3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana24.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1718367
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Mohiyat va mavjudlik. Platon mohiyatni narsalarning moddiy-hissiy borlig‘i 
bilan bog‘lash mumkin bo‘lmagan g‘oya sifatida tavsiflagan. Har qanday g‘oya 
kabi, mohiyat nomoddiy, o‘zgarmas va boqiydir. Aristotel mohiyat deganda 
narsalar borlig‘ining abadiy tamoyilini tushungan. Narsaning mohiyati qotib 
qolgan materiya bilan emas, balki shakl bilan belgilanishiga uning ishonchi komil 
bo‘lgan. Ma’lumki, antik an’anada «shakl» va «g‘oya» tushunchalari bir xil 
ma’noga ega. Biroq, Platondan farqli o‘laroq, Aristotel shakl (g‘oya) va materiyani 
bir-biridan ajratmaydi, balki ularning uzviy aloqasini qayd etadi. O‘rta asrlarda 
mohiyat va mavjudlik o‘rtasidagi farq anglab etiladi. Mohiyat muayyan maqsad
mo‘ljalni o‘zida mujassamlashtiradi, mohiyatni bilish esa uning tub negiziga 
muvofiq bo‘lgan ta’rifda ifodalanadi.
O‘rta asrlar falsafasida qayd etilgan mohiyat va mavjudlik o‘rtasidagi farq 
keyinchalik mohiyat va hodisaning nomuvofiqligi sifatida talqin qilingan. Bu 


nomuvofiqlik tasodifiy, o‘tkinchi bo‘lishi va asosiy tamoyilni, ya’ni narsani uning 
muhim xossalari bilan yaratgan Tangri niyatini tushunishdan chalg‘itishi mumkin.
Mohiyat va hodisa o‘rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
a) mohiyat va hodisa bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Hodisa o‘zida mujassamlashgan 
narsa, ya’ni mohiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Mohiyatda u yoki bu tarzda 
namoyon bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q; 
b) mohiyat va hodisaning birligi ularning o‘zaro mosligi, ayniyligini anglatmaydi. 
Mohiyat doimo hodisa ortida yashirinib yotadi. Agar narsalarning namoyon bo‘lish 
shakli va mohiyati bevosita mos kelganida, fanga hojat qolmas edi; 
v) hodisa mohiyatga qaraganda faolroq va jo‘shqinroq, mohiyat esa barqarorroq va 
turg‘unroq - u barcha o‘zgarishlarda saqlanib qoladi. Ammo, hodisaga nisbatan 
barqarorroq bo‘lgan mohiyat mutlaqo o‘zgarishsiz qolmaydi; 
g) hodisa mohiyatga qaraganda boyroq. U ob’ekt muhim aloqalarining ichki 
mazmunigina emas, balki bu ob’ektning har qanday tasodifiy munosabatlari
alohida jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Mohiyat va hodisa o‘zaro munosabatlarining bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini qayd 
etuvchi o‘ziga xos shakli zohiriylikdir. U bizning sezgilarimiz narsalarning 
mohiyatini, aniqroq aytganda mohiyatning biron-bir jihatini bir yoqlama noaniq 
aks ettirishini anglatadi. Ilmiy bilishning maqsadi narsalar va hodisalarning 
zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan iborat.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling