3-mavzu. Rahbar shaxsi psixodiagnostikasi reja


Download 145.5 Kb.
bet7/8
Sana22.12.2022
Hajmi145.5 Kb.
#1043538
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. RAHBAR SHAXSI PSIXODIAGNOSTIKASI

Ijobiy liderlar: jamoani jipslashtiruvchi, o‘zaro hamkorlikni qo‘llab- quvvatlovchi, qiyin ahvolga tushganlarga yordam berishga har doimo tayyor, rahbarlarga hayrihoh bo‘lib, pedagogik jamoani har tomonlama boshqarishga yordam beradi.
Salbiy liderlar: Jamoaning jipsligiga putur yetkazadi, ular ko‘pincha hamma ishdan (jumladan maktab rahbarlarining faoliyatidan ham) norozi, o‘z atrofiga rahbarlardan norozilarni to‘play oladi, pedagogik jamoaning hamkorligiga, birligiga to‘sqinlik qiladi, odamlarni rahbarlarga, ularning ishiga va qarorlariga qarshi qo‘yadi. O‘zining “maxmadonaligi”, odamlarning ichki kayfiyatini bilish qobiliyati bilan rahbarlarga muxolifatdagi kishilarni o‘z tomoniga og‘dira oladi. Ayniqsa, katta va kichik yig‘ilishlarda u rahbarning obro‘yini to‘kishga harkat qiladi. Ularning tanqidi nokonstruktiv (nosog‘lom) bo‘lib, jamoada rahbarlarga nisbatan salbiy fikr hosil etishga yo‘naltirilgandir.
Ijobiy lider: Ijobiy liderlar har xil tarzda bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha jamoa ichida yaqqol ajralib turadilar, shuning uchun ham ularni “Jamoa yulduzi” deb ataladi. Ular gapga chechan, kommunikativ qobiliyati yuqori, ya’ni atrofdagilarning diqqatini o‘z fikri va gaplariga jalb qila oladi. U jamoadagi kelishmovchiliklar va nizolarni osonlik Bilan tinchlantira oladi. Odamlarning, kayfiyatini ruhiy holatini tez aniqlay oladi va shunga qarab munosabatda bo‘ladi. Ularning tanqidiy chiqishlari ko‘pincha konstruktiv (sog‘lom tanqid) bo‘lib, rahbar bu maslahatlar va tanqidiy fikrlarni e’tiborga olishi rasmiy liderlar (rahbar) va norasmiy liderlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, hamkorlikni mustahkamlaydi. Rahbarlar norsamiy liderlarning o‘ta faolligidan, jamoaga ijobiy ta’siridan, odamlarga ta’sir eta olishidan foydalansalar bo‘ladi. Ayniqsa bunday liderlarni rasmiy liderlik lavozimiga tayinlash ish samaradorligini yaxshilaydi.
Ammo, shunday liderlar ham mavjud-ki, ular kam gap, kamtar, hadeb o‘zini ko‘rsatavermaydi, boshqalardan yaqqol ajralib turmaydi. Lekin, ular fikrlash qobiliyati, zarur hollarda vaziyatni va muhim vazifani tahlil erish kuchliligi ayniqsa favqulotda holatlar yagona eng ma’qul yechimni topa olishi bilan atrofdagilarni hurmat e’tiborini qozonadi.
Rahbar ijobiy liderlardan, hatto salbiy liderlar ham ularga ishonch bildirish, har xil topshiriqlar berish, ularga ma’suliyatli vazifalar berish va boshqa usullar bilan foydalanishi, o‘z tomoniga “ag‘darib”- olishga harakat qilishi kerak. Bu “energiya”dan jamoaning ijodiy, o‘zaro hamkorlikda, samarador faoliyat ko‘rsatishda hamda jamoani boshqarishda foydalanish rahbarning boshqarish mahoratiga bog‘liqdir. Bunday hollarda jamoadagi shaxslararo munosabatlarni aniqlash, jamoa a’zolarining mavqeini bilish, jamoadagi liderlarni aniqlash uchun psixologiya fanidagi sotsiometriya, metodidan foydalaniladi.
Umuman olganda, pedagogik jamoa o‘ziga xolsligi bilan boshqa jamoalardan farq qiladi. Masalan: ilmiy-tadqiqot institutlar va boshqa jamoalarda, jamoa a’zolari kun davomida ish faoliyati jarayonida doimo muloqotda o‘zaro munosabatda bo‘lishadi.
Chunki, har bir jamoa kichikm guruhchalarga taqsimlangan bo‘lib, shu kichik guruhchadagi a’zolar istasa, istamasa o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun doimo shaxslararo munosabatda bo‘lishi, birgalikda, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga majburdirlar.
Maktab jamoasidagi pedagoglarni asosiy maqsadi yagona bo‘lib bu yuqori malakali komil shaxsni tarbiyalash bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi o‘zaro muloqot va munosabat darslar orasidagi qisqa tanaffuslardagina yuzaga keladi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi, oz bo‘lsa xam pedagogik jamoada “ ajralib qolganlar “ uchraydi. Jamoa bunday xamkasibni qabul qilmaydi, ba’zan esa uning borligini yoki yo‘qligini hechkim sezmaydi. Sotsiometrik tanlovlarda bu pedagogikni hech kim tanlamaydi eng yomoni ba’zan ajralib qolgan pedagogikni o‘zi ham hech kimni tanlashni istamaydi. Xudoga shukrki, bunday holat juda kam. Kimdir oilasidagi ko‘ngil buzarliqlardan qochib sizdan ruhiy va hissiy madat kutadi. Lekin, shundaylar xam borki, ular sekin muloyim gapirishi "zararli", ular buyruq oxangidagi so‘zlarni yaxshi ko‘radilar. Ularga topshiriq va vazifa berilganda gap mazmuni va aytilish o‘ziga xos bo‘lishi kerak.
Demak, rahbar o‘quvchilar va o‘qtuvchilarni jiddiy o‘rganish har bir kishining shaxsiy xususiyatlarni etiborga olgan holda jamoani boshqaradi. Shaxsni yoki jamoani o‘rganishni ko‘pincha psixologik testlar va mahsus metodlaar yordamida amalga oshirish mumkin deb xisoblashadi. Rostdan xam bunday psihologik testlar va boshqa metodlar keragicha yetarli. Ammo bunday, tekshirishlar o‘tkazish va izohlash uchun mahsus psixologik tayorgarlik, maxsus va yetarli vaqt bo‘lishi zarur.
Umuman, olganda, odamlarni bilish rahbarga nima uchun kerak? - degan savolga javob shuki, agra rahbar pedagogikning o‘z-o‘ziga munosabati va o‘zini qanchalik baxolashini bilsa, uning ishiga munosabati va atrofdagilarga munosabatini aniqlay olsa, u bu pedagogikning kelajakdagi hatti-harakatini, hulq-atvorini va mehnat samarasini prognoz qilishi mumkin. O‘qituvchini shaxsini o‘rganish uchun kuzatish, suhbat, tajriba (yeksperiment) va boshqa metodlardan foydalanamiz. Kuzatish albatta, insonning haqiqiy psixologik qiyofasi shaxs xususiyatlari, uning hamkasblari va o‘quvchilari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladi, ayniqsa favqulotda holatlarda shaxs o‘zining haqiqiy “o‘zligini” ochishga majbur bo‘ladi.
Demak, shaxsni ish jarayonida, faoliyatiga favqulotda holatlarda kuzatish kerak. Pedagogni kuzatish tizim asosida, uzluksiz olib boriladi, ammo ta’lim va favqulotda yuz beradigan vaziyatlarda; kelishmovchilik, tushunmovchilik, nizo va boshqa holatlarda shaxs o‘zining ichki dunyosini - haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadi.
Rahbar o‘qituvchilarning quyidagi shaxs xususiyatlariga e’tibor beradi:
- o‘quvchilar bilan munosabati;
- hamkasblari va maktab ma’muriyati bilan munosabati;
- ish faoliyati, ishchanligi, tashabbuskorligni;
- o‘z ishi va kasbiga ijodiy yondashishi;
- o‘z shaxsiga e’tibor va o‘z-o‘ziga baxo berishi.
Favqulotda vaziyatlarda bosiqligi, o‘zini boshqara olishi, murakkab vaziyatlardan chiqish qobiliyati va vaziyatdan chiqishning eng otimal yechimini shaxsning ish jarayoniga va ishdan tashqari jarayondagi muloqoti va munosobatini kuzatish.
1. O‘qituvchining o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan munosabati va muloqatini kuzatish. Nutqida ish, jamoa, dars haqidagi fikr mulohazalar ustunlik qiladimi yoki shaxsiy hayot, ko‘ngil ochish, turmush qiyinchiliklar va boshqalar ustnulik qiladimi? Hamsuhbatni tinglay oladimi? Bularning hammsi juda muhim diagnostic belgilardir.
2. Ko‘pincha insonning ichki his-tuyg‘ulari kayfiyati, ichki dunyosi uning yuz ifodasini namoyon bo‘ladi.
a) Ochiq-yuz chehrasida tabassum, hamsuhbatni diqqat bilan tinglaydi. Bundaylar osoyishtalik ramzidir.
b) Rostdan ham ularning har kuni bayram bo‘lib, beparvo yuzida hech qanday ma’no yo‘q, faqat zarar ko‘rganda, achinish, g‘azab kabi his-tuyg‘uni kuzatish mumkin.
v) Yuzidan xorg‘inlik, hayotdan zerikish, norozilik bilinib turadi. Ularning shikoyati: Atrofdagilarning yomonligi-yu, har xil yetishmovchiliklardir.
g) Yuzda manmanlik g‘azab, nafrat yozilib turadi. Ular o‘zaro munosabatlarda sovuq. Hatto birovga yaxshi gapirsa ham u sovuq chiqadi.
Rahbar shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, ba’zi kishi yuz qiyofasini vaziyati va hamsuhbatining mavqesiga qarab o‘zgara oladi. U direktor o‘rinbosari bilan yoki boshqa o‘zidan mavqei balandroq o‘ziga biror foydasi tegadiga kishi bilan suhbatlashganda, yuzi va lablari kulib turadi. Gavdasi egilgan, tilidan shirin so‘zlar oqadi, ammo bu kishi o‘quvchilar, o‘qituvchilar yoki ota-onalar bilan suhbatlashganda yuqoridan turib gaplashadi. Yuzida mensimaslik ifodasi bo‘lib, ovozida kinoya, piching mavjud.
Psixologik trening:
1) Har xil rasmlar va fotolardagi shaxslarning xarakterini aniqlash uchun har bir tinglovchi rasmdagi qiyofaga ta’rif beradi. Keyin birgalikda ta’rif muhokama qilinadi.
2) Boshqa guruhdagi pedagog - muhandis, direkor o‘rinbosarlaridan bir necha kishini chaqirib ular bilan suhbat o‘tkaziladi. Lekin oldin suhbatning maqsadi aniqlanadi;
a) ishga qabul qilish uchun suhbat;
b) lavozimga tayinlash uchun suhbat;
v) rag‘batlantirish (mukofotlash uchun suhbat) va hokazolar. Keyingi bosqichda har bir suhbat uchun reja tuziladi. Suhbat davomida faqat bitta rahbar suhbatni olib boradi, boshqalarning aralashishi ta’qiqlanadi.
3) Taklif etilgan “qatnashchi” chiqib ketgandan so‘ng guruh suhbatni tahlil etiladi.
4) Tahlil jarayonida hulq - atvori, ma’naviy qiyofasi, xarakteriga ta’rif berilgan shaxs haqida aytilgan fikrlar, gaplar hech qayerda va hech kimga aytilmasligi kelishib olinadi. Shuni unutmaslik kerakki, rahbar o‘z faoliyati jarayonida kishilarning oilaviy, shaxsiy sirlarini “nozik” tomonlarini bilib qoladi va bu sirlarni hech qachon birovga aytmasligi shart.
5) Shaxsning yurishiga, gavda, bosh, qo‘l va oyoqlarining harakatiga qarab uning kayfiyatini, xarakterini aniqlash bo‘yicha proyektivning slaydlaridagi chizilgan odamlarga va ularning holatiga ta’rif berish mashqi. Hamma yozadi va keyin, tahlil qiladi.
3. Suhbat. Rahbar jamoa a’zolari bilan individual yoki kichik guruhchalarda suhbatlashish uchun oldin quyidagilarni bajarishi kerak:
a) maqsadni aniqlash; b) qaysi masala va muammolar haqida gaplashiladi?
v) suhbatdoshga qanday savollar beriladi?
g) suhbat qachon va qayerda o‘tkaziladi?
Bular oldindan belgilab olinadi. Beriladigan savollarning mazmuni va mohiyati odob doirasidan chetga chiqmasligi, suhbatdoshda qandaydir shubha tug‘dirmasligi kerak. Umuman olganda rahbar o‘z qo‘l ostidagilar bilan ko‘proq uchta maqsadni o‘z oldiga qo‘yib suhbatlashadi.
1. Kognitiv maqsadi: O‘qituvchining intellektual, kommunikativ, didaktik, gimnastika va boshqa xususiyatlarini aniqlash uchun.
2. Boshqarish va ta’sis etish maqsadida: tushuntirish, ko‘rsatish, ko‘rsatma berish, buyruq berish va nazorat qilish.
3. Tarbiyaviy maqsadga: maslahat, nasihat, rag‘batlantirish, namuna ko‘rsatish va boshqa maqsadlarda. Suhbat jarayonida hatti-harakatiga qarab suhbatdagi sheriklarning quyidagi turlari mavjud:
1. Ochiq - samimiy kishi. O‘zi haqida, oilasi haqida, hamkasblari haqida shunchalik samimiy, ochiq, rost gapirishadiki, ba’zan bu rostgo‘yligi bilan o‘ziga zarar qilishi ham mumkin.
- Rahbar sifatida bunday odamlarga sizning munosabatingiz qanday bo‘ladi?
2. “Niqobdagi odam”: o‘zi haqida, odamlar haqida, biror hodisa yoki voqea haqidagi fikrini bildiradi. Odamlar va voqealar haqida “neytral” munosabat bildiradi.
- Rahbar sifatida bunday odamlarga sizning munosabatingiz qanday bo‘ladi?
3. Hamma narsalarni va odamlarni yomonlovchi (negativis). Bunday odamning qalbida atrofdagilarga nisbatan ko‘ra olmaslik, g‘azab, nafrat mabjud bo‘ladi.
- Rahbar sifatida bunday odamlarga sizning munosabatingiz qanday bo‘ladi?
4. Hissiyotli-hayolparast. Odamlar, voqea va hodisalar, o‘zi haqida haqiqatni gapiradi, birovlarning va o‘zining ustidan kulishni yaxshi ko‘radi. Bular azgina subektiv odamlar.
- Rahbar sifatida bunday odamlarga sizning munosabatingiz qanday bo‘ladi?
5. Ichimdagini top. Ko‘proq, hamma narsadan hadiksirab turadi, natijada bunday shaxsdan ham o‘zi, birov, voqea va hodisa haqida obektiv ma’lumot olish qiyin. O‘zi kam gapiradi, birovni tinglashni yoqtiradi. So‘ralganda “xa”, “yo‘q”, “bor”, “shunday” deb javob beradi.
- Rahbar sifatida bunday odamlarga sizning munosabtingiz qanaday bo‘ladi?
Suhbat jarayonida shaxsning ishonchini qozonish va aniq ma’lumotlar olish usullari:
1. Suhbatdoshiga uning ishdagi yutuqlari va qiyinchiliklariga sog‘ligi, oilasiga qiziqish va bu ma’lumotlarni samimiy ohangda so‘rash.
Ochiq yuz bilan salomlashish va ishonch bildirish ham shaxsning qalbiga yo‘l ochadi.
2. Tinglay olish - (eshitish) qobiliyati. Rahbar butun diqqati bilan hamsuxbatni eshitishi.
Suhbat jarayonida boshqa ish va kishilar bilan ishi bilan shug‘ullanmaslik, hamsuhbatning fikrini vaqti-vaqti bilan ma’qullash uchun boshni qimirlatib turishi, yoki ”xa” deb qo‘llab turish.
3. Suhbatdoshga gapirishga ko‘proq imkoniyat berib, o‘zingiz kamroq gapiring. Suhbat jarayonida sherikning fikrini aniqlovchi savollar berib boring. Iloji boricha baxsga kirishmang. Bordi-yu suhbatdosh baxs boshlasa, qizishmasdan, yotig‘i bilan muammoni hal qilishga, suhbatni shaxsiy hususiyatlar muhokamasiga emas, faoliyatning muhokamasiga qarating.
4. Suhbat suhbatdoshga yaxshi tilaklar tilash va “undan ko‘p muvaffaqqiyatlar va ishda yutuqlar kutayotgaligini” bildirish bilan yakunlanadi. Suhbatdoshga ishonch bildirishni unutmang. Bu esa, uning sizga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi.
Shuningdek, shaxsning tashqi ko‘rinishi o‘zini tutishi, xatti-harakati, yuz ifodasi va ko‘zi, nutqi uning shaxsiy hususiyatlarini, ichki dunyosini doimo namoyon qilib turadi. Rahbar yuqoridagi belgilarga qarab insonni o‘rganib borishi mumkin. Quyida shu belgilardan ba’zi birlarini keltiramiz.
1. Mag‘rur kishilarning o‘zini tutishi: yurayotganda ko‘krak oldinga chiqqan, boshini orqaga tashlaydi. Nutqida “men” so‘zi ko‘p uchraydi. Gap mazmuni ko‘pincha nasihatomuz bo‘lib birovning fikrini qiyinchilik bilan qabul qiladi. Iloji bo‘lsa o‘z fikrini va ta’sirini birovga o‘tkazishga harakat qiladi.
2. Kamtar kishilarning o‘zini tutishi: Gavdasi ozgina bukchaygan, boshi yerga egilgan, suhbatlashayotganda rahbarning gapini diqqat bilan eshitadi, o‘z fikrini aytishga tortinadi. Nutqida “men” so‘zi juda kam. O‘zining hizmat va yutuqlarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi.
3. Laganbardor kishilarning o‘zini tutishi: Butun gavdasi bilan oldinga egilgan, lablarida shirin tabassum. Ko‘pincha siz gapirganingizda sizga komplement qiladi. Ko‘zlari begunoh qo‘zichoqning ko‘zlaridek mo‘ltirab tursa ham aslida shu ko‘zlarning tagida ayyorlik, ko‘raolmaslik yashirinib yotgan bo‘ladi. Faqat jaxli chiqqanda, zarar ko‘rganda ichki dunyosini fosh etib qo‘yadi.
Yuqorida keltirilgan bir qator shaxs hususiyatlari, xarakter belgilarini to‘ppadan-to‘g‘ri qabul qilmaslik kerak. Negaki, “inson” deb nomlangan mavjudot shunchalik murakkabki, uni o‘rganish uchun juda katta tajriba bilan kuzatuvchanlik zarur bo‘ladi. Ba’zan, adashib qolish mumkin.
Masalan, sizni o‘ta hurmat qiluvchi sizning ko‘nglingizni olish, bergan vazifa va topshiriqlaringizni bajarish uchun o‘zini “o‘tga” ham “suvga” ham urishga tayyor shaxsni laganbardor bilan adashtirib qo‘yish mumkin. Agar uni navbatdagi langanbardorlardan biri deb mensimasangiz, siz uchun ham u uchun ham katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin.
Misol, ikki do‘st birga ishlashar “oralaridan qil ham o‘tmas” o‘zaro hurmat va izzat yuqori edi. Taqdir taqazosi bilan do‘stlardan biri lavozimga ko‘tarildi, ikkinchi do‘st o‘rtog‘ining shunday lavozimga ko‘tarilgandan bag‘oyat hursand bo‘lib, unga oldingidan ham ko‘proq hurmat ko‘rsata boshladi. Yakka holda ham, jamoa oldida ham uning izzatini joyga qo‘ydi. Afsuski rahbar tezda o‘zgarib do‘stining unga nisbatan hurmatini suviste’mol qila boshladi. Asta-sekin uni mensimaslik alomatlari uni tahqirlash qilish belgilari paydo bo‘ldi. Afsuski do‘stlar uchun bunday vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li ajralish bo‘lib, shundan ozmi- ko‘pmi o‘zaro hurmat qolishi mumkin edi. Bu bilan demoqchimizki: Oltinni kumushdan farqlash uchun ham har qaysisining mohiyati va qiymatini bilish katta mahorat va tajriba talab etmaydi.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling