘sishi norasmiy guruhchalarga bo‘linishga olib keladi, natijada guruhchalarda intilishlarning konfrontasiya yuzaga keladi. Guruh faoliyatining samaradorligi undagi kishilarning rivojlanish darajasiga, dunyo qarashi, ishga yondoshishi, muammoni hal qilishdagi ishtirokiga bog‘liq bo‘ladi. Buni shartili ravishda guruh tarkibining kompozision xaraktiristikasi deb atashimiz mumkin. Masalani hal qilishda ko‘proq yechim va usullarga esa bo‘lishni [ohlasak, bunda fikrlash, dunyo qarash, shaxsi bir biridan ma’lum darajada farq qiluvchi kishilardan guruh to‘plashimiz kerak bo‘ladi.
Guruh normasining mazmuni guruh faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Guruh normasi uning a’zolariga o‘zlarini qanday tutishlikni va ularni qanday ishlar kutayotganini aytib – eslatib turadi. Guruh normasi undagi har bir shaxs biron ishni amalga oshirishda guruh tomonidan yordam bo‘lishini qo‘llab quvvatlanishini sezadi, hisobga oladi. Bunday bog‘liqlik ham rasmiy, ham norasmiy tashkilotlarda bor.
Tashkilot tomonidan qaralganda ijobiy va salbiy normalar farqlanadi. Tashkilotning maqsad va vazifalarini quvvatlovchi, maqsadga yetishish yo‘llarini ta’minlovchi, xuquqni shakllantiruvchi normalar ijobiy hisoblanadi. Bunday normalar bevosita guruh faoliyati samaradorligiga ta’sir qiladi.
Guruh samaradorligiga ta’sir qiluvchi, unga xos bo‘lgan muhim xarakterlardan biri uning jipsliligiga bog‘liq. Guruh jipsliligi undagi kishilarning har biri bilan va guruh bilan birga harakat qilishga intilish hisoblanadi. Jipslilik darajasi qiymat, bahoda, fikrlashda bir biriga o‘xshashlik, intilishda ko‘rinadi. Jipslilik bilan guruh faoliyatining samaradorligi o‘rtasidagi aloqa hamma vaqt ham bir xil (lineyniy) bo‘lavermaydi.
Guruhning yana bir xarakteristika – guruhda biron bir ishtirokchining yuqori turishi. Bunday o‘zgaruvchanlik bir qator omillar (belgi) bilan belgilanadi: mansab iyerarxiyasi yuqori turishlik ma’lumot (ta’lim muttaxassislik), ijtimoiy talant ma’lumotrlarga va ish tajribasiga ega bo‘lish. Shunga o‘xshash omillar guruhda qabul qilingan qiymat va norma statusining ko‘tarilishiga yoki kamayishiga olib keladi.
Guruh faoliyatining samaradorligini agniqlovchi asosiy fatorlardan biri, maqsadga erishish va ijtimoiy o‘zaro ta’sirda ishtirokchinig xulqida yetakchilikning mos kelishi. Guruh normal faoliyat olib borishining asosiy ikkita yo‘nalishini ko‘rsatishimiz mumkin. Birinchidan maqsadga intilish, bunga guruh oldiga qo‘yilgan maqsad va uni bajarish yullarini ta’minlaydi. Ikkinchidan, quvvatlovchilarning roli – guruhning hayotiy faoliyatini quvvatlaydi va faollashtiradi.
Guruh dinamikasining asosiy parametri (o‘lchami) sardorlik stili hisoblanadi. Sardorlik – tashkilotning maqsadga erishishida guruh va har bir shaxsning harakat qilishiga ta’sir qilish. Bu shunday ta’sirki, natijada boshqa shaxsda xulq, munosabat, o‘zini boshqarishda o‘zgarishlar yuzaga keladi. Rahbarlikka intilish dominant (ustun turuvchi) xulqda ko‘rinishi mumkin. Shaxsning dominant xulqini ko‘rsatuvchi belgilar:
- o‘zaro birga xarakat qilish holatida tashabbus ko‘rsatish;
- har daqiqada o‘zgaruvchi bir daqiqalik umumiy kayfiyatga moslashish;
- kuchsizlarga e’tiborli bo‘lish;
- rahbarlik kuchini sezish va unga intilish;
- yuzaga kelgan holatdan chiqib ketish uchun yordamga chaqirish, o‘zaro ta’sirda muammoli holatlarda o‘z maqsadini ko‘zlab (foyda uchun) chiqib ketish.
Mansabga intiluvchi kishilarda shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga etiborsizlik bilan qarash boshqalar ustidan xukumronlik qilishdan (manipulirovat) zavqlanish (qoniqish) kabi hislatlar mavjud. Raqobat qiluvchi boshqa kishilarga qarshi bosim o‘tkaziladi, muammoni hal qilishda dadillik va o‘ziga xoslikni namoyon qiladi, maqsadga erishish uchun sabot, qat’iyyatlik bilan harakatlanadi. Guruh a’zolari o‘z yetakchilarining sardor yuzaga kelgan holatlardan chiqib ketishga va kelajagining xavfsizligiga ishonadilar.
Sardorlar asosan ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi – funksional, ya’ni o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, hurmatli (o‘zini tutib olgan) sardor; shunday sardorgina guruhni o‘z maqsadiga yetishishi yo‘lida tinmay harakat qiladi. Ikkinchi xil – effektiv, bunday sardorlarni hamma yaxshi ko‘radi, ular guruh a’zolari orasidagi munosabatlarga aralashadi va moslashadi.
Raqobat qiluvchi boshqa kishilarga qarshi bosim o‘tkazadi, muammoni hal qilishda dadillik va o‘ziga xoslikni namoyon qiladi, maqsadga erishish uchun sabot - kat’iyatlik bilan harakatlanadi. Guruh a’zolari o‘z yetakchilarining yuzaga kelgan holatlardan chiqib ketishiga va kelajagining xavfsizligiga ishonadilar.
Ijtimoiy hukmronlikning o‘lchami guruh tuzilishining kommunikativ va sotsiometrik o‘lchami bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Jarayon ta’siriga ko‘ra rahbarlik va sardorlik fenomeni ijtimoiy xukumronlikning turlicha ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Guruhda “sardor”lik muhim o‘lcham hisoblanadi.U shaxslarning guruh hayot faoliyatidagi potensial qiymati va qarashlar iyerarxiyasi bilan belgilanadi. Guruh tuzilishidagi bu o‘lcham sardorlikning, instrumental (ish quroli) va emosional ko‘rinishida aks etadi.
Kommunikasiya (fikr almashuv) va qaror qabul qilish. Kommunikasiya - axborotlar bilan almashish. Shaxslar o‘rtasidagi kommunikasiya bir qator omillarga bog‘liq; qabul qilish xususiyati, samantikada (so‘zlovchi va tinglovchi) farqlar, noverbal xulqni qabul qilishdagi farqlar, qayta aloqaning yomonligi (yoki yo‘qligi), tinglash qobiliyatining yo‘qligi kommunikasion o‘lchov kommunikasion tarmoqda qo‘llaniladi, u individning guruhga talluqli so‘ngi axborotlarni ma’qullovchi pozisiyada qabul qilishi bilan o‘lchanadi. Odatda xabarni ijobiy qabul qilish individning guruhdagi rasmiy statusi bilan bog‘liq; guruhning yuqori statusdagi a’zolariga ko‘proq axborotlar keladi va bu xabarlar past statusdagi sub’yektlarga yuboriladigandan ko‘ra do‘stona xarakterga ega bo‘ladi.
Kommunikativ tarmoq ma’lum miqdorda guruhdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. Buning yuzaga kelishida ba’zi omillar bo‘lishi kerak, ya’ni:
a) guruh a’zolarida tashkiliy strukturani rivojlantirish qobiliyati;
b) erkinlik darajasi, bu orqali shaxs guruhda ro‘y beruvchi o‘zgarish, holat axborotlarga nisbatan harakatlanadi, munosabatni bildiradi;
v) kommunikativ tarmoqda axborotlarning to‘liq bo‘lishi yoki ortiqchaligi;
g) guruhning rivojlanish darajasi, bo‘layotgan o‘zgarishlarga amaliy ta’sir ko‘rsatish. Guruhlararo qaror qabul qilish jarayoni. Bunday holda guruh bo‘lib bironta muammo muhokama qilinadi, natijada guruh ma’lum qarorga keladi. Masalani hal qilishda guruhlararo qaror qabul qilishning muxim o‘rni bor; ko‘p hollarda u jarayonning asosi yoki ob’yekti sifatida belgilanadi.
Guruhlararo qaror qabul qilish jarayoni 4 ta fazadan iborat;
1) dalillarni belgilash;
2) dalillarni farqlash, baholash;
3) qanday hal qilishni qidirish;
4) qaror qabul qilish.
Muammoni belgilagach muammo bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash kerak. Bu birinchi faza bo‘lib, asosan dalilografik va ob’yektiv xarakterga ega bo‘ladi. Bu davrda ishtirokchilar to‘plangan omillarni baholashdan tiyilib turadilar.
Ikkinchi faza baholash xarakterida bo‘ladi. Ishtirokchilar to‘plangan ma’lumotlar haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Majlis rahbari fikrlarni belgilab, yozib boradi.
Uchinchi faza muammoni hal qilish yo‘llarini qidirishdan iborat, uni “kvazibreynstorling” deb atashimiz ham mumkin, bunda guruh a’zolaridan muammoni hal qilishning turli yo‘llarini topish talab qilinadi.
To‘rtinchi faza qaror qabul qilish, bunda ikkinchi fazadagi fikrlar guruh qabul qilgan hal qilish yo‘llari bilan solishtiriladi. Ulardan ba’zilari olib tashlanadi, ba’zilarini birlashtiriladi oxir oqibatda guruh a’zolarini qoniqtiruvchi qarorga keladi.
Yuqorida ta’kidlangan, boshqaruv jarayonini tashkil qiluvchilar prodiagnostirlangan (aniq ma’lumotga ega bo‘lgan) bo‘lishi kerak. Rahbarning faoliyatning ma’lum bir turiga moilligini aniqlash (diagnostika). Faoliyatning asosiy sohalari:
1. Analitik-baholash
2. Texnika-funksional (bajarish)
3. Kommunikativlik-xulqlilik (o‘zini tutish)
4. Ijodiy-innovasion
Bu sohalarning har biri xarakteristik to‘plamga ega. Ularga suyangan holda kishi o‘zida shu faoliyatga nisbatan moillikni tekshirishi mumkin.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling