3-Mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
Download 125.92 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-jadval Tijorat magazinlarining tovaroborot hajmi bo`yicha guruhlanishi
- 2-jadval Oraliqni yiriklashtirish usuli yordamida ikkilamchi guruhlash tartibi
- 2.3-jadval Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibi
- Internet saytlar
Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish o`rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo`yicha amalga oshiriladi. Masalan, ishchi malakasining oshishi (omil belgi) mehnat unumdorligining (natijaviy belgi) oshishiga olib keladi.
Ikki va undan ortiq belgilar bo`yicha amalga oshirilgan guruhlashlar kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo`yicha bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo`ladi. 3.4. Ikkilamchi guruhlash. Dastlabki guruhlangan ma`lumotlarga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish statistikada ikkilamchi guruhlash deb yuritiladi. Bu usul odatda: sifat jihatdan bir xil tipga ega bo`lgan guruhlarni hosil qilish; bir yoki bir necha guruhlarni bir-biri bilan taqqoslash; umumiy qonuniyat yaqqol ko`rinuvchi yirik oraliqli guruhlarni hosil qilish maqsadida qo`llaniladi. Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari asosan dastlabki statistik ma`lumotlar bo`yicha amalga oshiriladi. Ikkilamchi guruhlash: dastlabki guruhlash oraliqlarini yiriklashtirish; oraliqlarning nisbatiga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish usullarida amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda har ikkala usulni ham juda keng qo`llash maqsadga muvofiqdir. Xususan, ikkilamchi guruhlashning ikkinchi yo`li tadqiqotchi qo`lida turlicha dastur va metodologiya asosida hisoblangan ma`lumotlar salmoq ko`rinishida bo`lgan hollarda keng qo`llaniladi. 3.1-jadval Tijorat magazinlarining tovaroborot hajmi bo`yicha guruhlanishi
Ko`rinib turibdiki, ushbu keltirilgan guruhlash ma`lumotlari etarli darajada yaqqol emas va umumiy qonuniyatni ifodalab berolmaydi. Bu erda faqat to`plam tuzilishini payqay olishimiz mumkin, xolos. Tovar oborotining umumiy hajmi va bitta do`konga to`g’ri kelgan tovar oborot hajmi o`rtasidagi bog’lanish darajasini aniqlash maqsadida yuqoridagi o`nta guruhni 5 ta guruhga ajratib tegishli ko`rsatkichlarni hisoblaymiz (2-jadval). 2-jadval Oraliqni yiriklashtirish usuli yordamida ikkilamchi guruhlash tartibi
Ushbu usulda yangi guruhlar soni boshlang’ich guruhlarning tegishli oraliqlarini qo`yilgan maqsadga muvofiq yiriklashtirish yo`li bilan aniqlanadi. Masalan, shartga binoan ikkinchi guruhga 10 ming so`mdan 20 ming so`mgacha tovar oborot hajmiga ega bo`lgan 2 va 3-guruhdagi do`konlar kiradi (8+13). Xuddi shu tariqa ular bo`yicha tovar oborotning umumiy hajmi aniqlanadi (112+200). Natijada guruhlash ixcham va yaqqol ko`rinishni oladi. Umumiy qonuniyat esa ko`zga tashlanadi: tovar oborot hajmi oshib borgan sari 1 ta do`konga to`g’ri keladigan tovar oborot hajmi ham muttasil o`sib borish yo`nalishiga ega (5-ustunga qarang). Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibini yuqoridagi misol ma`lumotlarida ko`rib chiqamiz. O`nta guruh o`rniga yirikroq guruhlar tashkil qilish maqsadida ularni beshta guruhga bo`lamiz (2.3-jadval). Birinchi guruh (40 ming so`mgacha) tovar oborot hajmiga ega bo`lgan do`konlarga boshlang’ich guruhlashning 1, 2, 3, 4-guruhlardagi do`konlar soni (15+8+13+3) va 5-guruhning esa faqat bir qismi kiradi. Birinchi oraliq 40 sonini tashkil qilishi uchun beshinchi guruhdan 10 sonini ajratib olish kerak. Bu guruhning oraliq kattaligi 20 (50-30). Demak, 10 soni oraliqning 1/2 qismini (10/20) tashkil qilar ekan. SHu nisbat asosida beshinchi guruhdan do`konlar sonini aniqlab olamiz: 2.3-jadval Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibi
Natijada birinchi guruhda do`konlar sonini hisoblash quyidagi umumiy ko`rinishni oladi: 15 + 8 + 13 + 3 + 4,5 = 43,5 Tovar oborot hajmi ham shu nisbat asosida aniqlanadi: 93 + 112 + 200 + 68 + 75,6 = 548,6 3.5.Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati Tasniflash va guruhlash statistik to`plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog`langan bo`lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o`rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o`ralashib qolgan hom boshlang`ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog`langan, ma`lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo etish imkonini beradi Statistikada tasniflash deganda o`rganilayotgan narsalar va hodisalarni tartiblash maqsadida ularning tabiati, o`xshashlik va farqlovchi xususiyatlariga qarab ma`lum qismlarga, guruhlarga, sinflarga, turkumlarga, turlarga taqsimlash tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to`dasi tasniflash belgisi, ularning har bir sohibi tasniflash birligi deb ataladi. Statistikada tasniflagich deb ma`lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning (iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari, korxonalar, faoliyat turlari, tovar va xizmatlar, budjet daromadlari va xarajatlari, kasb-hunarlar, asosiy fondlar va h. k.) tartiblashtirilgan ro`yxati (sanoqnomasi) yuritiladi. Kod - bu tasniflash guruhlari va obyektlarini belgilash uchun qabul qilingan shartli nishon yoki alomatlar to`plami. U obyekt nomi o`rnini bosadi va uni identifikatsiyalash (tasniflashdagi o`rnini, qaysi tavsif guruhiga mansubligini aniqlash) vositasi bo`lib xizmat qiladi. Tasniflash odatda atributiv belgilar asosida tuziladi va barqarorlik xislatiga ega bo`lib, uzoq muddat davomida xizmat qiladi. U faset yoki ieriarxik (pog`onama-pog`ona) usuli yoki ikkala usul birikmasi yordamida barpo etiladi. Shu jihatdan tasniflagichlarni faset yoki ieriarxik tuuilma turlariga ajratish mumkin. Iqtisodiy tasniflashlar tizimi statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasidir. Qo`llanish uchun majburiy hisoblanadigan asosiy tasniflashlar standart kuchiga ega. Ular odatda statistika tashkilotlari tomonidan axborot iste`molchilari bilan kelishgan holda yaratiladi va xalqaro darajada garmonizatsiyalash (uyg`unlashtirish) predmeti hisoblanadi. O`zbekiston davlat statistikasida quyidagi asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo`llanadi: tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo`jaligi tarmoqlari, boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet daromadlari va xarajatlari, mulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma`muriy-hududiy bo`linmalar obyektlari, mahsulotlarni (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalarning tasniflagichlari. 3.6.Taqsimot qatori mohiyati va uni tarkibiy unsurlari. Statistika o`rganadigan to`plamni bunyod etuvchi unsurlar uning birliklari deb ataladi. To`plam tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta`riflanadi, ya`ni ularni bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi chegaralar belgilanadi; ikkinchidan mazkur statistik to`plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi. Statistik to`plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir. Eng oddiy boshlang`ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo`lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda to`plam birliklari ma`lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi. Bunday tartiblangan statistik to`plam statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar qatori (ketma - ketligi) bilan ta`riflanadi. Statistik qatorlar turli shakllarda va yo`llar bilan tuziladi. O`rganilayotgan obyektlarni tasniflash usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisidinamika qatorlari. Statistik to`plam birliklarini ma`lum holatga (paytga) nisbatan yoki vaqt oralig`I davomida kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot qatorlari deb yuritiladi. Statistik to`plam birliklarini uzoq vaqt davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari bo`yicha tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o`rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi. Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketmaketligi bo`lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketmaketliklaridir. To`plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi olinishiga qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya`ni mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil bo`lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb yuritiladi. To`plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab tasniflash natijasida hosil bo`lgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi Saflangan qatorlar.Variatsion qatorlarning eng sodda shakli saflangan (bo`ysiralangan, ranjirlangan) qatorlardir. Ayrim miqdoriy belgilar asosida statistik to`plam belgilarini bo`ysiralash yo`li bilan ko`payuvchi yoki kamayuvchi shaklda tuzilgan qatorlar saflangan qatorlar deb ataladi. Diskret qatorlar. Agarda saflangan qator tayanchi bo`lib tadrijan, darajama-daraja, uzuq-uzuq o`zgaruvchi belgi xizmat qilsa va uning ayrim miqdoriy qiymatlari tez-tez takrorlanib tursa, ularni sanab, muayyan variantaning variantlar sonini, sig`im, hajmini,vaznini aniqlash mumkin. Natijada saflangan qatorga qaraganada variantalarning umumiy soni qisqaradi va har biri bir qancha birliklarni qamrab oluvchi guruh maqomini oladi. Bunday ikki unsurdan tashkil topgan taqsimotlar diskret variatsion qatorlar deb ataladi. Oraliqli variatsion qatorlar.Cheksiz o`zgaruvchan belgiga tayangan qator unsurlarini kattaroq miqdoriy o`lchamlarda ifodalash uchun to`plam birliklarini muayyan belgiga qarab teng kattalikdagi oraliqlarga bo`lish joizdir. Natijada oraliqli variatsion qator hosil bo`ladi. Demak, bunday qator ikki unsurdan varianta oraliqlar va har bir oraliqqa tegishli bunday birliklar sonidan tarkib topadi. Birinchi element varianta ikkinchisi birliklar yoki variantlar soni deb yuritiladi. Qisqacha xulosalar Tasniflash va guruhlash hodisa va jarayonlarni o`rganish uchun statistik to`plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to`plangan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o`ralib qolgan, hom boshlang’ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog’langan, ma`lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo etiladi. Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni ta`riflovchi birlamchi mutlaq va o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblash bilan odatda chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya`ni analitik statistika to`la qonlikda qo`llanildi, deb bo`lmaydi, chunki u guruhiy ko`rsatkichlarni va ular orasidagi bog’lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi. SHuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko`rsatkichlarini hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to`ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo`ladi va analitik ahamiyati kuchayadi. FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR James MeClave,Terry Sincich Statistics.Textbook.USA.2013p Абдуллаев Ё. Статистика назарияси. Дарслик. – Т.: Ўқитувчи, 2002. – 647 б. Soatov N.M. Tillaxo’jaeva G.N. Statistika nazariyasi. Darslik. – T.: TDIU, 2005. 95– 119 bet. Shadiyev X.A,.Xabibullayev l,. Maxmudov B, Rashitova N., Umarova M.; Statistika: darsIik - Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2013 . 42- 57 Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika Darslik,T, 2011 96-119 b Теория статистики. Учебник В. Н. Долгова, Т. Ю. Медведева 2016 Юрайт Internet saytlar www.stat.uz www.cer.uz www.uza.uz www.mineconomu.uz Mustaqil ta`lim mavzulari 1.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda statistik kuzatish tashkil etishni zarurligi. 2.Statistik guruxlashni amalga oshirish tartibi va tamoyillari 3.Statistik guruhlash turlari 4.Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganishda guruhlash usulining roli va ahamiyati. Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar Tasniflash nima va nima uchun ommaviy hodisa va jarayonlarni o`rganishda uni qo`llash kerak? Tasniflash qanday ilmiy va amaliy ahamiyatga ega? Tasniflashning qanday turlari va usullari mavjud? Faset nimaq Ierarxiyaviy tuzilma-chi? Tasniflash ob`ekti deganda nima tushuniladi, uning birligi deganda-chi? Tasniflash sub`ekti nima? Statistik guruhlash deganda nima tushuniladi, u qanday ahamiyatga ega? Guruhlash qoidalari deganda nimalar tushuniladi? O`zbekiston aholisini jinsi-yoshi bo`yicha taqsimladingiz, bu tasniflashmi yoki guruhlashmi? Kichik va katta korxonalarni aniqlovchi senzlar (miqdoriy belgilar bilan) belgilab qo`yilgan, bu tasniflashmi yoki guruhlash-mi? 2016 yil ma`lumotlari asosida O`zbekistonda faoliyat qiluvchi sub`ektlar kichik va katta korxonalarga taqsimlangan. Bu guruhlashmi yoki tasniflashmi? Tipologik guruhlash nima? Analitik guruhlash-chi, tuzilmaviy guruhlash-chi? Taqsimot (variatsion) qatorlar bilan tuzilmaviy guruhlash orasida farq bormi? bo`lsa nimalardan iborat? Guruhlash belgisi nima va u qanday tartibda saylab olinadi? Guruhlar soni qanday aniqlanadi, guruhlar oralig’i-chi? Guruhlashning ilmiy qoidalari nimalardan iborat? Oddiy va murakkab guruhlash nima, bir o`lchovli va ko`p o`lchovli-chi? Ko`p o`lchovli guruhlashning qanday usullarini bilasiz? Birlamchi va ikkilamchi guruhlash nima? Ikkilamchi guruhlashning qanday usullarini bilasiz? Guruhlash usulining statistik mazmuni va ahamiyatini kuchaytirish uchun uni qanday yo`llar bilan takomillashtirish mumkin? 1 Qarang: Мусулмонлар тақвим китоби. Т., Молвароуннаҳр, 2001, 72-бет. Download 125.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling