3-mavzu. Rahbar shaxsi psixodiagnostikasi reja


Download 145.5 Kb.
bet6/8
Sana22.12.2022
Hajmi145.5 Kb.
#1043538
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. RAHBAR SHAXSI PSIXODIAGNOSTIKASI

Motivasiya – o‘z maqsadiga yoki jamoa maqsadiga erishishda o‘zida va boshqalarda birga harakatlanish, o‘zaro muloqot qilishga intilishga aytiladi. Guruh a’zolarini motivasiyalash ularda shu ishga qiziqish uyg‘otish va guruhda birgalikda harakat qilib, o‘zini ko‘rsatabilishga sharoit yaratish. Motivasiya jarayonining mazmun mohiyati shundan iborat-ki, bunda guruhning har bir ishtirokchisi tashkilot maqsadidan kelib chiqqan holda talab va imkoniyatlardan foydalanib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajaradi.
Nazorat funksiyasi guruh o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish imkonini beradi. Yuqoridan (rahbar) nazorat qilishning uch xil yo‘nalishi (aspekt) bor: standart o‘rnatish (muvafaqqiyatga erishishning aniq maqsadi va vaqti); erishilgan natijani baholash (ayni shu damda); aniqlik kirituvchi harakatlar reja yoki maqsadga yetishdagi xatolik xalaqitlarni yo‘qotish).
Yuqorida ko‘rsatilganidek, motivasiya, o‘zida va boshqalarda tashkilot va shaxsiy maqsadlarga yetishishda muloqatda bo‘lish va birga harakat qilishga intilish demakdir. Guruh ya’zolarini motivizasiyalash – ularning qiziqishlarin uyg‘otish, guruh bo‘lib harakat qilishda o‘zni ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib berish.
Guruh ishtirokchilari:
- muvafaqqiyat bilan tanish bo‘lishi;
- mehnat natijasida o‘zini bilishi va mehnatda o‘zini ko‘rsatishi;
- o‘zining kerakligini sezishi lozim.
Nazorat guruhining o‘z maqsadiga yetishishida motivasiya bevosita asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qancha takliflarni berishimiz mumkin: o‘ylangan, imkon darajasidagi standartlarni belgilash; muvafaqqiyatlarni mukofotlash; o‘ta qattiqqo‘l bo‘lmaslik. Nazorat g‘alabaga, muvafaqqiyatga yo‘naltirilgan natijalarni hisobga oluvchi o‘z vaqtida o‘zgarishlarga javob beruvchi, oddiy va tejamli bo‘lishi kerak.
Boshqaruvning to‘rttala funksiyasi ikkita umumiy xarakteristikaga ega (kommunikasion bo‘lish va qaror qabul qilish xususiyatlari).


4. Pedagogik jamoani o‘rganish uslublari
O‘zbekiston Respublikasning Mustaqilligi sharofati bilan ta’lim muassalarida amaliy psixologlar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu esa ta’lim dargohidagi psixologik muhitni, shaxslararo munosabatlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Har bir direktor va uning yordamchilari pedagogik jamoaning o‘zi haqida jamoa fikrini, o‘ziga beradigan jamoani bahosini bilishga qiziqishi tabiiydir. Bunday tatqiqotlarni o‘tkazishni amaliy, ilmiy va ma’muriy ahamiyati juda katta bo‘lib, rahbarlar shu natijalarni e’tiborga olib o‘z ishini olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Avvalambor, bu tashxis metodlarni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchilarga: “ta’lim muassasidagi o‘quv-metodik ishni takomillashtirish uchun ba’zi bir psixologik tashxis o‘tkaziladi. Iltimos savol topshiriqlarga ob’yektiv javob berishingizni so‘raymiz” deb e’lon qilinadi.
Anketalarga raspendentlar ismi-familiyasi ko‘rsatish shart emasligi eslatiladi.
Bu tadbirni ta’lim muassasasi amaliy psixologi o‘tkazadi va natijalarni iloji boricha faqat zarur shaxslarga ko‘rsatiladi (direktor va lozim topgan kishilarga)shuni unutmaslik kerakki, psixologik tashhis natijalari nopok kishilar qo‘liga tushib qolsa, u yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarni rahbarlar yoki o‘qituvchilar emas,balki betaraf xodimlar (ish beruvchilar)maktab psixologi pedagogik amaliyotga kelgan psixolog, xech bo‘lmasa tashqaridan chaqirilgan psixolog mutaxassis o‘tkazish mumkin. Tadqiqot natijalari bilan qa’tiy chegaralangan kishilar;
Direktor, uning o‘rinbosarlari va boshqa zarur xisoblangan shaxslar tanishtiriladi ularga tadqiqot natijalarini noto‘g‘ri talqin etish, har xil g‘iybat gaplarni tarqatishni axloqi ma’muriy va jinoiy javobgarligi mavjudligini eslatadi. Tadqiqot natijalari maxsus joyda, maktab psixiologi ixtiyorida saqlanadi
Bu yerda bir misol keltirish o‘rinli deb hisoblaymiz, Toshkent shahridagi ta’lim muassalaridan birida o‘quvchilar orasida "Siz yoqtirgan o‘qituvchi va siz sevgan fan" mavzusida so‘rov o‘tkazishni rejalashtiradilar. Ta’lim muassasasi psixologi bu tadqiqot o‘tkazish jarayyonida ikkita o‘zgarish kiritishni taklif etadi.
Birinchidan: agar o‘quvchilardan “Siz sevgan o‘qituvchi kim?”, - deb so‘ralsa ular ancha qiyin ahvolga tushib qoladi, negaki o‘quvchi bitta yoki ikkita o‘qituvchini ajratib ko‘rsatish bilan boshqa o‘qituvchilarni kamsitayotgandek bo‘lishini anglab yetadi.
Shuning uchun ham u anketaga ko‘plab o‘qituvchilarning ismi va familiyasini kiritadi yoki “hammasini sevaman” - deb javob berishi mumkin. Psixolog so‘rovnomaga ikkita savol kiritishni taklif etadi:
1. Siz qaysi fanlarni sevasiz?
1. . . . . . . .(javobi)
2. . . . . . . .(javobi)
3. . . . . . . .(javobi)
4. . . . . . . .(javobi)
Nima uchun aynan shu fanlarni yoqtirasiz?
2. Siz qaysi fanlarni yoqtirmaysiz? Nima uchun?
1. . . . . . . .(javobi)
2. . . . . . . .(javobi)
3. . . . . . . .(javobi)
4. . . . . . . .(javobi)
Psixolog shu bilan birga so‘rovnomaga o‘quvchi o‘z nomi va familiyasini yozishi shart emas deb taklif qildi. Ta’lim muassasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinganda shu narsa aniqlandiki, o‘quchilar so‘rovnomaga javob berish jarayonida faqat fanga o‘z munosabatlarini bildirmaydilar, balki fan orqali shu fan o‘qituvchisiga ham o‘z munosabatlarini bildiradilar. Ta’lim muassasasi psixologi davlat rahbarlarini tadqiqot natijalari bilan tanishtirib, ularni bu ma’lumotlarni (ayniqsa, aniqlangan salbiy ma’lumotlarni ) jamoatchilikka bildirish shart emasligini ta’kidlaydi, ammo shu yaqin orada o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida direktor o‘rinbosarlaridan biri ko‘pchilikning ichida bir o‘qituvchi haqida “Z………xon yetuk, tajribali o‘qituvchi, bizlar u kishiga ishonar edik, afsuski o‘tkazilgan psixologik tekshirishlarda bu o‘qituvchimiz va u o‘qitayotgan fan past baxo oldi”, - deb e’lon qiladi. “Z” - shu orada ta’lim muassasasi rahbariyati bilan janjal qilib, o‘ziga nisbatan, nohaqlik va tuxmat qilinayotganligini yuqori tashkilotlarga xabar qiladi. O‘qituvchi bilan o‘tkazilgan suhbat, tushuntirishlarga qaramasdan u ishdan bo‘shab boshqa joyga ketib qoldi. Maktab rahbari pedagogik jamoadagi norasmiy yetakchiliklarni ham bilishi va bu norasmiy liderlar bilan alohida, o‘ziga xos shaxslararo munosabat o‘rnatishi muhimdir.
Jamoadagi yetakchilar (liderlar) ikki xilda bo‘ladi:

  1. ijobiy liderlar;

  2. salbiy liderlar.


Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling