3-mavzu. Rahbar shaxsi psixodiagnostikasi reja


Download 145.5 Kb.
bet5/8
Sana22.12.2022
Hajmi145.5 Kb.
#1043538
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. RAHBAR SHAXSI PSIXODIAGNOSTIKASI

3. Boshqaruv diagnostikasi
Bu o‘rinda biz ta’lim jarayonini boshqarishning psixologik-pedogogik diagnostika qilish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’limni boshqarish samaradorligi birinchi navbatda ta’lim va tarbiya samaradorligi, shuningdek ta’lim jarayonida ishtirokchilarning pedogogik o‘zaro muloqotdan qoniqish darajasi bilan belgilanadi. Bu ikkita parametr pedagogik kollektivda (pedagogik jamoada) shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanish darajasini belgilashda psixologik o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. Rahbar va o‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlari ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim samaradorlini aniqlashda o‘quvchi ishtirok etuvchi pedogogik holat ham inobatga olinadi.
Boshqarish funksiyasi. Boshqarish – maqsadga yetishish uchun tashkilotlarning ishini rejalashtirish, tashkillashtirish va nazorat qilishga aytiladi. Boshqarish asosan muvafaqqiyat qozonishga qaratilgan bo‘ladi. Maqsadga yetishgan tashkilot muvafaqqiyat qozongan deb hisoblanadi. Tashkilotning muvaffaqqiyatga erishishining bir qancha tashkiliy momentlari bor: raqobatda yutish, yaxshi natijaga erishish, samaradorlik, ishlab chiqarish maxsuldorligi, realizasiya (mahsulotni sotish).
“To‘g‘ri, zaruriy ishlar” qilingach, kutilgan natijaga erishiladi. Samaradorlik esa – mana shu ishlar amalga to‘g‘ri oshirilganligidir. P.Duker nisbiy samaradorlikni ishlab chiqarish unumdorligini deb ham ataydi. U ishlab chiqarish boshlanishidagi miqdor birliklarining ishlab chiqarish tugagani (mahsulot tayyor bo‘lganidagi) miqdor birliklarini solishtirish orqali baholaydi. Unumdorlikning asosini mahsulot sifati belgilaydi (masalan, o‘quvchining tarbiyasi, bilim darajasi).
Boshqaruv jarayoni o‘zaro bog‘liq uzluksiz harakatdan iborat. Bunda alohida harakatlarga funksiya deyiladi. Boshqarish funksiyasining yo‘nalishlari (spektr) juda keng va turlichadir.
Ta’lim faoliyatini boshqarish spektrlari: rejalashtirish, tashkil qilish, moslashtirish va nazorat.
Tashkiliy jarayon(faoliyat)ni guruh rahbari rejalashtiradi, bunda albatta bu ishga aloqador kishilar ishtirok etadi. Masalan, tarbiyaviy ishni rejalashtirishda rahbar avvalo o‘quvchilar va xodimlarning istaklarini o‘rganadi, keyin bu ishni yaxshi tushunadigan kishilar bilan maslaxatlashadi. Bunda u savolga javob, diskussiya, “miyani ishg‘ol etish” kabi usullardan foydalanishi mumkin.
Rejalashtirilgan ishni amalga oshirish uchta savolga javob berish demakdir: “hozir biz qanday ahvoldamiz?”, “qayerga boramiz (harakatimiz natijasi) ?”, “buni qanday amalga oshirmoqchimiz?”. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o‘zini qanday tutadi, qaysi vazifalarni bajaradi, imkoniyatlari nimadan iborat ekanini aniqlab olish kerak.
Guruhni tuzishda va o‘zaro harakatda quyidagi masalalarni yechish kerak bo‘ladi: kim nima vazifani bajaradi, nimaga javobgar, kimning qanday huquqlari mavjud.
Guruh ko‘zlangan maqsadga erishmasa reja, juda yaxshi tashkillashtirilgan ish ham o‘z mazmunini yo‘qotadi. Bu ishtirokchilarning yetarli darajadi tayyor emasliklarini (motivasiya) bildiradi.

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling