3-Mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
Download 125.92 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhlash oralig’i
- Tipologik guruhlash
- Tuzilmaviy guruhlash
Birlamchi belgilar o`rganilayotgan hodisaning (masalan, davlat xo`jaligida ishchilar sonini, asosiy fondlar qiymatini, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va hokazo) mutlaq sonini, hajmini, miqdorini tavsiflaydi.
Ikkilamchi belgilar esa birlamchi belgilarni bir-biriga bo`lish natijasida olingan hosila bo`lib, hodisaning intensivligini, tuzilmasini, dinamikasini tavsiflaydi. Masalan, mehnat unumdorligi ikkala birlamchi belgini, ya`ni mahsulot hajmini ketgan vaqtga bo`lish natijasida olinadi. Bu erda olingan natija, ya`ni mehnat unumdorligi ikkalamchi belgi bo`lib hisoblanadi. Guruhlash oralig’i belgining eng katta va eng kichik variantalri ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar: teng va teng bo`lmagan; ochiq va ochiq bo`lmagan; maxsus ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo`lgan oraliq tushuniladi. U quyidagicha hisoblanadi: . Bu erda: h – oraliq kattaligi; xmax – belgining eng katta varianti; xmin – belgining eng kichik varianti; n – guruhlar soni. Ko`zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai nazaridan statistik guruhlash uch turga: tipologik; tuzilmaviy; analitik guruhlashlarga bo`linadi. Har bir turdagi guruhlash muayyan maqsad va vazifalani echadi. Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Xalq xo`jaligini tarmoqlarga bo`lish, aholini sinflarga bo`lib o`rganish, qishloq xo`jaligini jamoa va ijara, shaxsiy xo`jaliklar miqyosida o`rganishlar tipologik guruhlashlarga misol bo`la oladi. Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo`lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam tarkibi o`rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsik tarkibi, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o`rganiladi. Download 125.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling