9B-ilova
Hikoya – о‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bо‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yо‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi
Namuna (ibrat, о‘rnak) – katta hayotiy tajriba va kasbiy mahoratga ega, shuningdek, mazmunli hayot kechirgan keksalar, ommaning hurmatiga sazovor bо‘lgan kishilarning atrofdagilar bilan munosabatda bо‘lish, zimmalaridagi vazifalarni bajarish, mas’uliyatni chuqur his etishlari bilan yosh avlodga ta’sir kо‘rsatish usuli
Ma’ruza – hayotiy misollar, badiiy asarlar g‘oyalari asosida
axloqiy mavzularda og‘zaki bayon qilish shakli
Ishontirish – о‘quvchilarni muayyan voqea-hodisalar, jarayonlar,
xatti-harakat hamda faoliyatning tо‘g‘riligiga ishontirishga
qaratilgan fikrlarning og‘zaki bayoni
Nasihat - о‘quvchilarni ezgulikka, atrofdagilarga yaxshilik
qilishga da’vat etuvchi og‘zaki bayon usuli
Yо‘riqnoma – о‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy meyorlar
bilan tanishtirish maqsadida tayyorlangan hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: |