3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Tintuv o`tkazish tartibi va tintuv jarayonida tuziladigan protsessual hujjatlar


Download 203.16 Kb.
bet12/15
Sana26.03.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1297985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan

Tintuv o`tkazish tartibi va tintuv jarayonida tuziladigan protsessual hujjatlar.



Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki o`zga joyda yohud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo`lgan narsa yoki xujjatlar bor deb o`ylash uchun etarli ma’lumotga ega bo`lgan taqdirda tintuv o`tkazishga haqlidir. Bundan tashqari, tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham o`tkazilishi mumkin (JPK 158-m.).
Tintuv o`tkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi chiqargan qaror yohud sud chiqargan ajrimning mazmuni olib qo`yish haqidagi xuddi shu xujjatlar mazmuniga o`xshaydi.
Olib qo`yishda bo`lgani kabi tintuv o`tkazishda ham holislar, zarurat bo`lgan taqdirda mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar.
Tintuv qilinayotganlarga, holislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qo`yish o`tkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogida xozir bo`lish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayoniomaga kiritilishi shart.
Olib qo`yishdan farqli o`laroq, tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantarilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan o`tkaziladi. Kechiqtirib bo`lmaydigan hollarda tintuv proku­rorning sanksiyasisiz o`tkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyninchalik shu o`tkazilgan tintuv haqida 24 soat ichida prokurorga xa­bar qilinadi. Kechiqtirib bo`lmaydigan holatlar surishtiruvchi yoki tergovchining prokurorga yuborgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim. Xabarnomaning nusxasi ishga qo`shib qo`yiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv o`tkazilayotgan binoda yoki o`zga joyda turgan shaxslarning tintuv tamom bo`lgunicga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qo`yishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv o`tkazishga kirishayotganida qaror yoki ajrim taqdim etganidan so`ng, olib qo`yilishi kerak bo`lgan narsa va xujjatlarni berishni taklif qiladi. Basharti ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qo`yish bayonnomasi tuziladi, ammo qidirilayotgan narsa yoki xujjatlar berilmasa yohud to`liq holda topshirilmagan bo`lsa, tintuv o`tkaziladi. Bu xususdagi qarorda yoki ajrimda ko`rsatilgan narsa yoki xujjatlar qidiriladi. Ish uchun ahamiyatga molik boshqa narsa yoki xujjatlar, shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qo`yilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsa yoki xujjatlarni olib qo`yishga undagan asoslar tintuv o`tkazilganligi haqidagi bayoniomada aks ettiriladi.
Shaxsiy tintuv ham surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiyasi olingan qarori asosida o`tkaziladi. Biroq quyidagi hol­larda shaxsiy tintuv alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan ham o`tkazilishi mumkin:
1) jamoat tartibini saqlashga doir burchini bajarayotgan ichki ishlar idoralari xodimi tomonidan gumon qilinuvchini ushlash cho­g`ida ushlangan shaxsning yonida qurol borligiga yohud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga etarli asoslar bo`lganda;
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar idoralariga yoki huquqni muxofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida bayonnoma tuzilganda;
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi extiyot chorasi qo`llanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yohud ish uchun ahamiyatga molik narsa va xujjatlar bo`lishi mumkin deb o`ylashga etarli asoslar bo`lganida;
4) olib qo`yish yoki tintuv o`tkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qo`yish va tintuv o`tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga ko`ra olinishi zarur bo`lgan narsa yoki xujjatlarni o`z yonida yashirinshga saqlamoqda deb o`ylash uchun etarli asoslar bo`lganida.
Shaxsiy tintiuvni tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi mutaxassis hamda holislar ishtirokida o`tkazishi mumkin (JPK 162-m.).
Olib qo`yishda bo`lgani kabi, tintuv o`tkazilganda ham surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi. Bayoniomannig bir nusxasi tintilgan shaxsga topshiriladi (JPK 164-m.).
Tintuv shuningdek olib qo`yish ham, diplomatiya vakolatxonasi hududida o`tkazilayotganida diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega bo`lgan xodimlari, shuningdek ularning oila a`zolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolat­xonasi boshligi iltimosiga ko`ra yoki uning roziligi bilan o`tkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga etgan oila a’zolarining istiqomat joylarida yohud ular egallab turgan boshqa binolarda faqat ularning itltimoslariga ko`ra yoki roziliklari bilan o`tkazilishi mumkin. Ko`rsatilgan imtiyozlar, mamlakatimizda akkreditatsiya qilinmagan bo`lsada, diplomatiya daxlsizligiga ega bo`lgan xorijiy davlat vakillariga va ularning oila a’zolariga ham beriladi.
Diplomatiya daxlsizligiga ega bo`lgan shaxsga va uning oila a’zolariga nisbatan shaxsiy tintuv mazkur talablarga rioya qilgan holda o`tkazilishi mumkin.
Diplomatiya vakili yoki uning oila a’zolarining olib qo`yishga yoki tintuv o`tkazishga roziligi O`zbeknston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali so`raladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila a’zolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qo`yish o`tkazish chog`ida prokuror va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir bo‘lishi shart.(165-m.).




  1. Download 203.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling