3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar
Eksperiment tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar
Download 203.16 Kb.
|
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan
Eksperiment tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.
Eksperiment dastlabki tergovda kam o`tkaziladigan tergov harakatlari sirasiga kiradi, chunki uni o`tkazish muayyan qiyinchliklar bilan kechishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning ko`rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o`tkazish orqali tekshirishga haqlidir. Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo`lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yusinlarini aniqlash uchun o`tkaziladi (JPK 153-m.). Eksperiment o`tkazish uchun surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar etkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarining kelib chiqishi extimol bo`lsa. Surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o`tkazish to`grisidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim. Boshqa hollarda prokurorning sanksiyasi talab etilmaydi. Eksperiment jamoat tartibi yoki ahloq normalarining buzilishiga olib keladigan bo`lsa, uni o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi. Uni ekspert o`tkazadigan bo`lsa, bunday eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi (JPK 154-m.). Eksperimentni surishtiruvchi yoki tergovchi o`tkazganda holislarning ishtirok etishi shart. Sud esa eksperimentni taraflar ishtirokida o`tkazadi. Bundan tashqari, eksperiment o`tkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar holis va bir necha mutaxassis ishtirokida o`tkazilishi mumkin. Eksperiment o`tkazishga, shuningdek ko`rsatuvlari tekshirilishi lozim bo`lgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko`rsatuv berishdan bo`yin tovlaganlik va bila turib yolgon ko`rsatuv berganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va o`tkazilish tartibi tushuntiriladi. Tajriba harakatlarini o`tkazishdan oldin o`rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko`rsatuv yoki tusmollarga to`la muvofiq holda tiklangan bo`lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o`zi qatnashgan yoki shoxid bo`lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. So`ngra surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o`tkazadi, shu maqsadda o`lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. Eksperiment o`tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o`xshash bo`lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o`tkaziladi. Tajribalarning sharoitlari o`zgartirilishi mumkin. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment o`tkazish bilan bogliq savol berilishi mumkin. Bunda sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok egayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo`lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o`zining qo`shimcha so`roq qilinishini talab qilishi mumkin (JPK 155-m.). Eksperiment bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayoniomani surishtiruvchi yoki tergovchi tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayoniomasida aks ettiradi. Bayoniomada: - eksperiment qanday maqsadda, qachon, qaerda va qanday sharoitda o`tkazilganligi; - hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o`z aksini topganligi, qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o`tkazilganligi, qanday natijalar olinganligi ko`rsatilgan bo`lishi shart (JPK 156-m.). Download 203.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling