3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinergetika sababiyat haqida.
Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani sub’ektiv
sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. Shartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sinergetika muhitga yagona negiz, bo‘lg‘usi tuzilmaning rang-barang shakllari manbai, rivojlanishning turli yo‘llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo‘lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo‘ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho‘kib o‘ladi. Erning harakatlari xotin o‘limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o‘z holicha oqibat sababi bo‘la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko‘maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko‘rsatadi. Sinergetika sababiyat haqida. Sababiyat haqidagi falsafiy qarashlar uzoq evolyusiya jarayonini boshdan kechirdi. Mexanistik yondashuv sababni sirtdan ko‘rsatilgan ta’sir sifatida talqin qiladi. Dunyo jismlarning tartibga solingan, oldindan aytish mumkin bo‘lgan aniq o‘zaro aloqasi sifatida tasavvur qilinadi. Tasodifning mavjudligi rad etiladi. Sababiyat zanjirlari chiziqli xususiyat kasb etadi, oqibat sabab ta’siriga proporsional bo‘ladi. Binobarin, sababiyat zanjirlariga qarab rivojlanish jarayonining o‘tmishini ham, kelajagini ham aniqlash mumkin. Ammo ilmiy bilimning rivojlanishi mexanistik determinizmning asossizligini namoyish etadi. Sinergetika yo‘nalishi asoschilaridan biri I.R.Prigojin mexanistik determinizmga shunday baho beradi: «Dinamika ratsionalistik modelining mahsuli sifatida tushunilgan determinizm endilikda ayrim hollardagina namoyon bo‘luvchi xossa bilan bog‘lanadi» 12 , deb baho beradi. Fan rivojlanishi bilan sabab-oqibat aloqalarining statistik qonuniyatlari va ehtimoliy tabiati haqidagi tasavvur yuzaga keladi. Murakkab sistemalarning o‘z- o‘zini tashkil etishi haqidagi fan – sinergetika determinizm talqiniga ma’lum aniqliklar kiritdi. Bir qator ilmiy dalillar olimlar har qanday tabiiy hodisalar stoxastik xususiyatga ega va muayyan noaniqlik sharoitida yuz beradi, degan xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo‘llari mavjud bo‘ladi. Sinergetika sabab-oqibat aloqalari nomutanosib sistemalarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Bu sistemalarning rivojlanishi ko‘p variantlidir. Bunda evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo‘llarning muayyan doirasi mavjud bo‘lishi mumkin. 12 Пригожин И. Некоторые проблемы саморазвивающих систем // Вопросы философии. 1989. №8. – С4 Rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berish ehtimoli mavjud, chunki u tasodifiy aloqalar orqali sodir bo‘ladi. Nomutanosib sistemalar tashqi omillarga o‘ta ta’sirchandir. Shu bois intensivlik darajasiga ko‘ra ahamiyatsiz bo‘lgan ta’sirlar ham kutilmagan natijalarga olib keladigan shikastli oqibatlar sababi bo‘lishi mumkin. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling