3-mavzu: talab, taklif va bozor munosabati reja


Download 1.69 Mb.
bet4/11
Sana25.10.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1720569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 -mavzu

Talabdagi o'zgarish
Talabdagi bir yoki bir necha ko'rsatkichlaming o'zgarishi jadval 8.1 da ko'rsatilgan talab ma lumotlarini o'zgarishiga sabab bo'ladi va shuning uchun talab chizig'i chizma 8.1 dagidek ask etadi. Talab chizig'ining bu yo'sinda o'zgarishi talabning o'zgarishi deyiladi. Agar iste'molchilar chizma 8.2 dagi ustun 4 da aks etganidan ko'ra don sotib olsalar, talabning o'zgarishi D1 dan D2 ga siljiydi. Yoki aksincha chizma 8.2 dagi ustun 4 da ko'rsatilganidan ko'ra kamroq don sotib olsalar, talabning pasayishi sodir bo'ladi. Talab chizig'ini chizma 8.3 da ko'rsatilaganidek D1 dan D3 ga chap tomonga siljishi ham o'sha jarayonni aks ettiradi. Endi har bir ko'rsatkich ta'siri talabga qanday ta sir o'tkazishini ko'rib o'tamiz.
Istemolchining didi. Ma'lum bir tovar uchun iste'molchilaming xohish- istaklaridagi sezilarli o'zgarishi ularga ko'proq talab bo’lishini ko'rsatadi. Talab ko'tariladi; talab chizig'i o'ng tomonga siljiydi. Iste'molchilaming xohish-istaklaridagi o'zgarishlami nomutanosib o'zgarislilari talabni pasaytiradi, talab chizig'ini chap tomonga siljitadi. Yangi tovarlar iste'molchilaming xohish-istaklari ta'sir ko'rsatadi; masalan, raqamli kameralarning savdoga chiqarilishi plyonkali kameralarga talabni pasayishiga sababchi bo'ladi. Iste'molchilami semirib ketayotganlari va sog'liq borasidagi havotirlanishlari kam kaloriyali ichimliklar va yangi mevalarga bo'lgantalabni oshirib yubordi. So'nggi yillarda, qahva ichimligi va mineral suvlarga talab ulaming ta'midagi o'zgarishlar hisobiga pasaydi. Shunday qilib, DVD va MP3 pleyerlarga bo'lgan talab ham ko'tarildi.
Haridorlar soni. Bozordagi haridorlarning miqdoridagi o'sish tovarlar bo'lgan talabni ko'taradi; haridorlami sonini pasayishi talabni ham pasaytirib yuboradi. Masalan, AQShdagi qariyalami sonini ortishi ko'chma uylar, sog'liqni saqlash sohasiga va nuroniylar jamg'armalariga talabni oshirdi. Meksikadan immigrantlarm oqib kelishi janubiy-g'arbiy mamlakat taomlariga bo'lgan talabni keskin ko'tarib yubordi. Aloqa vositalardagi takommillashuv moliyaviy bozorlarga xalqaro tus berib aksiyalarga talabni ko'tarib yubordi.
Daromad. Daromaddagi o'zgarish talabga qanchalik ta'sir ko'rsatishi murakkabroq masala hisoblanadi. Ko'pgina mahsulot larga nisbatan daromadni ko'tarilishi talabni o'sishiga sababchi bo ladi. Iste'molehilar daromadlari ko'tarilgani sari ko'proq mebel-jihozlari, elektronika anjomlari va oziq-ovqat tovarlariga ehtiyoj sezadilar. Aksincha, ularni daromadlari pasaysa, yuqoridagi tovarlarga ehtiyoj ham pasayadi.
Bir-biriga bog'liq tovarlar narxlari. Bir-biriga bog'liq tovarlar narxining o'zgarishi bir-birini almashtirishi mumkin bo' lgan va bir-birini to' ldiruvchi tovarlarga qarab tovar talabini oshirish yoki pasaytirish mumkin: bir-birini almashtirishi mumkin bo'lgan tovar biri boshqasini o'miga almashtirilishi mumkin; bir-birini to'ldiruvchi tovarlar bir boshqasi bilan foydalanilishi mumkin bo' lgan tovarlar hisoblanadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling