Boshqa tovar narxlari. Aytaylik, futbol to'plari ishlab chiqaradigan firmalar ba'zan zavod va jihozlardan basketbol va valebol to'plarini ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin. Bu “muqobil tovarlar” foydani o'sishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday ishlab chiqarishdagi almashinuv futbol to'plarini taklifini qisqarishiga olib keladi.
Yoki aksincha, qachon basketbol va volebol to'plarining narxlari pasaysa, bu tovarlarni ishlab chiqaruvchilar ko'proq futbol to'plarin ishlab chiqarib, takliflarini oshirishlari mumkin.
Ishlab chiqaruvchi talab-istaklari. Tovarni kelasi narxidagi talab- istaklar o'sha mahsulotni ta'minlab berish talab-istagiga ta'sir ko'rsatadi. Kelajakda bug'doy narxini o'sishidan umidvor fermerlar hozirgi bug'doy taminotini pasaytirib, foyda ko'rish maqsadida bug'doy hosilini bozorga chiqamiasliklari mumkin.
Sotuvchilar soni. Barcha omillami hisobga olganda, ta'mino’lchilar qancha ko'p bo'lsa, bozor taklifi shuncha ko'p boladi. Ko’p firmalar sanoatga jalb etilishi bilan, taklif chizig'i o'nga qarab siljiydi. Yoki aksincha, sanoatda qancha kam ishlab chiqaruvchilar bo’lsa, bozor taklifi shuncha kam bo’ladi.
Narxning o'sishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o'zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to'g'ri bog'liqlikdagi o'zgarishi taklif qonuni deyiladi2. Iste'molchi uchun narxning o'sishi to'siq rolini o'ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag'batlantirish vazifasini bajaradi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta'sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: resurslarning narxi ;ishlab chiqarish texnologiyasi; soliq va subsidiyalar; boshqa tovarlaming narxi; narx o'zgarishining kutilishi; bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o'zgarishi taklif hajmining o'zgarishini taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |