3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana24.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1718367
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan 
o‘xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi. 
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni 
aniqlash orqali ochib berish mumkin. Yakkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida 
idrok etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror individualligi, boyligidan 
mahrum bo‘lgan abstraksiya bo‘lib qoladi. Yakkalik va umumiylikning 
keltiriladigan ta’riflari ularni ayni bir ayrim ob’ektning tomonlari sifatida 
tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning 
mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – butun 
tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa 
tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa 
jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda yakkalik va 
umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq 
predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatik 
jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi
Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xshashligi va farqlarini 
belgilovchi xossalardir.
«Yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga xos bo‘lgan 
jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o‘rtasida muayyan sifat 
jihati doirasida amalda mavjud bo‘lgan ayniylikdir. Yakkalik ham, umumiylik ham 
mustaqil mavjud bo‘lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud 
bo‘ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina 
mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki hodisa qarama-qarshiliklar birligi 


hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday 
umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u 
ayrim narsa yoki hodisani to‘liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud 
ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik o‘z mohiyatiga ko‘ra mavhum hisoblangan 
umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini 
chuqurroq yoritadi 
O‘rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi 
bahs uning ishtirokchilari realistlar va nominalistlarga bo‘linishiga olib keldi. 
Realistlar umumiylikni yakkalikdan ajratib, umumiylikni mustaqil holda mavjud 
hodisa sifatida, narsalar paydo bo‘lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk 
timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning ro‘yobga chiqarilgan g‘oyasi sifatida talqin 
qilganlar. Shunday qilib, realistlar fikricha umumiylik narsalarga qadar, narsalarda 
va narsalardan keyin narsaning muayyan g‘oyasi sifatida mavjud bo‘ladi. 
Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy 
tushunchalar esa, ayrim narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar. Mazkur 
tasavvurlar aks sadosiga bugungi kunda ham, masalan, umumiylik ob’ektlar 
to‘plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet bilan tenglashtirilgan holda duch 
kelish mumkin. Amalda umumiylik va yakkalik kategoriyalari ob’ektlarni emas, 
balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo‘lgan xossalarini 
aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning har 
bir ob’ektdagi ko‘rinishi, uyg‘unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. 
Shu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling