3-Mavzu. Statistik jamlash va guruhlash


Markazlashmagan svodkalashda


Download 125.92 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi125.92 Kb.
#1002180
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

Markazlashmagan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar dastlab mahalliy (tuman, viloyat) statistika tashkilotlarida qayta ishlanadi, so`ngra davlat akroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yuboriladi. Bunday svodkalashda statistik kuzatish materiallarini tekshirish va tegishli tuzatishlarni kiritish engillashadi, hududiy ko`rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ammo markazlashmagan svodkalash ma`lumotlarning tarqoqlanishiga olib keladi. SHuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko`rinishdagi svodkalash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Qayta ishlash texnikasiga qarab svodkalash qo`lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda mashinada bajarilishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat sarflanadi va svodkalash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. Hozirgi kunda ko`pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro eHMlar, va zamonaviy komp’yuterlar bilan ta`minlangan.
Keng ma`noda svodkalash deyilganda to`plangan boshlang’ich ma`lumotlarni ilmiy tekshirishda ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash:

  • ma`lumotlarni guruhlash;

  • tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;

  • har bir guruh va guruhlar bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish;

  • guruhlash natijalarini statistik jadvallarga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.

3.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
Statistik kuzatish ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning
keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir.
Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o`rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo`yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o`rganishga aytiladi. Guruhlash o`rganilayotgan hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo`lib hisoblanadi.
Arastu jamiyatdagi kishilarni 3 tabaqaga bo`ladi: 1) eng boy tabaqa; 2) o`rtacha boy tabaqa; 3) eng kambag’al tabaqa. Bulardan eng boy va o`rtacha tabaqalar go`zal fazilatlarga ega bo`lib, kambag’al kishilarda bu axloqiy fazilatlar yo`qdir, deb xulosa qiladi.
Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi. Masalan, korxonalarni:
samaradorlik darajasi bo`yicha quyidagi uch guruhga:

  • ilg’or;

  • o`rta;

  • qoloq;

katta-kichikligiga qarab:

  • yirik;

  • kichik;

mulkchilik shakliga qarab:

  • davlat; jamoa;

  • xususiy kabi guruhlarga bo`lish mumkin.

Murakkab hodisalarni o`rganishda kombinatsion guruhlash usuli juda keng qo`llaniladi.
Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo`lgan quyidagi uch turdagi vazifa echiladi:

  • hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o`rganiladi;

  • hodisalar o`rtasidagi bog’lanish aniqlanadi.

Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi. Agar bular noto`g’ri belgilab olingan bo`lsa, u holda guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bo`yab ko`rsatuvchi natijalarni beradi.

Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling