3-Mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
Markazlashmagan svodkalashda
Download 125.92 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanizatsiyalashgan usulda
- 3.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
Markazlashmagan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar dastlab mahalliy (tuman, viloyat) statistika tashkilotlarida qayta ishlanadi, so`ngra davlat akroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yuboriladi. Bunday svodkalashda statistik kuzatish materiallarini tekshirish va tegishli tuzatishlarni kiritish engillashadi, hududiy ko`rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ammo markazlashmagan svodkalash ma`lumotlarning tarqoqlanishiga olib keladi. SHuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko`rinishdagi svodkalash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Qayta ishlash texnikasiga qarab svodkalash qo`lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda mashinada bajarilishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat sarflanadi va svodkalash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. Hozirgi kunda ko`pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro eHMlar, va zamonaviy komp’yuterlar bilan ta`minlangan. Keng ma`noda svodkalash deyilganda to`plangan boshlang’ich ma`lumotlarni ilmiy tekshirishda ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash: ma`lumotlarni guruhlash; tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; har bir guruh va guruhlar bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish; guruhlash natijalarini statistik jadvallarga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi. 3.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari Statistik kuzatish ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o`rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo`yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o`rganishga aytiladi. Guruhlash o`rganilayotgan hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo`lib hisoblanadi. Arastu jamiyatdagi kishilarni 3 tabaqaga bo`ladi: 1) eng boy tabaqa; 2) o`rtacha boy tabaqa; 3) eng kambag’al tabaqa. Bulardan eng boy va o`rtacha tabaqalar go`zal fazilatlarga ega bo`lib, kambag’al kishilarda bu axloqiy fazilatlar yo`qdir, deb xulosa qiladi. Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi. Masalan, korxonalarni: samaradorlik darajasi bo`yicha quyidagi uch guruhga: ilg’or; o`rta; qoloq; katta-kichikligiga qarab: yirik; kichik; mulkchilik shakliga qarab: davlat; jamoa; xususiy kabi guruhlarga bo`lish mumkin. Murakkab hodisalarni o`rganishda kombinatsion guruhlash usuli juda keng qo`llaniladi. Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo`lgan quyidagi uch turdagi vazifa echiladi: hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o`rganiladi; hodisalar o`rtasidagi bog’lanish aniqlanadi. Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi. Agar bular noto`g’ri belgilab olingan bo`lsa, u holda guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bo`yab ko`rsatuvchi natijalarni beradi. Download 125.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling