3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Zaruriyat va tasodif falsafiy kategoriyalari narsalar va hodisalarning bir-biri bilan
har xil tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan beri faylasuflar e’tiborini o‘ziga tortib keladi. Vaqt o‘tishi bilan ularning talqini o‘zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo‘lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning o‘ta murakkab sistemalar o‘z-o‘zini tashkil etishidagi roli alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif kategoriyalari bir qator ilmiy yo‘nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix va hokazolarda muhim metodologik ahamiyatga egadir. Odamlar amaliy faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb etmaydi. Ammo ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir. Zaruriyat- bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, muqarrar tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo‘ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, undan kim jabrlanishi mumkinligi tasodif bilan bog‘liq masaladir, zero yo‘lda muayyan paytda istalgan narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu erda zaruriyat avtomobilning ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi. Zaruriyat – yuz berishi mumkin bo‘lgan narsa. Zaruriyat – ichki xususiyatga ega hodisa, uning sababi o‘zida bo‘ladi va hodisalarning ichki o‘zaro aloqasidan kelib chiqadi. Ammo nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham mavjuddir. Masalan, jismlarning bir- biriga ularning massasiga to‘g‘ri proporsional va ular o‘rtasidagi masofaga teskari proporsional bo‘lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlarning mutatsiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda muqarrar tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning o‘limi muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki jarayonlar bilan belgilanadi. Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‘ladimi? Yo‘q, dunyoda tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor. Tasodif – ob’ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta’sirida paydo bo‘luvchi holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va hodisalarning ta’siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan narsa sifatida ta’riflanadi. Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida ikki nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech qanday tasodif yo‘q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar tasodifni rad etib, fatalizmga yo‘l ochadi. Fatalizm – taqdirga, hamma narsa oldindan belgilanganiga bo‘lgan ishonch. Boshqa bir nuqtai nazar tasodifning ahamiyatini oshirib ko‘rsatadi. Bu erda, aksincha, voqelikdan har qanday ichki bog‘lanishlar, narsalarning ob’ektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda faqat tasodif hukm suradi. Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan olmaydi. Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi. Ularning o‘zaro aloqasi shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‘lish shakli sifatida va uning to‘ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‘lga soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi. Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan, tasodif rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og‘ishlar sifatida paydo bo‘ladi va to‘planib boradi, so‘ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o‘ziga yo‘l ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko‘zlovchi, fe’l-atvori har xil bo‘lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va intilishlarning bog‘lanishi, chatishuvi va to‘qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy, muqarrar xususiyatga ega bo‘lgan muayyan yo‘nalishiga olib keladi. Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif ob’ektiv voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning funksiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‘ich instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalariga ta’rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Zaruriyat va tasodifning qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan aloqa tipidir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling