3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini rasmiylashtirish


Download 203.16 Kb.
bet8/15
Sana26.03.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1297985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan

Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini rasmiylashtirish.



Tanib olish uchun ko`rsatish - tergov harakatlaridan biri bo`lib, u guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to`grisidagi ko`rsatuvini tekshirib ko`rish uchun ushbu ko`rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo`lganda; surishtiruvchi yoki tergovchiga ma’lum bo`lgan ko`plab shaxs yoki narsalar orasidan ko`rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo`lganda amalga oshiriladi (JPK 125-m.).
Tanib oluvchi tanib olish lozim bo`lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to`grisida oldindan so`roq qilinadi (126-m.).


Qonunda tanib olish uchun kim yoki nima ko`rsatilayotganiga qarab shaxsni tanib olish uchun ko`rsatishning maxsus tartibi nazarda tutilgan (JPK 127-129-m.).
Shaxsni tanib olish uchun tergov olib borilayotgan jinoyatga aloqasi bo`lmagan, tashqi belgilari bilan o`ziga o`xshaydigan shaxslar guruhi orasida holislar xuzurida ko`rsatiladi. Tanib olish uchun ko`rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo`lmasligi kerak.
Tanib olninuvchiga tanib olish uchun ko`rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyini egallash taklif qilinadi. U kiyimi, soch to`zilishi yoki tarashi yohud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko`rsatiladigan o`zga shaxslar orasida yaqqol ajrolib turmasligi lozim.
Shaxsni tanib olish uchun ko`rsatishning iloji bo`lmagan taqdirda yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. Bunday vaziyatda tanib olish uchun jadval qogozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko`rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko`rsatiladi (JPK 127-m.).
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borlishi mumkin bo`lgan narsalar, narsalarning bo`lagi va xayvonlar ushbu ishga aloqasi bo`lmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko`rsatiladi. Shu munosabat bilan tanib oluvchi so`roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari bo`yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. Tanib olish uchun ko`rsatilayottan narsalarni joylashtirish tartibi surishtirchvchi, tergovchi tomonidan holislar xuzurida belgilanadi.
Turdosh ob’ektlar orasidan tanib olish to`grisidagi bunday qoidalar murdani tanib olishda qo`llanilmaydi (JPK 128-m.).
Agar jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko`chmas ob’ekt nomini aytib va tasvirlab bersa-yu, biroq uning joylashgan o`rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan ob’ektga borish yo`lnni ko`rsatishga istak bildirsa, unga shu ob’ektni ko`rsatishiga imkon beriladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi va holislar yohud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko`rsatish ishtirkochilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko`rsatuvi bo`yicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun ko`rsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo`nalish aytib qo`yilishining oldini olish choralari ko`rilishi lozim (JPK 129-m.). Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechga narsani ko`rsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani ko`rsatish taklif etiladi.
Tanib oluvchi ko`rsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini ko`rsatsa, unga ko`rsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlari, xususiyatiga ko`ra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi.
Agar tanib oluvchi tanib olish uchun unga ko`rsatiltan shaxslar yoki narsalarni ilgari ko`rmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi (JPK 130-m.).
Surishtiruvchi yoki tergovchi yozgan tanib olish bayonnomasi bilan mustahkamlab, belgilanadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko`rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko`rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo`yi, millati, turar joyi, ko`zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari: tanib olish uchun ko`rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun ko`chmas ob’ektlar ko`rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchini ko`rsatgan yo`nalishlar va izlanayotgan ob’ektga biror aniq joydan borish yo`llari to`grisidagi ma’lmotlar kiritilishi lozim. Tanib olish uchun fotosuratlar ko`rsatilgan bo`lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim.
Tanib oluvchining ko`rsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi va boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar sud majlisi bayonnomasnga yozib boriladi (JPK 131-M.).



  1. Ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish.



Ushbu tergov harakati mustaqil harakat hisoblanadi. Uning moxiyati shundaki, surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning ko`rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo`lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo`li bilan tekshirib ko`radilar.
Bunday tekshirish qo`yidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- ko`rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, surishtiruvchi, ter­govchi va sudga esa noma’lum bo`lgan narsalar,xujjatlar, izlar va belgilarni topish;
- shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, xujjatlar, izlar qaerda bo`lganligini ko`rsatib berishi;
- bir necha shaxsning ayni bir hodisa to`grisida bergan ko`rsatuvlaridagi o`xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli bo`lgan joy yoki yo`nalishni shaxs ko`rsatib berishi;
- holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo`lgan joydagi sharoit bilan kiyoslash orqali ko`rsatmalarning to`gri yoki noto`griligini aniqlash.
Ko`rsatuvii tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir bo`lgan joyda bir vaqtning o`zida ko`rsatish, ko`zdan kechirish yoki ba’zi narsalarni, xujjatlarni, izlarni olish yohud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki o`zining avval bergan ko`rsatmalariga aniqlik kiritadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko`rsatmalarini hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega bo`ladi (JPK 132-m.).
Ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish tartibi qo`yidagicha:
- ushbu tergov harakatini surishtiruvchi yoki tergovchi holislar ishtirokida, zarur hollarda ko`rsatmalarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
- Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va ushbu tergov xa- rakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan ko`rsatuvlarni e’lon qiladi, ko`rsatuv bergan shaxsdan ularning to`gri yoki noto`griligini, qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritishga extiyoj bor yoki yo`qligini so`raydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining ko`rsatuvlari tekshirilayotgan bo`lsa, ular un olti yoshga to`lmagan shaxslarni istisno qilganda, ko`rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgon ko`rsatuv berganlik uchun jinony javobgarlikka tortilishi haqida ogohlangirilishi lozim.
Bir vaqtning o`zida bir necha shaxsinng ko`rsatuvlarini hodisa sodir bo`lgan joida tekshirishga yo`l qo`yilmaydi.
Ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish qo`yidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
- ko`rsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi;
- ish uchun ahamiyatli bo`lgan narsalarni, xujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko`rsatadi;
- ayrim harakatlarni namoyish qiladi;
- tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo`lganligini ko`rsatadi;
- hodisa sodir bo`lgan joyda sharoitning o`zgarganligiga e’tiborni karatadi;
- o`zining avvalgi ko`rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi.
Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, ishora qiluvchi savollar berishga yo`l qo`yilmaydi.
Ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin so`zlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib bo`lgach, unga savollar berilishi mumkin. Ko`rsatuvni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, bazi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Ko`rsatuvlari hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari o`tkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qo`shimcha ravishda so`roq qilishni talab etishga haqlidir (JPK 133-m.).
Ko`rsatuvlar hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirilgani haqida surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshirishning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Bundan tashqari bayonnomada:
- ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish qaerda, qachon, qanday sharoitda o`tkazilganligi;
- qanday joylar va narsalar ko`zdan kechirilganligi, hodisa sodir bo`lgan joyda berilgan ko`rsatuvlarning mazmuni qandayligi, hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada o`z aksnni topganligi;
- shaxs o`zining avvalgi ko`rsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi ko`rsatiladi (JPK 134-m.).




  1. Download 203.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling