Pedagogik talab – turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida о‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bо‘lgan ijtimoiy xulq-atvor meyorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir.
Topshiriq – о‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba kо‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qо‘llaniladigan usul. О‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bо‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.
12A-ilova
Rag‘batlantirish turlari
О‘quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklash
Maqtash (ota-onalar hamda
о‘quvchilar jamoasi oldida)
Maqtov yorlig‘i bilan
taqdirlash
Estalik sovg‘asini berish (badiiy kitob va о‘quv qurollari)
Fotosuratini hurmat
taxtasiga qо‘yish
Maxsus stipendiyalar
tayinlash
Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish
Safda birinchi о‘rinda
turishi
Musobaqalarda bayroqdor
bо‘lishi
Qо‘llab-quvvatlash
Jamoa nomidan
minnatdorchilik bildirish
Do'stlaringiz bilan baham: |