3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana24.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1718367
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Butun va qism. O‘zaro bog‘langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har 
qanday predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning 
ayrim nisbatan ajralmas majmuani tashkil etadi.
Predmetni (butunni) tashkil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi. Butunni 
tashkil etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog‘lanish predmetga yaxlitlik baxsh 
etadi, ya’ni butunga xos bo‘lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning 
tarqoqlik holatiga xos bo‘lmagan integrativ xossalar va qonuniyatlar paydo 
bo‘lishiga olib keladi. 
Butun o‘zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o‘z qismlarining o‘zaro 
aloqasi tufayli mavjud bo‘lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning 
tuzilishida o‘z ifodasini topadi.


Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo‘lgan. 
Butunni o‘rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan 
ziddiyatlarni echish qiyinchilik tug‘dirgan. Ma’lumki, Dekart o‘zining metod 
haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o‘rganishni bilish vazifasini echish 
uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‘lsa, shuncha qismga 
ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‘indisi deyish ham 
mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‘g‘ri, chunki butun o‘zini tashkil etuvchi 
qismlarning oddiy yig‘indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish 
materiallari bir uyumga to‘kilsa, bino paydo bo‘lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv 
butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni 
bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o‘ziga xosligi uni tashkil etuvchi 
qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari ham butundan kelib 
chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‘lgan yaxlitlik 
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini 
amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan 
olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig‘indisidir, 
degan qoidaga butun o‘zini tashkil etuvchi qismlar yig‘indisidan ko‘proqdir, degan 
qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‘ladi, degan fikrga butun 
o‘zining qismlaridan oldinroq paydo bo‘ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh 
etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham 
bilishning qarama-qarshi mo‘ljallarida o‘z ifodasini topadi: butunni bilish uning 
qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday 
yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi 
bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va qismning yaxlitlik orqali 
ifodasida namoyon bo‘ladi. Yaxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa misol bo‘ladi: 
har bir atom yadrosining og‘irligi uning tarkibiy qismlari og‘irligining 
yig‘indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va 
energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari 
nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni echish butun 
va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan olishni 
nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‘liq bo‘ladi, u butundan yangi 
xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‘proq darajada – ular o‘rtasidagi 
aloqaning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Butunning uch tipi ma’lum: 
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va 
undan deyarli o‘zgarmasdan chiqadi); 
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‘rinishi o‘zgarsa; 
v) organik butun, agar qismlar o‘z-o‘zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
Qismlar o‘rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning 
yaxlitligini belgilaydi. Yaxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun 
qismlarining birligi ta’minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik 
xususiyatini kasb etadi. Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi. 
Aloqaning strukturaviy (tuzilishning bog‘lanishlari), funksional (predmetning 
faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil 
etadi. Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi: 


Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog‘liqligi va butunning qismga 
sezilarli darajada bog‘liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g‘ildiragi yoki ruli 
uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o‘z sifatida avtomobildan 
qat’iy nazar mavjud bo‘lishi mumkin.
Noorganik yaxlitlikda qismlarning butunga bog‘liqligi ortadi, butunning qismga 
bog‘liqligi esa kamayadi. Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‘z 
xossalarini saqlash va nisbatan o‘zgarmas bo‘lib qolish imkonini beradi. Masalan, 
elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan 
elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Organik yaxlitlikda organik dunyoda nafaqat qismlarning o‘zaro mosligiga, balki 
ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning 
qismlari butundan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Tanadan uzilgan qo‘l faqat 
nomigagina qo‘l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil 
etuvchi qismlarni, balki qismlar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali 
amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda 
joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga 
kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan 
alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari – 
vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‘z qismlarining oddiy 
yig‘indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni 
quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. 
Butun hosil bo‘lganda qismlar xossalarining yig‘indisidan iborat bo‘lmagan yangi 
sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‘zaro 
aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika butunni bilish 
faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishi 
mumkin va aksincha, qismlarni o‘rganish butunga doir oldingi bilimga tayanishi 
lozim, deb hisoblaydi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling